Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Nuqsonlar
Nuqson uchun kamaytirish bali Tananing deformatsiyalanganligi 5 Muskul to‘qimasining ichida sovutilgan go‘sht uchun haroratning 4 0 S dan, muzlatilgan go‘shtlar uchun esa-8 0 S dan yuqori bo‘lishi 10 Go‘sht yuzasi rangining va yog‘lari rangining kam darajada o‘zgarishi 5 Sovutilgan go‘sht yuzasida yupqa pardaning yo‘qligi va muzlagan go‘shtlar sirtining qor bilan qoplanishi 10 Tana sirtining ozroq shilimshiqlanishi 10 Tana sirtining ifloslanishi 15 Tananing zararkunandalar bilan zararlanishi va undagi jarohatlar 15 Ozroq nordon hidning paydo bo‘lishi 20 Go‘shtni sotuvga chiqarishdan oldin har bir tana, yarim tana alohida-alohida baholanadi va butun partiya mahsulot uchun o‘rtacha ball ko‘rsatkichi shu asosda aniqlanadi. Kasal mollar go‘shtlari va ulardan foydalanish imkoniyatlari.Mollarni go‘shtga so‘ygandan keyin hayvonning kasalliklar bilan kasallanish darajasiga qarab go‘shtlar uch toifaga bo‘linadi: iste’molga yaroqli, shartli ravishda iste’molga yaroqli (bunday go‘shtlarga iste’mol qilishdan oldin issiqlik ishlovi berilishi kerak), iste’molga yaroqsiz. Hayvonlarda uchraydigan kasalliklar invazion kasalliklar va infeksion kasalliklarga bo‘linadi. Invatsion kasalliklarga finnoz va trixinellaz kiradi. Finnoz kasalligi asosan yirik shoxli mollarda va cho‘chqalarda uchraydi. Bu kasalliklarni asosan parazitlar chaqiradi. Go‘sht finnozini oddiy ko‘z bilan ham ko‘rish mumkin. U qo‘ng‘ir-oq rangli tiniq pufakcha holida bo‘ladi. Shakli ko‘pincha ovalsimon yoki yumaloq bo‘ladi. Finlar tashqi tomondan muloyim biriktiruvchi to‘qima bilan qoplangan bo‘ladi. Qoramollarda finlar asosan yurak, bo‘yin muskullarida, shuningdek muskul tolalari orasida, o‘pkada, yog‘ to‘qimalarida, cho‘chqalarda esa til, yurak, bel muskullarida hamda bosh miyada joylashgan bo‘ladi. Bunday go‘shtlar iste’mol qilinganda inson oshqozonida uzunligi 2 m dan 10 m gacha bo‘lgan lentasimon qurt-soliter hosil qiladi. Agar go‘shtning 40 sm 2 yuzasida 3 tagacha finlar bo‘lsa kuchsiz zararlangan, 5 tadan ko‘p bo‘lsa kuchli zararlangan go‘shtlar deb ataladi. Kuchli zararlangan go‘shtlar iste’molga yaroqsiz hisoblanadi. www.sies.uz Page 247 of 306 248 Kuchsiz zararlangan go‘shtlarni muskullari orasida –12 0 S harorat bo‘lgancha sovutib, kuchli tuzlab va 20 kun mobaynida saqlab, uzoq muddat qaynatib iste’mol qilinadi. Trixinellaz – eng xavfli kasalliklardan sanalib, insonga go‘sht orqali yuqishi mumkin. Trixinellazning chaqiruvchilari trixenallalar hisoblanadi, bu kasallik ko‘pincha cho‘chqalarda uchraydi. Cho‘chqa tanasida trixinellar asosan oyoq diafragmasida uchraydi. Shu sababli trixinellazga tekshiruv o‘tkazilganda cho‘chqaning ikki oyog‘i diafragmasidan namuna olinadi. Shuningdek, trixinellar til, bel, bo‘yin muskullarida uchraydi. Trixinelloskopiya qilinganda 24 kesimidan atigi bitta trixinella topilsa ham, bu go‘sht texnik utilizatsiyaga jo‘natiladi. Infeksion kasallliklarga sil, brutsellez, kuydirgi va boshqa kasalliklar kiradi. Sil kasalligi go‘shtga so‘yiladigan hamma chorva mollarida uchraydi. Ko‘pincha molning o‘pkasi sil kasalligiga chalinadi. Oriq mollarning ichki organlaridan birortasi sil kasalligiga chalingan bo‘lsa, bunday go‘shtlar yo‘q qilib tashlanadi. Molning organlari va to‘qimalari kasallanish darajasining qaysi bosqichida bo‘lishidan qat’iy nazar to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilinmasdan texnik utilizatsiyaga jo‘natiladi. Mol tanasining semizligi yuqori bo‘lgan holatlarda agar ichki organlardan faqat bittasi silga chalingan bo‘lsa bunday go‘shtlarni 120 0 S da ishlov berib so‘ngra ovqatga ishlatsa bo‘ladi. Brutsellez kasalligi yirik shoxli mollar, cho‘chqa, ot va quyonlarda uchraydi. Bu kasallikni brutsellellalar chaqiradi va ular suyaklarni , bo‘g‘inlarni, suyak moylarini jarohatlaydi. Bu kasallikni chaqiruvchilari hayvon organizmiga ovqatlar, suv, hatto teri orqali ham o‘tishi mumkin. Kasallikning shakliga qarab kasal mollarning go‘shtlari sotuvga ruxsat etiladi yoki qayta ishlashga jo‘natiladi. Go‘shtlarni 65 0 S gacha qizdirganda brutsellalar halokatga uchraydi. Ana shu haroratda ishlov berilgan go‘shtlarnigina iste’mol qilish mumkin. Odamlar kasal mollar bilan muomalada bo‘lganda va brutsellez kasalligi bilan kasallangan mol go‘shtlarini va sutlarini tegishli darajada issiqlik ishlovi bermasdan iste’mol qilganda kasallanishi mumkin. Brutselloz butun dunyoda keng tarqalgan kasalliklardan biri sanaladi va hayvonlarning mahsuldorligini kamaytirib katta iqtisodiy zarar keltiradi. Kuydirgi kasalligi-yirik, mayda shoxli mollar va cho‘chqalarning eng xavfli kasalliklaridan biri hisoblanadi. Bu kasalliklarning chaqiruvchilari sporalar hosil qiluvchi tayoqchalar hisoblanadi. Odamlar kuydirgi kasalligiga chalingan mollarni go‘shtini maydalaganda va iste’mol qilganda kasallanishi mumkin. Ayniqsa o‘lgan mollarning tanalari tuproqqa va atrof muhitga kuydirgi tayoqchalarining tarqalishini keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli bunday kasallikka chalingan mollarning go‘shti kuydirilib, yo‘q qilib tashlanadi. Yashur - o‘tkir infeksion kasallik hisoblanadi. Bu kasallikning chaqiruvchilari viruslar hisoblanadi. Ko‘pchilik holatlarda bu kasallikka qoramol va cho‘chqalar chalinadi. Kam hollarda qo‘y va echkilar ham bu kasallik bilan kasallanishi mumkin. Ko‘pincha mollarning og‘iz bo‘shlig‘i, tili va emchaklari kasallikka chalinib, shu joyda yara hosil qiladi. www.sies.uz Page 248 of 306 249 Kasallikka chalingan mollarning go‘shtini va bu go‘shtdan tayyorlangan go‘sht mahsulotlarini yaxshilab qaynatganda so‘ngra iste’mol qilish tavsiya etiladi. Odam yashur kasalligi bilan kasallangan mollarning sutini qaynatmasdan, xom holida iste’mol qilganda shu kasallikka chalinishlari mumkin. Agar kasal mollarning go‘shtini shartli ravishda ovqatga ishlatish mumkin bo‘lsa, u holda maxsus tamg‘a bilan tamg‘alanadi. Masalan, qaynatib ishlatish kerak bo‘lsa, «V proverku», muzlatish zarur bo‘lsa «Finnoz v zamorozku» singari tamg‘alar bosiladi, bundan tashqari yashur kasalligi bilan kasallangan mollarning go‘shtiga qo‘shimcha ravishda «Yashur» tamg‘asi bosiladi. Iste’molga yaroqsiz deb topilgan go‘shtlarga «Iste’molga yaroqsiz» degan tamg‘a bosiladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling