Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Tirik baliqlar sifat ekspertizasini o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Tirik baliqlar sifat ekspertizasini o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari
Saqlanish muddatiga qaramasdan tirik baliqlar navlarga bo‘linmasada har xil sifatga ega bo‘lishi mumkin. Shartli ravishda tirik baliqlarni sifat ko‘rsatkichlariga qarab uch guruhga bo‘lish mumkin: tiyrak baliqlar, kuchsiz va juda kuchsiz baliqlar. Tirik baliq semiz, teri qatlami toza, tangachalari tabiiy rangini yo‘qotmagan, tiyrak, jabra qopqoqlarining ko‘tarilib-tushishi bir xil, suzgich qanotlari harakatlanuvchan, mexanik jarohatlanmagan, kasallik alomatlari ham bo‘lmasligi kerak. Suvdan olinayotgan baliq qattiq tipirchilaydi. Sog‘lom, tiyrak baliqlar akvariumning tagida suzib yuradi. Kuchsiz baliqlar tanasining rangi o‘chgan, suzgich qanotlarining hara-kati juda sekin, suvning yuzasida suzib yuradi, ularni qo‘l bilan oson tu-tish mumkin. Bunday baliqlarning normal fiziologik holati kasalligi yoki kislorod yetishmasligi tufayli buzilgan bo‘ladi. Bunday baliqlarni akvariumlarda qoldirish maqsadga muvofiq emas. Bu baliqlar akvarium-lardan olinib yaxshilab nazoratdan o‘tkazilishi kerak. Agar tanasining sirtida va oyqulog‘ida (jabrasida) sezilarli o‘zgarishlar va parazitlar bo‘lmasa darhol sotilishiga, sovutilishi yoki muzlatilishga tavsiya etiladi. Juda kuchsiz baliqlar deyarlik tabiiy rangini yo‘qotgan bo‘ladi, ko‘pchilik hollarda rangi oqaradi. Bu baliqlarning harakatlanish koordinatsiyasi buzilgan bo‘lib, ular suvning tagida yotadi yoki qornini osmonga qilib zo‘rg‘a suzib yuradi. Juda kuchsiz baliqlarni darhol akvariumdan olinib nazoratdan o‘tkazish kerak. Agar baliq tanasida parazitlar, shishlar, yaralar va boshqa o‘zgarishlar bo‘lmasa tezda sotilishi tavsiya etiladi.Agar baliqda yuqorida keltirilgan belgilar mavjud bo‘lsa, unda iste’molchilarga ssotilmaydi va magazinlarda ham bunday baliqlar qabul qilinmasligi kerak. www.sies.uz Page 284 of 306 285 Kuchsiz va juda kuchsiz baliqlar sifati bo‘yicha tiyrak baliqlardan juda past turadi. Baliqlar ham ba’zi kasalliklar bilan kasallanishi mumkin. Ularning ba’zi birlari insonga ham yuqishi mumkin. Ko‘pchilik hollarda baliqlarning kasalliklarini parazitlar keltirib chiqaradi. Bakteriyalar keltirib chiqaradigan kasalliklarga krasnuxa kasalligini keltirish mumkin. Bunda baliq tanasi qizarib yara hosil qiladi. Ba’zan tangachalari tushib ketib, baliq tanasida qora dog‘ paydo qiladi. Shuningdek, baliqlarda mog‘or bakteriyalari keltirib chiqaradigan kasalliklar ham bo‘lishi mumkin. Bu kasalliklar baliqlarga iflos suvli havzalardan yuqadi, chunki ana shu suvlarda kasallik chaqiruvchi bakteriyalar va mikroorganizmlar bo‘ladi. Krasnuxa va mog‘or bakteriyalari bilan kasallangan baliqlar iste’mol qilishga tavsiya etilmaydi. Ko‘pchilik hollarda kasallangan va mikroorganizmlar bilan zararlangan baliqlar inson hayotiga xavf tug‘dirmaydi, chunki yaxshilab qaynatish va qovurish jarayonida ularning hammasi qirilib bitadi. Baliqlarni tuzlash , dudlash, qoqlash va sirkalash ham aynan shunday samara beradi. Lekin kasallangan, parazitlari yaqqol ko‘rinib turgan baliqlarni iste’molchilarning tabiati tortmaydi. Shu sababli ham bunday baliqlarni sotish tavsiya etilmaydi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling