Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Takrorlash uchun savollar
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Takrorlash uchun savollar:
1. Sovutilgan baliqlarning sifatini baholashda ularning tashqi ko‘rinishiga qanday talablar qo‘yiladi? 2. Sovutilgan baliqlarning sifatini baholashda organoleptik ko‘rsatkichlariga qanday talablar qo‘yiladi? 3. Yuqori sifatli sovutilgan baliqlarning konsistensiyasiga qanday talablar qo‘yiladi? 4. Yuqori sifatli sovutilgan baliqlarning ichki organlariga qanday talablar qo‘yiladi? 5. Sovutilgan baliqlarning sifatini baholashda fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlaridan qaysilari standart talabi bo‘yicha aniqlanishi ko‘rsatilgan? 6. Nima uchun sovutilgan baliqlar go‘shtida ammiakning ko‘payishi ularning buzila boshlaganligidan dalolat beradi? 7. Baliq go‘shtida trimetilamin moddasi qanday sharoitlarda hosil bo‘ladi? 8. Sovutilgan baliqlar go‘shti tarkibida vodorod sulfid (H 2 S) ning hosil bo‘lishi bilan sifati orasida bog‘liqlik bormi? Muzlatilgan baliqlarning sifat ekspertizasi Baliqlarni muzlatishda ham sovitishdagi singari avval ular katta-kichikligi bo‘yicha saralanib, keyin ishlov beriladi. Ishlov berish usuliga qarab muzlatilgan baliqlar ham butunlay muzlatilgan; ichak-chavaqlarini olib boshi bilan muzlatilgan; ichak-chavaqlari, boshi ham olinib muzlatilgan; ichak-chavaqlari boshi va dum qismlari ham olib muzlatilgan baliq turlariga bo‘linadi. www.sies.uz Page 287 of 306 288 Muzlatilgan baliqlarning sifati tashqi ko‘rinishi, konsistensiyasi, tilimlash sifati va hidi kabi ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida olib boriladi. Muzlatilgan baliqlar shu ko‘rsatkichlari bo‘yicha 1-chi va 2- navlarga bo‘linadi. Birinchi nav baliqlar har xil semizlikda bo‘lishi mumkin, lekin osetr, lasos, oq baliq, semga baliqlari faqat semiz bo‘lishi kerak. Baliqning yuzasi toza, rangi tabiiy, shikatslangan joylari bo‘lmasligi kerak. Osetra baliqlarining boshida ozroq qontalash joylari bo‘lishiga ruxsat etiladi. Baliq to‘g‘ri tilimlangan bo‘lishi kerak, oz miqdorda chetlanishlarga yo‘l qo‘yiladi. Muzlatilgan baliqlarning konsistensiyasi qattiq, muzdan tushgandan keyin esa zich bo‘lishi kerak, hidi esa yangi baliq hidiga mos, begona hidlarsiz bo‘lishi kerak. Ikkinchi navli muzlatilgan baliqlarning esa semizligi har xil, yuzasida ozroq shikastlangan va qontalash joylari bo‘lishiga va tilimlashdan chetga chiqishlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Konsistensiyasi muzdan tushgandan keyin bo‘shashganroq, lekin shilvirab qolmagan bo‘lishi kerak. Bu nav baliqlarning jabrasida ozroq nordonroq hid va yuzasida oksidlangan yog‘ hidi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Muzlatilgan baliqlarni joylash uchun yog‘och va karton yashiklar, chipta qoplar, savatlar, suyuqlik solinmaydigan bochkalarga joylanadi. Bu idishlarda muzlatilgan baliq massasi idishning sig‘imiga qarab 40-200 kg ni tashkil etadi. Muzlatilgan mayda baliqlarni karton qutilarga va paketlarga 1 kg massada ham joylanishi mumkin. Muz qoplamasi bilan qoplangan muzlatilgan baliqlarni esa har bir baliq donasini pergament yoki sellofanga o‘rab faqat yashiklarga joylanadi. Muzlatilgan baliqlar -18 0 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda va havoning nisbiy namligi 90-95% bo‘lgan sharoitda saqlanishi kerak. Ularning uzoq saqlanishini ta’minlash uchun esa bundan ham past haroratdan foydalaniladi. Masalan, muzlatilgan baliqlarni -25 0 S da saqlaganda ularning saqlanish muddati - 18 0 S dagi saqlanish muddatiga nisbatan 1,5 baravar ortadi. Muzlatilgan baliqlarni - 18 0 S da 4-5 oy; -10 0 S da esa 1-2 oy davomida saqlash mumkin. Muz qoplamasi bilan qoplangan baliqlar esa 6-7 oy davomida saqlanishi mumkin. Savdo tarmoqlarida esa muzlatilgan baliqlarni -5 ÷ -6 0 S da ikki hafta davomida, 0 0 S ga yaqin haroratda esa ko‘pi bilan 2-3 kun saqlash tavsiya etiladi. Har xil baliq turlarining saqlanish muddati baliqlarning yog‘liligiga va yog‘ning kimiyoviy tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Okean va dengiz baliqlarining yog‘ining tarkibida yuqori darajada to‘yinmagan yog‘ kislotalari borligi uchun ancha kam muddat saqlanadi. Baliq filesi. Hozirgi kunda muzlatilgan baliq filelari ham ishlab chiqariladi. File deb yangi tutilgan va sovitilgan baliqlarning iste’mol qilib bo‘lmaydigan qismlari olib tashlanib, muskul to‘qimalaridan iborat nimtani muzlatib olingan mahsulotga aytiladi. Baliq filesi terisi olingan va terisi olinmagan holda ishlab chiqariladi. File quruq sun’iy usulda muzlatilib massasi 0,5; 1,0; 2,0; 3,0; 5,0 kg bloklar qilib chiqariladi. Filelar albatta yupqa muz qatlami bilan sirlanadi. Muzlatilgan baliq filelari navlarga bo‘linmaydi. File bloklari toza, zich, yuzasi tekis, to‘g‘ri tilimlangan, terisi shikastlanmagan bo‘lishi kerak. Muzdan tushirilgandan keyin www.sies.uz Page 288 of 306 289 konsistensiyasi zich, hidi yangi baliq hidiga mos, begona hidlarsiz bo‘lishi kerak. Muzlatilgan filelarni saqlash muddatlari va sharoitlari muzlatilgan baliqlarning saqlash muddati va sharoitlaridan deyarlik farq qilmaydi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling