Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Takrorlash uchun savollar
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Takrorlash uchun savollar:
1. Muzlatilgan baliqlarning sifatini organoleptik usul bilan baholashda qaysi ko‘rsatkichlari asos qilib olinadi? 2. Muzlatilgan baliqlar sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha necha tovar navlariga bo‘linadi? 3. Birinchi nav muzlatilgan baliqlarning sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 4. Ikkinchi nav muzlatilgan baliqlarning sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 5. Muzlatilgan baliqlarning ta’m ko‘rsatkichlarini qanday aniqlash mumkin? 6. Muzlatilgan baliqlarda uchraydigan nuqsonlarni tushuntirib bering. Tuzlangan baliqlarning sifat ekspertizasi Tuzlangan baliqlar quyidagicha guruhlanadi: tuzlangan seldlar, tuzlangan lasoslar, xushbo‘ylashtirilib tuzlangan seldlar, tuzlangan baliqlar va xokazo. Tuzlangan seldlar. Seldlarning savdo nomlari ularning qayerdan ovlanganligiga mos keladi: atlantika seldi, tinch okeani seldi, oq dengiz seldi, kasbiy va azov dengizi seldlari. Atlantika seldlari qaysi faslda ovlanganligiga qarab yog‘li atlantika seldlari (12 % va undan ortiq), yog‘siz atlantika seldlariga bo‘linadi. Bu guruhga Atlantika va Shimoliy muz okeanidan va uning yaqinidagi dengizlardan ovlanadigan seldlar kiradi. Iyul oyining boshlarida ovlanadigan baliqlar va yanvar oyining oxirlarigacha bo‘lgan vaqtda ovlangan baliqlarga qaraganda tarkibida eng ko‘p miqdorda yog‘ tutadi. Ularning go‘shtining yog‘liligi 26 % gacha yetishi mumkin. Mart-may oylarida ovlangan seldlar tarkibida eng kam miqdorda yog‘ bo‘ladi. Tinch okeani seldlari ham aynan shu turlarga bo‘linadi. Azov-qora dengiz seldlari qayerdan ovlanishiga qarab dunay, don, dnepr seldlariga bo‘linadi. Bulardan eng yuqori sifatga ega bo‘lgani dunay seldlari hisoblanadi. Chunki, dunay seldlari yog‘ga boyligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, bu guruhga salaka, kilka, hamsa, anchous kabi mayda seld baliqlari ham kiradi. Tuzlangan lasoslar. Qariyib hamma Yevropa lasoslari (semga, kasbiy lasosi, boltiq lasosi) va uzoq sharq lasosining ko‘pchilik qismi(keta, gorbusha) yuqori sifatli mahsulot olish uchun tuzlanadi. Tuzlangan skumbriya va stavrida. Bularni atlantika skumbriyasi, uzoq sharq skumbriyasi, kuril skumbriyasi va okean stavridasi nomlari bilan ishlab chiqariladi. Bu baliqlarni butun va bo‘laklangan holatlarda tuzlanadi. Xushbo‘ylantirib tuzlangan baliq. Oddiy tuzlash usulidan bu usulning farqi shundan iboratki, bu usulda tuzga har hil ziravorar qo‘shib tuzlanadi. www.sies.uz Page 289 of 306 290 Hamma seld oilasiga kiruvchi baliqlar shu usul bilan tuzlanadi. Katta seld baliqlari bo‘laklanib qolganlari esa butun holida tuzlanadi. Bu usul bilan tuzlashda baliq yaxshilab yuvilib, 15-20 daqiqa davomida suvi ketishi uchun ushlab turiladi Keyin esa tuz, ziravorlar va qanddan iborat aralashmaga bulg‘ab olinadi. Keyin esa bochkalarga qator qilib joylanadi. So‘ngra tuz eritmasidan quyilib mahkamlanadi va 0 0 S haroratda yetiltirishga jo‘natiladi. Taxminan 10-30 kundan keyin baliq to‘la yetiladi, natijada xom baliqlarga xos hid va ta’m yo‘qolib, iste’molga tayyor holatga keladi. Bunda ziravorlar resepturasi bir necha xil bo‘lishi mumkin. Xushbo‘ylantirib tuzlangan baliqlarda tuz miqdori 6-12 % ni tashkil etadi. Xushbo‘ylantirib tuzlangan baliqlar tovar navlariga bo‘linmaydi. Tuzlangan turli xil baliqlar. Bu guruhga kiruvchi baliqlarning asosiy qismi sovuq dudlashga, qoqlashga, qolgan qismlari esa qo‘shimcha ishlov berilmasdan sotishga jo‘natiladi. Tuzlangan baliq mahsulotlari sifat ko‘rsatkichlariga asosan 1-chi va 2-chi navlarga bo‘linadi. Asosiy sifat ko‘rsatkichlari (tashqi ko‘rinishi, konsistensiyasi, hidi va hokazo) bo‘yicha ko‘pchilik tuzlangan baliq turlariga bir xil talablar qo‘yiladi. Tuzlangan baliqlarning sifatiga qanday talablar qo‘yilishini tuzlangan seld baliqlari misolida ko‘rib chiqamiz. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, tuzlangan seld baliqlari sifati bo‘yicha 1-chi va 2-chi navlarga bo‘linadi. Birinchi nav tuzlangan seld baliqlarining yuzasi toza, rangi o‘chmagan, sarg‘aymagan bo‘lishi kerak. Tanasi butun, lekin terisi sal shilingan, jabra qopqoqlari ozroq singan, qorni sal yorilgan bo‘lishi mumkin. Konsistensiyasi zich, yumshoqroq, yoqimli ta’m va hidli, begona ta’m va hidlarsiz bo‘lishi kerak. Ikkinchi navli seldlarda esa yuzasining rangi o‘chgan, go‘shtiga o‘tib ketmagan sarg‘ayish alomatlari bo‘lishi, terisi shilingan, boshi shikastlangan, qorin ichak-chavoqlari tushib ketmaydigan darajada bo‘lishiga ruxsat etiladi. Shuningdek, ularning konsistensiyasi sal dag‘alroq, lekin shalvirab ketmagan, go‘shtida oksidlangan yog‘ hidi va ta’mi bo‘lishi mumkin. Tuzlangan baliqlar sig‘imi 70 kg gacha bo‘lgan yashiklarga va hajmi 50-250 litr bo‘lgan bochkalarga joylanadi. Hamma tuzlangan baliq mahsulotlari maxsus sovutiladigan vagonlarda tashilishi kerak. Sertuz seld baliqlarinigina sovutilmagan transport vositalari yordamida qisqa masofalarga tashish mumkin. Tuzlangan baliqlarning saqlanishi muddati baliqlarning turi, tuzlilik darajasi va saqlash sharoitlariga qarab har xil bo‘lishi mumkin. Tuzlangan baliqlar -8 ÷ - 10 0 S va havoning nisbiy namligi 90-95% bo‘lgan sharoitda bir necha oygacha saqlanishi mumkin. Magazinlarning sovutilmaydigan xonalarida kamtuzli baliqlarni 5 kungacha, o‘rtacha tuzli baliqlarni 10 kungacha, sertuz baliqlarni esa 15 kungacha saqlash mumkin. Tuzlangan baliqlarda uchraydigan nuqsonlar. Tuzlangan baliqlardagi nuqsonlar ishlab chiqarish texnologiyasining buzilishi, saqlash, tashish va sotish jarayonlarida vujudga kelishi mumkin. Bu nuqsonlarning ba’zi birlarini www.sies.uz Page 290 of 306 291 qo‘shimcha ishlov berish yo‘li bilan tuzatish mumkin, ba’zi birlarini esa tuzatib bo‘lmaydi. Baliqlarning sifatini pasaytirishga olib keladigan nuqsonlarga qo‘yidagilarni kiritish mumkin. Xomlik-go‘shtda xom baliq ta’mi va hidi saqlanib qoladi, bel qismida esa qotmagan qon izlarini ko‘rish mumkin bo‘ladi. Yaxshi yetilgan baliqlar yaxshi muzlangan bo‘lsa, ularda bu nuqson saqlash jarayonida yo‘qoladi. Begona hid – baliq jabralarida va ichida mog‘orga o‘xshash hid paydo bo‘lishi bilan harakterlanadi. Bu nuqson tuz eritmasi yo‘q bo‘lgan idishlarda saqlanish jarayonida vujudga keladi. Tuz eritmasi bilan yaxshilab yuvib, bu nuqsonni yo‘qotish mumkin bo‘ladi. Achish – bu nuqsonga ega bo‘lgan baliqlarning rangi o‘chib, nordon yoki achchiq-nordon ta’m paydo qiladi. Bu nuqson baliq go‘shtida maxsus mikroorganizmlarning rivojlanishidan paydo bo‘ladi. Eski tuz eritmasini yangi tuz eritmasi bilan almashtirib yoki baliqni kuchli konsentratsiyali tuz eritmasi bilan yuvish natijasida bu nuqson yo‘qoladi. Yog‘ning oksidlanishi – bu nuqson yog‘li baliqlarda ko‘proq uchraydi. Bu nuqsonga ega bo‘lgan baliqlardan oksidlangan yog‘ning hidi keladi va achchiq ta’mga ega bo‘lib qoladi. Bu nuqsonni tuzatib bo‘lmaydi, shu sababli bu nuqsonga ega bo‘lgan baliqlarni sotishga ruxsat etilmaydi. Fuksin – bu nuqsonda avval baliqlarning sirtida qizil dog‘ paydo bo‘ladi va bu dog‘ sekinik bilan muskul to‘qimasiga o‘tadi. Bu nuqson kuchli bo‘lgan baliqlarning go‘shti ezilib, yomon ammiak hidi paydo bo‘ladi. Bu nuqsonni mezofil bakteriyalar keltirib chiqaradi. Bu nuqsonli baliqlar sotuvga chiqarilmaydi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling