Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Issiq dudlangan baliqlarning sifatiga talablar
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Issiq dudlangan baliqlarning sifatiga talablar. Issiq dudlash uchun yagi
va muzlatilgan baliqlar ishlatiladi. Yuqori sifatli dudlangan baliq olish uchun yog‘li va o‘rtacha yog‘lilikdagi baliqlardan foydalaniladi. Lekin, juda ham seryog‘ baliqlardan foydalanilsa, baliqning ma’lum bir miqdordagi yog‘ini yo‘qotishi hisobiga baliq sirtida tayyor mahsulotning tovarlik xususiyatini pasaytirishga olib keluvchi dog‘lar hosil bo‘ladi. Eng yuqori sifatli tovarlar osetra (sevryuga, osetra, beluga), lasos (kilka, salaka), treska va boshqa tur okeanda yashovchi baliqlardan olinadi. Issiq dudlangan osetra oilasiga kiruvchi baliqlar sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha navlarga bo‘linadi. Issiq dudlangan boshqa tur baliqlar esa sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha navlarga bo‘linmaydi. Issiq dudlangan baliqlarning sifat ko‘rsatkichlari 7447-72 (GOST 7447-72) nomerli Davlat standarti talablari asosida aniqlanadi. Issiq dullangan baliqlarning sifatini aniqlashda ham ularning organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga alohida e’tibor beriladi. Birinchi nav osetra baliqlari tanasining sirti toza, go‘shti yaxshi pishgan, konsistensiyasi zich, shilvirab qolmagan, hidi va ta’mi esa yoqimli, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo‘lishi kerak. Bu navga kiruvchi baliqlarning terisi ozroq jarohatlangan bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Bu nav baliqlarda tuz miqdori 2-3 % ni tashkil etadi. Issiqdudlangan baliqlarning ikkinchi navi esa har xil semizlikda bo‘lishi mumkin. Bu navlarning terisi sal burishgan, sirti namlangan, konsistensiyasi esa bir oz quruq bo‘lishiga ruxsat etiladi. Bu nav baliqlarda kam darajada yog‘ga xos ta’m bo‘lishiga ham yo‘l qo‘yiladi. Issiq dudlangan baliqlarning ikkinchi navida tuz miqdori 4% gacha bo‘lishiga ruxsat etiladi. Navlarga ajratilmaydigan issiq dudlangan baliqlarning yuzasi toza, nam bo‘lmagan holatda, rangi esa ochiq-tillasimon rangdan to‘q-qo‘ng‘irgacha bo‘ladi. Bu tur baliqlarning tanasining sirtida ozroq darajada yog‘ dog‘lari va mexanik jarohatlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Baliq yaxshi pishgan, go‘shti suyagidan yaxshi ajratiladigan, konsistensiyasi esa zich, ozroq uqalanuvchan bo‘lishi kerak. Ularda begona ta’m va hidlar bo‘lishiga ruxsat etilmaydi. Ko‘pchilik hollarda bu baliqlarda tuz miqdori 1,5-3,0% ni tashkil etadi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling