Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Takrorlash uchun savollar


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Takrorlash uchun savollar: 
 
1. Baliqlarni dudlashning mohiyatini tushuntirib bering. 
2. Dudlangan baliqlarning sifatini organoleptik usul bilan baholashda 
ularning qaysi ko‘rsatkichlari asos qilib olinadi? 
3. Issiq dudlangan osetra oilasiga kiruvchi baliqlar sifati bo‘yicha tovar 
navlariga bo‘linadimi? 
4. Birinchi nav issiq dudlangan osetra baliqlarining sifatiga qanday talablar 
qo‘yiladi? 
5. Ikkinchi nav issiq dudlangan osetra baliqlarining sifatiga qanday talablar 
qo‘yiladi? 
6. Dudlangan baliqlarning asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga nimalar 
kiradi? 
7. Sovuq dadlangan baliqlar sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha necha tovar 
navlariga bo‘linadi? 
8. Sovuq dudlangan baliqlarning organoleptik ko‘rsatkichlariga qanday 
talablar qo‘yiladi? 
9. Sovuq dudlangan baliqlarda suv miqdori necha foizni tashkil etadi? 
10. Sovuq dudlangan baliqlarda tuz miqdori necha foizni tashkil etadi? 
 
Qoqlangan va quritilgan baliqlarning sifat ekspertizasi 
 
 
Qoqlangan baliq. Bu xil baliq mahsulotlarini tayyorlash uchun baliq 
tuzlanib, so‘ngra tabiiy sharoitda uzoq muddat suvi qochiriladi. Baliq tarkibidagi 
www.sies.uz
Page 293 of 306 


294
suvning kamaytirilishi hisobiga mahsulot uzoq saqlanadi. Qoq qilingan baliqlarni 
to‘g‘ridan – to‘g‘ri iste’mol qilsa bo‘ladi, chunki uzoq muddat suvi qochirilishi 
mobaynida baliqda yetilish jarayonlari ro‘y berib, baliq o‘ziga xos yoqimli ta’m va 
hid paydo qiladi. Bularda ham yetilish jarayonida baliq go‘shti tarkibidagi oqsil va 
yoq moddalarida murakkab fizik- kimyoviy o‘zgarishlar ro‘y berib, mahsulotga 
yoqimli ta’m va hid beruvchi yangi moddalar hosil bo‘ladi. Qoqlash uchun 
o‘rtacha semizlikdagi va seryog‘ baliqlar ishlatiladi. Osetra va lasos oilasiga 
kiruvchi baliqlardan tashqari hamma baliq turlari qoqlanadi. Osetra va lasos 
baliqlaridan esa tansiq lahmli baliq mahsulotlari ishlab chiqariladi. 
Baliqlarni qoqlash quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: saralash, tilimlash, 
yuvish, tuzlash, suvda ivitib ortiqcha tuzdan xalos etish va qoqlash. 
Baliq massasi bo‘yicha yirik, o‘rtacha va kichik baliqlarga saralanadi. Ularni 
nimtalash tuzlashdagi singari olib boriladi. Ko‘pincha nimtalamasdan butun holida 
ishlangan baliqlardan yuqori sifatli qoqlangan baliq mahsulotlari ishlab chiqariladi. 
Tilimlangan baliqlar sirtidagi shilimshiq moddasidan tozalash uchun 
yaxshilab yuviladi. Shilimshiq moddasidan yaxshi tozalanmagan baliqlar sirtida 
oqishg‘ubor paydo bo‘ladi, bu esa baliqning tovar ko‘rsatkichlarini pasaytiradi va 
saqlash muddatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Tozalangan baliq aralash tuzlash usuli bilan 2 – 7 kun davomida tuzlanadi. 
Tuzlanish muddati baliqning katta – kichikligiga, haroratga va baliq turiga bog‘liq 
bo‘ladi. Keyin esa baliq tuzning bir tekis taqsimlanishi uchun ma’lum muddat 
ushlab turilib, suvda ivitilib ortiqcha tuzdan xalos etiladi. 
So‘ngra baliq chilvirga tizilib, ochiq havoda 15-30 kun davomida qoqlanadi. 
Yuqori sifatli qoqlangan mahsulotlar asosan bahor oylarida olinadi, yozda esa 
yuqori sifatli qoqlangan baliqlar ishlab chiqarish mumkin emasligi uchun baliqlar 
qoqlanmaydi. 
Mahsulotning tayyor bo‘lganligini konsistensiyasining zichlanishi, qahrabo 
rang va o‘ziga xos yoqimli hid va ta’m paydo qilishiga qarab aniqlanadi. 
Qoqlangan baliqlarda suv miqdori 45% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. 
Sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha tarasha baliq (vobla), qizil ko‘z va azov – 
qoradengiz chavaq (taran) baliqlaridan tashqari qoq qilingan baliq 1-chi va 2-chi 
navlarga bo‘linadi. 
Birinchi nav qoqlangan baliqlarning sirti toza, shixastlanmagan, 
konsistensiyasi zich, go‘shtining rangi aynan shu baliqga xos, ta’mi va hidi 
yoqimli, begona ta’m va hidlarsiz bo‘lishi kerak. Bu nav qoqlangan baliqda 
baliqning katta-kichikligi va semizligi har xil bo‘lishiga ruxsat etiladi. Ularning 
tarkibida tuz miqdori 10 foizdan 22 foizgacha, suv miqdori esa 38-45% bo‘lishi 
kerak. Okeandan ovlangan baliqlarda esa nordonroq ta’m va kamroq yod hidi 
bo‘lishiga ruxsat etiladi. 
Ikkinchi navli qoqlangan baliqlarda semizligi har xil, tangachalari tushib 
ozroq shikastlangan, qorin bo‘shlig‘ida go‘shtiga o‘tmasdan sal sarg‘aygan joylari 
bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Bu nav qoqlangan baliqlarning konsistensiyasi sal 
bo‘shashgan, to‘g‘ri tilimlanishdan chetlanishlar ham bo‘lishi mumkin. Ularda 
tuzning miqdori 14% dan, suv miqdori esa 50% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. 
www.sies.uz
Page 294 of 306 


295

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling