Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Lasos baliqlari ikrasi. Uzoq sharq lasoslaridan (keta, gorbusha, nerka, 
chavicha) faqat donador ikra olinadi. Lasos baliqlari ikrasini olishda o‘tkaziladigan 
jarayonlar ham osetra baliqlari ikrasini tayyorlashdagi jarayonlardan deyarli farq 
qilmaydi. Lasos baliqlari ikrasida osetra baliqlari ikrasiga nisbatan oqsil ko‘p 
bo‘lsa-da, ta’m ko‘rsatkichlari bo‘yicha osetra baliqlari ikrasiga tenglasha olmaydi. 
Lasos baliqlari ikrasi sifati bo‘yicha, 1-chi va 2-chi navlarga bo‘linadi. 
Birinchi navli ikralar bir xil baliqlardan olingan, ikra donalarining katta-
kichikligi bir xil, rangi ham bir xil, urug‘ plenkalari va ivigan qonlari bo‘lmasligi 
kerak. Ularda ikra donalarining ozroq darajada yorilganligi va ikralar sal 
www.sies.uz
Page 297 of 306 


298
yopishqoq bo‘lishiga ruxsat etiladi. Ta’mi va hidi yoqimli, o‘ziga xos bo‘lishi 
kerak. Ozroq darajada achchiqroq va o‘tkirroq ta’m bo‘lishi mumkin. 
Ikkinchi navlarida esa har xil baliq ikralari aralash, turli xil rangli, urug‘ 
plenkalari bo‘lishi mumkin. Ularda ikra donalari toza, bir-biridan yaxshi 
ajraladigan bo‘lishi bilan bir qatorda ozroq yopishqoqroq bo‘lishiga ham ruxsat 
etiladi. Bu nav ikralarda achchiqroq ta’m va nordonroq hid bo‘ladi. Tuz miqdori 4 
– 7% ni tashkil etadi. 
Takrorlash uchun savollar: 
 
1. Oziq-ovqat sifatida asosan qanday baliq ikralari ishlatiladi? 
2. Ikraning sifati qanday omillarga bog‘lik? 
3. Osetra balig‘ining donador ikrasi sifati bo‘yicha qanday tovar navlariga 
bo‘linadi? 
4. Oliy nav ikralarga qanday talablar qo‘yiladi? 
5. Payus ikrasi sifatiga qarab qanday navlarga bo‘linadi? 
6. Lasos baliqlar ikrasi sifatiga qarab qanday navlarga bo‘linadi? 
7. Osetra balig‘i ikralari organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha qanday 
talablarga javob berishi kerak? 
8. Lasos baliqlarining ikralari organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha qanday 
talablarga javob berishi kerak? 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling