Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Meva-sabzavotlarning katta-kichikligi


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Meva-sabzavotlarning katta-kichikligi. Bu ko‘rsatkich ba’zi bir mevalar 
va sabzavotlar uchun uzunlik o‘lchov birliklarida va ba’zi birlari uchun esa massa 
o‘lchov birliklarida ifodalanadi. 
Masalan bodringlar uchun bu ko‘rsatkichni aniqlaganda standart talabi 
bo‘yicha bodringning uzunligi (sm hisobida) asos qilib olinsa, olma, nok va shu 
singari mevalarda esa meva katta kesimining diametri asos qilib olinadi. Karam 
boshlari uchun bu ko‘rsatkich massa o‘lchov birliklarida o‘rnatiladi(bir bosh 
karamning massasi necha kg dan kam bo‘lmasligiga qarab). Karam sabzavotlarida 
karam boshining massasi boshqa o‘lchamlariga qaraganda sifatini aniqroq 
ifodalaydi, chunki karamning iste’mol qiymati va saqlanuvchanligi karam 
boshining zichligiga ko‘p darajada bog‘liqdir. Zich bo‘lmagan karam boshlari zich 
karam boshlariga qaraganda mexanik jarohatlarga kam bardoshli bo‘lib, ular 
mikrobiologik kasalliklarga ham tezroq chalinadi. Bunday karamlarda bir 
tomondan chirish kasalligi hisobiga nobudgarchilik vujudga kelsa, ikkinchi 
tomondan ko‘proq suvning bug‘lanishi natijasida massasi va ozuqaviy qiymati 
ham kamayadi.
Yong‘oqlarning massasiga qarab esa ularda qanchalik darajada mag‘zi 
yaxshi rivojlanmagan va puch yong‘oqlar borligi haqida ma’lumotga ega bo‘lish 
mumkin. Meva va sabzavotlarning o‘lchamlarining me’yorlaridan kichik bo‘lishi 
ularda ozuqaviy moddalar to‘la sintez bo‘lib ulgurmaganidan dalolat berib, ularda 
iste’molga yaroqli qismlarning hissasi ham birmuncha kamligidan dalolat beradi. 
Ba’zi sabzavotlarda (ildizmevali sabzavotlar, bodring) o‘lchamlarining 
me’yordagidan katta bo‘lishi, aksincha ularning iste’mol xossalarining pasayishini 
keltirib chiqaradi. Masalan, ildizmevali sabzavotlarda ko‘proq darajada hazm 
bo‘lmaydigan klechatka, gemitsellyuloza, lignin kabi uglevodlarning to‘planishi 
hisobiga ularning etining konsistensiyasi dag‘allashib qoladi. Diametri 5,5 sm dan 
ortiq bo‘lgan bodringlarda esa usti dag‘allashib, urug‘ kamerasining darz ketishi 
natijasida ichida bo‘shliq hosil bo‘lishi jarayoni ro‘y beradi. Albatta, bu kabi 
hodisalar ularning sifatiga salbi y ta’sir ko‘rsatadi. 
Yo‘l qo‘yiladigan chetlanishlarga ma’lum darajada iste’mol qiymatini va 
saqanuvchanligini pasaytirsada, lekin sifatiga katta ta’sir ko‘rsatmaydigan tashqi 
ko‘rinishida va o‘lchamlarida bo‘ladigan chetlanishlar kiradi. Nominal 
ko‘rsatkichdan bunday chetlanishlarni standartlarda mevalar va sabzavotlarning 
sifat ekspertizasini o‘rganishda to‘xtalib o‘tamiz. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling