Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Mahsulot sifatining xususiy ko‘rsatkichlari
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pishganlik darajasi.
Mahsulot sifatining xususiy ko‘rsatkichlari.
Xususiy ko‘rsatkichlari meva va sabzavotlar biologiyasining o‘ziga xosligi bilan asoslanadi. Bularga quyidagilar kiradi: meva va sabzavotlarning pishib yetilganlik darajasi, karam boshlarining zichligi va tozalanganlik darajasi, bosh piyozlarda po‘stining qalinligi, qayta ishlanadigan kartoshkalarda kraxmal miqdori va boshqalar. Pishganlik darajasi. Bu ko‘rsatkich olma, nok, pomidor kabi qishloq- xo‘jalik mahsulotlarining iste’mol qiymati va saqlanuvchanligi tavsiflaydi. Bunday www.sies.uz Page 44 of 306 45 mevalar va sabzavotlar saqlaganda yetiladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari qatoriga kiradi. Erta pishar va kech pishar olmalarni uzishda va saqlashda ularning pishganlik darajasi muhim hisoblanadi. Kech pishar olmalarning a’lo, 1-chi va 2- chi navlarida ularning pishganlik darajasi bir xil bo‘lishi standartlarda belgilangan. Bu tur olmalarning faqat 3-navlaridagina pishganlik darajasi har xil bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Kech pishar olmalarning hamma tovar navlarida ham pishmagan ko‘m- ko‘k olmalar hamda juda pishib ketgan olmalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Saqlanuvchanligi yaxshi bo‘lmagan va iste’mol qiymati past bo‘lgan olmalarni saqlashga joylashtirish va sotish jarayonlarida ularning pishib yetilganlik darajasiga talab qo‘yilishi shart emasligi standartlarda ko‘rsatib o‘tilgan. Pomidorlarning pishib yetilganlik darajasi ularning rangiga qarab aniqlanadi (qizil, binafsha, sut rangli, sariq va hokazo). Pomidorlar qaysi maqsadlarda ishlatilishiga qarab, ularni turli pishganlik darajasida terib olinadi. Ko‘pchilik meva va sabzavotlar uchun pishganlik darajasi alohida ko‘rsatkich sifatida ajratilib ko‘rsatilmasdan ularning kompleks ko‘rsatkichi bo‘lgan «tashqi ko‘rinishi» ko‘rsatkichida qaraladi. Meva va sabzavotlarning ayrimlari uchun esa pishganlik darajasi ichki tuzilishi bilan harakterlanadi. Bunday meva va sabzavotlarga qovun, tarvuz, bodring, baqlajon, lavlagi, sholg‘om kabilarni kiritish mumkin. Masalan, lavlagilar etining rangi, kesimining holati, ulardagi xalqalarning oq yoki binafsha rangiga qarab sifati haqida xulosa chiqarish mumkin bo‘ladi. Lavlagilar kesimida qancha oq xalqalar ko‘p bo‘lsa, ularda rang beruvchi moddalar yaxshi sintez bo‘lmagan va iste’mol xossalari ham shuncha past deb xulosa qilinadi. Meva va sabzavotlar uchun xususiy ko‘rsatkichlardan yana biri ularning kimyoviy tarkibi bo‘yicha ko‘rsatkichlarning o‘rnatilishi hisoblanadi. Masalan, qayta ishlash uchun mo‘ljallangan kartoshkalar tarkibida kraxmal miqdorining 12- 15% dan kam bo‘lmasligining, yoinki yong‘oqlarda namlikning 6-10% dan ortiq ortiq bo‘lmasligining ko‘rsatilishi buning yaqqol namunasidir. Boshqa ho‘l mevalar va sabzavotlar uchun esa ularning kimyoviy tarkibi bo‘yicha talablar stardartlarda o‘z aksini topmagan. Lekin, ba’zi bir sabzavotlar uchun esa ularning sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ma’lum bir moddalarning miqdori keltiriladi. Masalan, kartoshkalarda solanin miqdorining chegaralanishi aynan shundan dalolat beradi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling