Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Olxo‘ri. Olxo‘rilarning sifati GOST 21920-76 nomerli standart talabiga 
javob berishi kerak. Bu standart talabi bo‘yicha olxo‘ri mevalari sifat 
ko‘rsatkichlariga qarab birinchi va ikkinchi tovar navlariga bo‘linadi. 
Birinchi tovar naviga kiritiladigan mevalar shakli va rangli bo‘yicha aynan 
shu pomologik navga xos, butun, toza, sog‘lom, yaxshi yetilgan, begona ta’mlarsiz 
va hidlarsiz bo‘lishi kerak. Ikkinchi tovar naviga kiritiladigan mevalarda esa 
ularning shakli shu navdan biroz farq qilishi, pishganlik darajasi ham har xil 
bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. 
Olxo‘ri mevalarini tayyorlov paytida standart talabi bo‘yicha ularning 
birinchi navida 5 % gacha yangi jarohatga ega bo‘lgan, ikkinchi navlarida esa 10 
% gacha yangi jarohatga ega bo‘lgan, ikkinchi navlarida esa 10 % gacha yangi 
jarohatli mevalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Sotilish jarayonida esa birinchi 
navlarida 10 % gacha, ikkinchi navlarida esa 20 % gacha yangi jarohatli mevalar 
bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Boshqa danakli mevalardagi singari olxo‘ri mevalarining 
har ikkala navida ham chirigan, pishmagan ko‘m-ko‘k mevalar bo‘lishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Gilos. Giloslarning sifati GOST 21922-76 standarti talablariga javob berishi 
kerak. Bu standart talabi bo‘yicha gilos sifatiga qarab birinchi va ikkinchi tovar 
navlariga bo‘linadi. 
Har bir tovar naviga kiritiladigan mevalar shakli va rangi bo‘yicha aynan shu 
pomologik navga xos, yaxshi pishgan, butun, toza, sog‘lom, ortiqcha namliklarsiz, 
begona ta’m va hidlarsiz bo‘lishi kerak. Birinchi tovar naviga kiritiladigan mevalar 
pishganlik darajasi bo‘yicha bir xil bo‘lishi kerak. Ikkinchi tovar naviga 
kiritiladigan mevalarda esa pishganlik darajasi har xil bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. 
Ularda chirigan, pishmagan ko‘m-ko‘k mevalar bo‘ishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Gilos mevalarining sifatini baholashda ham o‘rik, shgaftoli, olxo‘ri 
mevalaridagi singari ayrim chetlanishlarga yo‘l qo‘yiladi. Maalan, gilos 
mevasining birinchi navida ularning tayyorlash jarayonida boldoqsiz mevalar 
hissasi 5% gacha, ootish jarayonida esa 10 % gacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi, 
ikkinchi navida esa bo‘ ko‘rsatkich mos ravishda 10 % va 20 % gacha bo‘lishiga 
ruxsat etilishi me’yoriy hujjatlarda qayd etilgan. Shuningdek, birinchi navga 
kiritiladigan gilos mevalarida jarohatlanib, jarohatlari bitgan mevalar hissasi 5% 
gacha, ikkinchi tovar navlarida esa 20 % gacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. 
Donakli mevalarning boshqa turdagilari singari giloslarda ham qo‘ng‘ir 
tusga kirib qolgan dog‘li mevalar, chirigan, o‘ta pishib ketgan mevalar bo‘lishiga 
yo‘l qo‘yilmaydi. 
www.sies.uz
Page 50 of 306 


51
Olcha. Olchalarning sifati GOST 21921-76 stanarti talabiga javob berishi 
kerak. Bu standart talabi bo‘yicha olcha sifatiga qarab birinchi va ikkinchi tovar 
navlariga bo‘linadi. 
Har bir tovar naviga kiritiladigan olchalar shakli va rangi bo‘yicha aynan 
shu pomologik navga xos, yaxshi pishgan, butun, toza, sog‘lom, ortiqcha 
namiklarsiz, begona ta’m va hidlarsiz bo‘lishi kerak. Birinchi tovar naviga 
kiritiladigan mevalar pishganlik darajasi bo‘yicha bir xil bo‘lishi kerak. Ikkinchi 
tovar naviga kiritiladigan mevalarda esa pishganlik darajasi har xil bo‘lishiga yo‘l 
qo‘yilsada, ularda chirigan, pishmagan ko‘m-ko‘k mevalar bo‘lishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Olcha mevalarining birinchi tovar navida ko‘ndalangn kesimining diametri 
15 mmdan, mevasi mayda bo‘ladigan navlarida esa 12 mm dan kam bo‘lmasligi 
me’yoriy hujjatlarda qayd etilgan. Olchaning ikkinchi tovar navlari uchun meva 
ko‘ndalang kesimining diametri chegaralanmaydi. 
Olcha mevasining sifatini baholashda ham gilos mevasidagi singari ayrim 
chetlanishlarga yo‘l qo‘yiladi. Bu chetlanishlar turlari va darajasi bo‘yicha gilos 
mevalaridagichetlanishlardan deyarli farq qilmaydi. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling