Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Yeryong‘oq. Mevasi tuproq ichida yetiladi, uni qazib olib, quritiladi. 
Yeryong‘oq issiqsevar o‘simlik bo‘lganligi uchun Respublikamizning janubiy 
www.sies.uz
Page 52 of 306 


53
viloyatlarida ko‘plab yetishtiriladi. Yenyong‘oq mevasi – qo‘l bilan bosilganda 
oson chaqiladigan yumshoq po‘stloq ichidagi dukkakdan iboratdir. Yeryong‘oqda 
o‘rtacha oqsil miqdori 27,5 %, yog‘ – 44,5 %, kletchatka – 2,5 %, kul moddasi esa 
– 2,8 % ni tashkil etadi. 
Yeryong‘oqning sifati GOST 17111-71 nomerli standart talabi bo‘yicha 
aniqlanadi. Bu standartga binoan yeryong‘oqning dukkagi sog‘lom, sarg‘ich rangli, 
o‘ziga xos ta’mga va hidga ega bo‘lishi kerak. Boshqa yong‘oq turlarida talab 
etilgani singari ularda namlik miqdori 10 % gacha qilib belgilangan. 
Standart talabi bo‘yicha yeryong‘oqda begona aralashmalar miqdori 1,0 % 
dan (shundan 0,5 foizi mineral va organik aralashmalar), maydalangan va nuqsonli 
mag‘izlar miqdori esa 2,0 % dan ortiq bo‘lmasligi kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan. 
Shuningdek, yeryong‘oq massasida begona ta’m va hidga ega bo‘lgan, 
zararkunandalar bilan zararlangan mag‘izlar hamda yovvoyi va madaniy 
o‘simliklarning urug‘lari bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Yeryong‘oq ham boshqa yong‘oq mevalari singari to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol 
qilinadi va uni qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda boshqa yong‘oq mag‘izlari 
o‘rnini bosuvchi xom ashyo sifatida ham ishlatish mumkin. Yeryong‘oq mag‘zida 
ko‘p miqdorda yog‘ bo‘lganligi uchun undan yog‘ olishda ham foydalanish 
mumkin. 
Pista. Pista daraxti Markaziy Osiyoda, xususan O‘zbekiston Respublikasida 
yovvoyi holda o‘sadi. Pista mevasi kichik (1,5 g gacha), rangi och-sariq, ikki 
pallali qattiq po‘choqdan va mag‘izdan tashkil topgan bo‘ladi. To‘la pishib 
yetilgan pistalarda po‘choq choki bo‘ylab yoriladi. Choki bo‘ylab yorilmaydigan 
pistlar ham bo‘ladi. Bunday pistalardan mag‘izini ajratib olish qiyinroq kechadi. 
Pistaning mag‘zi binafsha-ko‘kish rangda, shirin, yoqimli ta’mga ega bo‘ladi. Pista 
mag‘zi to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilinadi va qandolatchilik xom ashyo sifatida 
ishlatiladi. 
Pistalarning 
sifatini 
baholash 
uchun 
Tojikiston, 
Qirg‘iziston 
Respublikalarida, shuningdek bizning Respublikamizda ham standartlar ishlab 
chiqilgan va tasdiqlangan. Bu standartlar talabi bo‘yicha ularning sifatini 
baholashda tashqi ko‘rinishi, choki bo‘ylab yorilgan, ya’ni ochiq pistalarning 
hissasi, o‘lchamlari, rangi, ta’mi va hidi kabi ko‘rsatkichlari asos qilib olingan. 
Namlik boshqa yong‘oq mag‘izlaridagidek 10 % dan ortiq bo‘lmasligi 
standartlarda belgilab qo‘yilgan. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling