Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

 
Subtropik mevalar 
Suyutropik mevalarga sitruslar (apelsin, mandarin, limon, greyfurut), anor,, 
xurma, anjir va boshqalar kiradi. Respublikamizda yetishtiriladigan asosiy 
subtropik mevalar anor, xurma, anjir va limon (issiqxonalarda yetishtiriladi) 
hisoblanadi. Bu mevalar bir guruhga kiritilsada kimyoviy tarkibi, shifobaxshlik 
xususiyatlari va sifat ekspertizasini o‘tkazish uslublari bo‘yicha ma’lum darajada 
bir-biridan farq qiladi. 
Anor. Anorning mevasi yirik (diametri 12 sm gacha), sharsimon, po‘sti 
oqish (oqpo‘st) yoki qizg‘ish (qizil po‘st) bo‘ladi. Ichida meva xonalarga 
bo‘lingan, xonalarda ta’mi nordon-shirin, rangi qizil yoki pushti sersharbat etga 
www.sies.uz
Page 53 of 306 


54
o‘ralgan urug‘lar bor. Anor mevalari bir donasining og‘irligiga qarab katta (400 g 
dan ortiq), o‘rtacha kattalikda (300-400 g) va kichik (300 g dan kamroq) bo‘ladi. 
Anorlar tarkibidagi kislotalar miqdoriga qarab shirin, nordon-shirin va nordon 
guruhlariga bo‘linadi. Shirin anorlar etida qand miqdori 15-19 foiz miqdorida 
bo‘ladi. Anor tarkibida vitaminlar va xilma-xil mineral elementlar mavjudligi 
uchun ham shifobaxshlik xususiyatiga egadir. 
Muallifning Surxondaryo viloyatining Dashnobod, Bandixon va Farg‘ona 
vodiysi Quva tumanining «Anor» xo‘jaliklarida yetishtirilgan anorlarning Qozoqi 
va Qizil anor navlari bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘p yillik tadqiqot natijalari shundan 
dalolat beradiki, anor mevasi makro- va mikro elementlarga boyligi bilan alohida 
diqqatga sazovordir. Anor mevasi tarkibida kaliy, natriy, kalsiy, magniy kabi 
makroelementlar va rux, temir, marganes, nikel kabi mikroelementlar borligi 
aniqlangan. Anor sharbati tarkibida boshqa sitrus mevalaridagiga nisbatan S, V
1
va 
R vitaminlarining miqdori kamroq bo‘lsada, bu mevalar ham inson organizmi 
uchun fiziologik faol moddalarning muhim manbai bo‘lib xizmat qilishi tadqiqot 
natijalari asosida isbotlangan. 
Anorning sifati GOST 27573-87 nomerli standart talabiga javob berishi 
kerak. Bu standart talabi bo‘yicha anor mevalari sifat darajasiga qarab birinchi va 
ikkinchi tovar navlariga bo‘linadi. 
Har ikkala navga kiritiladigan mevalar yangi, butun, yetilib pishgan, 
sog‘lom, toza, ortiqcha namliklarsiz, ombor zararkunandlari bilan zararlanmagan, 
shakli va rangi bo‘yicha aynan shu pomologik navga xos bo‘lishi kerak. Ikkinchi 
tovar navida esa shakli va rangi bo‘yicha shu pomologik navga xos bo‘lmagan 
mevalar ham bo‘lishiga ruxsat etiladi. Mevalar ta’mi va hidi bo‘yicha esa o‘ziga 
xos, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo‘lishi kerak. 
Anor 
mevalarining 
sifatini 
baholashda 
aniqlanadigan 
asosiy 
ko‘rsatkichlardan biri meva ko‘ndalang kesimining diametri hisoblanadi. Bu 
ko‘rsatkich iste’molga mo‘ljallangan mevalarning birinchi navida 75,0 mm dan, 
ikkinchi navida esa 60,0 mm dan kam bo‘lmasligi standartlarda ko‘rsatib 
qo‘yilgan. 
Anor mevasida uchraydigan asosiy nuqsonlardan biri quyosh nuri ta’sirida 
anor po‘stlog‘ida qora doqlarning paydo bo‘lib qolishi hisoblanadi. Shu sababli 
mevalarda ma’lum darajada bu nuqsonning bo‘lishiga ruxsat etiladi. Anorning 
birinchi tovar navida anor yuzasining 1/8 qismidan katta bo‘lmagan, ikkinchi 
navida esa 1/4 qismida katta bo‘lmagan qora dog‘ga ega bo‘lgan mevalar 
bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Anorning sifat ekspertizasini o‘tkazishda aniqlanadigan 
yana bir ko‘rsatkich anor po‘stlog‘ining mexanik shikastlanganlik darajasi 
hisoblanadi. Birinchi navli anor mevasida po‘stlog‘i urilib shikastlangan mevalar 
bo‘lmasligi kerak, ikkinchi navlarida esa yuzasi anor mevasi yuzasining 1/4 
qismidan katta bo‘lmagan jarohatli mevalar bo‘lishiga ruxsat etiladi. Shuningdek, 
anorning ikkala tovar navida ham mexanik jarohatlari bitgan mevalar miqdori 
chegaralanmaydi. Lekin, standart talabi bo‘yicha anorning har ikkala tovar navida 
ham chirigan, ezilib qolgan, pishmagan, qishloq xo‘jalik zararkunandalari bilan 
zararlangan mevalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
www.sies.uz
Page 54 of 306 


55
Xurmo. Xurmo mevasi yassi, sharsimon, sirti silliq, po‘sti zarg‘aldoq-
sariqdan to‘q-qizil ranggacha bo‘ladi. Xurmoning sifati RSTUz 854-98 nomerli 
standart talabiga javob berishi kerak. Bu standart talabi bo‘yicha xurmo mevasi 
birinchi va ikkinchi tovar navlariga bo‘linadi. 
Har ikkala tovar naviga kiritiladigan mevalar yangi, butun, toza, sog‘lom, 
qishloq xo‘jalik zararkunandalari bilan zararlanmagan, mexanik jarohatlanmagan, 
shakli va rangi bo‘yicha shu pomologik navga xos bo‘lishi kerak. Ta’mi va hidi esa 
yoqimli, o‘ziga xos, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo‘lishi kerak. 
Xurmo mevalari uchun ham asosiy ko‘rsatkichlardan biri meva ko‘ndalang 
kesimining diametri hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich birinchi navga kiritiladigan 
mevalarda 60 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Ikkinchi navga kiritiladigan mevalar 
uchun esa bu ko‘rsatkich me’yorlashtirilmaydi. 
Anor mevasidagi singari xurmo mevasida ham quyosh nuri ta’sirida qora 
dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin. Standart talabi bo‘yicha birinchi navga 
kiritiladigan xurmo mevalarida qora dog‘lar bo‘lmasligi kerak, ikkinchi navlarida 
esa xurmo yuzasining 1/8 qismidan katta bo‘lmagan qora dog‘li mevalar bo‘lishiga 
yo‘l qo‘yiladi. Xurmo mevalari mexanik ta’sirga chidamsiz, nozik meva 
bo‘lganligi sababli har ikala tovar navida ham po‘stlog‘i shikastlanib qolgan 
jarohatli mevalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, xurmoning ikkala tovar 
navida ham chirigan, ezilgan va pishmagan ko‘m-ko‘k mevalar bo‘lishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling