Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqbosh karam
Karam sabzavotlar
Karam sabzavotlarga oqbosh karam, qizilbosh karam, savoy karami, Bryussel karami, gul karam, kolrabi karamlari va boshqa karamlar kiradi. Karamlarning tarkibida oziq moddalar uncha ko‘p bo‘lmasa-da, ular mineral tuzlar va vitaminlar manbai ekanligi bilan boshqa sabzavotlardan ajralib turadi. Karam boshining zichlashishi uning texnik pishish belgisidir. Ba’zan paydo bo‘layotgan ichki barglarning kuchli itarishi tufayli karam boshlari yorilib ketadi. Karam boshlarining ichki barglari qorong‘ilikda o‘sadi. Shuning uchun ular rangsiz oppoq, ushlab ko‘rilganda mayin va mazasi yaxshi bo‘ladi. Oqbosh karam asosan ho‘l sabzavot sifatida oshpazlikda ishlatiladi va tuzlangan karam ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Oqbosh karam. Oqbosh karam navlari unib yetilish vaqtiga qarab ertapishar, o‘rtapishar va kechpishar navlarga bo‘linadi. Respublikamizda ertapishar karam navlari ertagi hosil olish uchun plenka ostida o‘stirib yetishtirilmoqda. Shu sababli bu nav karamlar erta bahorda aholi ratsionida vitaminlar ayni tanqisligi paytida eng zarur xom ashyo hisoblanadi. Respublikamizda ekiladigan ertapishar oqbosh karam navlariga Iyunskaya, Nomer perviy, Gribovskaya 147, Derbentskaya mestnaya uluchshennaya, Apsheronskaya ozimaya, o‘rtapishar va kechpishar navlariga esa Toshkent-10, Saratoni, Navro‘z, O‘zbekiston 133 kabi navlarini kiritish mumkin. Chakana savdo tarmoqlarida sotiladigan oqbosh karamlar sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha GOST 26768-85 standarti talabiga, tayyorlanadigan va jo‘natiladigan karamlar esa GOST 1724-85 standarti talabiga javob berishi kerak. Biz quyidagi chakana savdo tarmoqlarida aholiga sotilayotgan oqbosh karamlarning GOST 26768-85 standarti bo‘yicha qanday talablarga javob berishi kerakligini keltiramiz. Bu standart talabi bo‘yicha oqbosh karamlar sifatiga qarab saralangan va saralanmagan tovar navlariga bo‘linadi. Bu standart talabi bo‘yicha oq karam boshlari barra, butun, sog‘lom, toza, karam boshi yaxshi o‘ralgan, o‘smagan, shakli va rangi bo‘yicha karam naviga xos, qishloq xo‘jalik zararkunandalari bilan zararlanmagan bo‘lishi kerak. Ularning ta’mi va hidi o‘ziga xos, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo‘lishi lozim. Karam boshi o‘rtapishar va kechpishar navlarida zich bo‘lishi kerak. Ertapishar navlarida esa har xil zichlikda bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Savdo tarmoqlarida iste’molchilarga sotilayotgan oqbosh karamlarning sifatiga qo‘yiladigan talablardan yana biri karam boshining sarg‘ayib ketgan barglardan va boshqa iflosliklardan tozalanganligi hisoblanadi. Standart talabi bo‘yicha karam boshi to zich yopishib turadigan ko‘k yoki oq yaproqlarigacha tozalangan bo‘lishi kerak. Shuningdek, aholiga sotilayotgan www.sies.uz Page 62 of 306 63 karamlarda karam boshidan chiqib turadigan karam o‘zagining uzunligi ham me’yorlashtirilgan. Bu ko‘rsatkich hamma tovar navlarida 3 sm dan ortiq bo‘lmasligi ko‘rsatib qo‘yilgan. O‘rtapishar va kechpishar karamlar uchun muhim ko‘rsatkichlardan yana biri karam boshining massasi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich karam qaysi vaqtda yig‘ishtirib olinganligiga bog‘liq bo‘ladi. Standartda ko‘rsatilishicha 1-iyuldan to 1-avgustacha yig‘ishtirib olingan karamlarning saralangan navlarida har bir bosh karamning massasi 1,0 kg dan, saralanmagan karamlarning esa 0,4 kg dan kam bo‘lmasligi standartda ko‘rsatib qo‘yilgan. Shuningdek, standartda sirtidagi birinchi va ikkinchi qavat yaproqchalari ozroq jarohatlangan karamlar bo‘lishiga ham yo‘l qo‘yiladi va ularning miqdori chegaralanmaydi. Ikkinchidan to beshinchi qavatgacha yaproqchalari mexanik jarohatlangan karam boshlari ertapishar karam navlarida 5,0 % gacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi, o‘rtapishar va kechpishar navlarida esa bu ko‘rsatkich chegaralanmaydi. Saralangan karam navlarida esa mexanik jarohatli karam boshlari bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Karamlarning har ikkala tovar navlari ham beshinchi qavatdan keyingi yaproqchalari mexanik jarohatlangan, yorilgan, chirigan, muzlab qolgan (ichi sarg‘aygan yoki qoraygan) karam boshlari bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling