Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Qizilbosh karam. Bu xil karamlarning bargida antotsianlar bo‘lgani uchun,
qizil karam boshlari binafsha-qizil rangdan to‘qqizil ranggacha bo‘yalgan bo‘ladi. Qizil karam boshlarining kattaligi oqkaramga nisbatan kichikroq (1,5-3,0 kg), lekin undan zichroq, yaxshi saqlanadi. Bu karam barra holida ishlatiladi va undan sirkalangan mahsulotlar ham olish mumkin. Yangi qizilbosh karamlar sifati bo‘yicha GOST 7967-87 standarti talabiga javob berishi kerak. Bu standart talabi bo‘yicha qizilbosh karamlar yangi, butun, sog‘lom, toza, qishloq xo‘jalik zararkunandalari bilan zararlanmagan, shakli va rangi bo‘yicha shu karam naviga mos, karam boshi zich bo‘lishi kerak. Ularning hidi va ta’mi esa o‘ziga xos, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo‘lishi kerak. Qizilbosh karamlarning sifatini aniqlashda karam boshining zichligi va karam yaproqchalarining karam o‘ramiga mahkam yopishib turishi muhim ko‘rsatkich qilib qabul qilingan. Standart talabi bo‘yicha tayyorlanadigan, jo‘natiladigan karamlarda karam o‘ramiga zich yopishib turmaydigan yaproqlar soni to‘rttagacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi, savdo tarmoqlarida sotilayotgan karamlar esa zich yopishib turmagan yaaroqchalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Oq karamlardagi chingari bu tur karamlarda karam boshidan chiqib turadigan karam o‘zagining uzunligi 3 sm dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Qizilbosh karamlarda beshinchi qavat yaproqchalargacha mexanik jarohatli karamlar miqdori standartda chegaralanmasligi ko‘rsatib o‘tilgan. Lekin, beshinchi qavatdan ortiq yaproqchalari jarohatlangan karam boshlari soni 5,0 % gacha bo‘lishiga ruxsat etiladi. Shuningdek, qizilbosh karamlarda ham o‘sgan, yorilgan, chirigan, muzlagan, ifloslangan, kasallangan, qishloq xo‘jalik zararkunandalari bilan zararlangan karam boshlari bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. www.sies.uz Page 63 of 306 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling