Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Bryussel karami. Bu xil karamlar 70 sm gacha uzun poya hosil qilib, uning 
barg qo‘ltiqlaridan 20-40 dona mayda karam boshchalar chiqaradi. Bu karamning 
ta’mi juda yaxshi bo‘lib sho‘rvalarga, marinadlarga ishlatiladi. 
Standart talabi bo‘yicha Bryussel karamining boshlari shakllanib yetilgan
butun, toza, sog‘lom, kasallanmagan va shkastlanmagan bo‘lishi kerak. 
Gulkaram. Bu karamning o‘sib yetilmagan oqrangli to‘pguli (boshi) 
ovqatga ishlatiladi. Gulkaram oqsillarga va vitaminlarga boy bo‘lib, organizmda 
yaxshi hazm bo‘lishi va parxezlik xususiyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi. 
Gulkaram suvda qaynatib, sho‘rvaga solib, marinadlab va qovurib iste’mol 
qilinadi. 
Standart talabi bo‘yicha gulkaram boshlarining o‘lchami eng katta 
ko‘ndalang diametri bo‘ylab 8 sm dan kam bo‘lmasligi, o‘zi zich oq yoki oq-sariq, 
Yangi, toza, zararkunandalar bilan zararlanmagan bo‘lishi kerak. 
Kolrabi. Kolrabi karami oqrangli mayin va sersuv sharsimon poya meva 
hosil qiladi. U barraligicha, qaynatilgan va dimlab pishirilgan va quritilgan holda 
iste’mol qilinadi. Bu karamning mazasi oq karamning mazasiga o‘xshab ketadi. 
Kolrabi tarkibida vitaminlarning ko‘pligi va boshqa karamlarga nisbatan 10-12 kun 
oldin pishishi bilan harakterlanadi. 
Savvoy karami. Bu karamning barglari qat-qat burmali, och-yashil rangli, 
uzunchoq yoki dumaloq shaklda bo‘ladi. Savoy karami tarkibida azotli moddalar
mineral moddalar va S vitamini oqkaramdagidan ko‘proq bo‘ladi. Bu xil karamlar 
barra holida iste’mol qilinadi, sho‘rva va garnirlar tayyorlash uchun ishlatiladi. 
Standart talabi bo‘yicha savoy karamining boshlari butun, sog‘lom, yetarlicha 
shakllangan, barglari pufakcha-pufakcha, kasallik va shikastlanganlik alomatlari 
bo‘lmasligi kerak. O‘zagining uzunligi 3 sm dan ortiq bo‘lmasligi, karam boshi 
massasi esa 0,4 kg dan kam bo‘lmasligi talab etiladi. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling