Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Takrorlash uchun savollar


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Takrorlash uchun savollar: 
 
1. Oziq-ovqat sifatida ishlatiladigan kartoshkalarga qanday talablar 
qo‘yiladi? 
2. Sabzilarning sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 
3. Lavlagilarning sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 
4. Oqboshli karamlarning sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 
5. Qizilboshli karamlarning sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 
6. Piyozsimon sabzavotlarning sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 
7. Tarvuzlarning sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 
8. Qovunlarning sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 
9. Qovoqlarning sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 
10. Bodringlarning sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 
11. Pomidorlarning sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 
12. Sabzavotlarning yangi standartlar yaratishda qaysi ko‘ratkichlarini 
standartga kiritish maqsadga muvofiq deb bilasiz? 
 
Meva va sabzavotlarni terish, saralash va ularga tovar ishlovi berish 
 
Meva sabzavotlarning sifati, ularda bo‘ladigan nobudgarchiliklar va saqlash 
muddatlari hosilni vaqtida yig‘ishtirib olish, yig‘ishtirilgan hosilga tovar ishlovi 
berish, saralash, idishlarga joylashtirib, tashishni va saqlashni tashkil etish 
jarayonlariga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. 
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda hosilni 
yig‘ib-terib olishni mashinalarsiz tasavvur qilish qiyin. Ko‘pchilik hollarda 
kartoshka va sabzavotlar hosili asosan mashinalar yordamida yig‘ib-terib olinadi. 
Katta-katta 
bog‘larda 
ham 
mevalarni 
yig‘ib-terib 
olishning 
mexanizatsiyalashtirilgan usulini qo‘llash mumkin. Shunga qaramasdan, bugungi 
kunda kartoshka, sabzavotlar va mevalarni qo‘lda yig‘ib-terib olish keng tarqalgan 
hisoblanadi. 
Bu yerdagi asosiy muammolardan biri hosilni yig‘ishtirib olishda 
qo‘llaniladigan mashinalarni har bir sabzavotlarning xo‘jalik-botanik, mevalarning 
esa pomologik navlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda 
konstruksiyalash hisoblanadi. Albatta, bu muammoni yechishda shu sohaning 
mutaxassislari, xususan tovarshunoslar mashina yaratuvchilariga yaqindan yordam 
berishlari talab etiladi. Lekin, shuni qayd etish lozimki mashinalar yordamida 
hosilni yig‘ishtirib va ishlov berganda mexanik shikastlangan meva va sabzavotlar 
www.sies.uz
Page 70 of 306 


71
miqdori va darajasi ko‘p bo‘ladi. Hosilni yig‘ishtirish, tovar ishlovi berish 
jarayonida mexanik shikastlanishini va nobudgarchilikni kamaytirish uchun 
qo‘llanilib kelayotgan mashinalarni modernizatsiyalash yoki yangisini yaratish, 
mashina yordamida yig‘ishtirib olishgan yaroqli meva va sabzavotlar navlarini 
tanlash, hosilni yig‘ishtirib olish vaqti va sharoitini to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga 
egadir. Masalan, kartoshkani yig‘ishtirib olgandan keyin unga tovar ishlovi berish 
mashinadan mahsulotni qabul qilib olish, daladan keltirish, kartoshkani begona 
aralashmalardan tozalash, saralash, zararlangan tuganaklarni ajratish va shunga 
o‘xshash jarayonlarni o‘z ichiga oladi. 
Meva-sabzavotlarni vaqtida yig‘ishtirib olish ham eng muhim jarayonlardan 
biri hisoblanadi. Yig‘ishtirib olish vaqti esa mevaning (ba’zi sabzavotlarning)
saqlash jarayonida yetilishi yoki yetilmasligi bilan ham aniqlanadi. Yig‘ishtirib 
olingandan keyin yetiladigan mevalarga olma, nok, behi, krijovnik, sabzavotlardan 
esa pomidor, qovun, piyoz, qovoq va kartoshka kiradi. Qulupnay, smorodina, o‘rik, 
malina mevalari va ziravor sabzavotlar yetilmaydi. 
Meva va sabzavotlarning pishib yetilganlik darajasi va yig‘ishtirib olish 
vaqtini aniqlashda quyidagi pishib yetilganlik darajalari belgilanadi: iste’molga 
yaroqlilik, yig‘ishtirib olishga (uzishga) yaroqlilik, texnik pishib yetilganlik 
darajasi va fiziologik pishib yetilganlik darajasi.
Iste’molga yaroqlilik – bu mevalarning shunday pishganlik darajasiki, bunda 
mevalar tashqi ko‘rinishi, ta’mi, rangi, shakli va konsistensiyasi kabi 
ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori sifatga ega bo‘ladi. Bunday pishib yetilganlik 
darajasida yig‘ishtirib olingandan keyin yetilishga moyil bo‘lmagan mevalar va 
sabzavotlar yig‘ib-terib olinadi. Masalan, bodring, ildiz mevali sabzavotlar, 
kartoshka, karam kabi sabzavotlar shu toifaga kiradi. Lekin ko‘pchilik hollarda 
yangi kartoshka va ildiz mevali sabzavotlar iste’molga yaroqlilik pishib yetilganlik 
darajasiga kelguncha yig‘ishtirib olinadi va iste’mol qilinadi. 
Yig‘ishtirib olishga yaroqlilik (uzishga) darajasi bu mevalar va 
sabzavotlarning shunday pishganlik darajasiki, bunda mevalar va sabzavotlar, 
asosan butunlay o‘z shaklini egalagan, ularda asosan ozuqaviy va ta’m beruvchi 
moddalarning to‘planishi tugallangan, lekin ularda butunlay sifat ko‘rsatkichi 
(ta’mi, hidi, qand miqdori, konsistensiya va boshqalar) shakllanib yetmagan 
bo‘ladi. 
Bunday pishib yetilganlik darajasida faqatgina saqlanganda pishib 
yetiladigan mevalar va sabzavotlar yig‘ishtirib olinadi. Masalan, olmalarning kuzgi 
va qishgi navlari, sitrus mevalari, qovun , pomidor, qalampir kabi meva va 
sabzavotlarni shu guruhga kiritish mumkin. 
Texnik pishganlik darajasida, faqatgina qayta ishlashga mo‘ljallangan meva 
va sabzavotlar yig‘ishtirib olinadi. Bu yerda nafaqat meva va sabzavotlarning 
shakli, katta kichikligi, rangi kabi ko‘rsatkichlariga balki texnik ishlov berilganda 
zarur bo‘ladigan ko‘rsatkichlariga ham alohida e’tibor beriladi. Masalan, o‘rik va 
shaftolilardan kampot olishda ularning rangi, katta kichikligini hisobga olish bilan 
bir qatorda, etining zichligiga ham katta e’tibor beriladi. Yoinki, tuzlash uchun 
pomidorlarning uncha pishib yetilmagani tavsiya qilinsa, tomat-pyure mahsulotlari 
olish uchun qizil, yaxshi pishib yetilgan pomidorlar tavsiya etiladi. 
www.sies.uz
Page 71 of 306 


72
Meva va sabzavotlarning urug‘ini olish kerak bo‘lgan hollarda ularni 
fiziologik pishib yetilganlik darajasida yig‘ib-terib olinadi. Ko‘pincha bunday 
pishib yetilganlik darajasi meva va sabzavotlarning o‘ta pishib ketganligi 
darajasiga mos keladi. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling