Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Tuzlangan pomidorlar. Tuzlash uchun yangi uzilgan, sog‘lom, butun, 
mexanik jarohatlanmagan, silliq yuzali, sifatli pomidorlar ishlatiladi. Pishib 
yetilganlik darajasiga qarab pomidorlar ko‘k, qo‘ng‘ir, pushti, qizil ranglilarga 
saralanib, ular alohida-alohida tuzlanadi. Ezilgan, o‘ta pishib ketgan, muzlagan
jarohatlangan, mog‘orlagan pomidorlar tuzlashga yaroqsiz hisoblanadi. Pomidorlar 
ham bodring singari tuzlanadi. 
Tuzlangan pomidorlar sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha 1-chi va 2-chi tovar 
navlariga bo‘linadi. Tuzlangan ko‘k pomidorlar esa faqat 2-chi nav qilib 
chiqariladi. 
Birinchi nav pomidorlar pishganlik darajasi va katali bo‘yicha bir xil, shakli 
qing‘ir emas, butun, burishmagan va ezilmagan bo‘lishi kerak. Rangi tegishli 
pishganlik darajasidagi yangi uzilgan pomidor rangiga mos bo‘lishi kerak. Hidi va 
ta’mi tuzlangan pomidor mahsulotlariga xos, nordon-sho‘rroq, ziravorlarning ta’mi 
hidi yaqqol sezilib turishi kerak. Namakobda tuz miqdori 2,0-3,5 % (qizil 
pomidorlar uchun), nordonlik 0,8-1,2 % ni tashkil etishi GOST 7181-85 standarti 
talabi bo‘yicha belgilangan. 
Ikkinchi navli mahsulotda esa pomidorlar salgina burishgan, ozroqqina 
yorilgan joylari bo‘lishi, sal ezilgan, lekin asl shaklini saqlab qolgan holatda 
bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Ularning namakobida sho‘rtak nordonlik darajasi 
balandroq va quyqasi ham ko‘proq bo‘lishi mumkin. Standart talabi bo‘yicha 
ikkinchi navli mahsulotlarda tuz miqdori 2,0-4,0 %, nordonligi esa -0,8-1,5 % 
bo‘lishi belgilab qo‘yilgan. 
 
Takrorlash uchun savollar: 
 
www.sies.uz
Page 79 of 306 


80
1. Achitilgan, 
tuzlangan 
meva-sabzavot 
mahsulotlarining 
sifatining 
shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillarni tushuntiring. 
2. Achitilgan karam sifati bo‘yicha qaysi tovar navlariga bo‘linadi? 
3. Achitilgan karamlarning sifatini aniqlashda organoleptik ko‘rsatkichlaridan 
qaysilari aniqlanadi? 
4. Achitilgan karamlarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlaridan qaysilari 
aniqlanadi? 
5. Tuzlangan bodringning sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 
6. Tuzlangan pomidorlarning sifatiga qanday talablar qo‘yiladi? 
7. Achitilgan karamlarda uchraydigan asosiy nuqsonlarni tushuntiring. 
8. Tuzlangan bodring va pomidorlarda uchraydigan asosiy nuqsonlarni 
tushuntirib bering. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling