Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Meva konservalarining sifatiga talablar


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

 
Meva konservalarining sifatiga talablar 
Meva konservalarning assortimentiga kompotlar, pyurelar, pastalar, meva-
rezevor meva marinadlari, bolalarga mo‘ljallangan va parhezbop konservalar 
kiradi. 
Kompotlar. Bu turdagi mahsulotlar deyarlik hamma meva va rezavor-
mevalardan tayyorlanib, assortimenti xilma-xildir. Kompotlar bir turli xom 
ashyodan yoki bir necha tur mevalar aralashmasidan (assorti) tayyorlanishi 
mumkin. 
Kompot tayyorlash uchun meva saralanadi, yuviladi, blanshirovka qilinib 
bankalarga joylanadi, ustidan shakar qiyomi quyilib, sterilizatsiya qilinadi va qattiq 
qopqoq bilan yopib qo‘yiladi. 
Sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha kompotlar oliy, 1-chi va oshxonabop navlariga 
bo‘linadi. Ularning sifatini baholashda mevaning katta-kichikligi, rangi, mevaning 
konsistensiyasi, ezilgan, yorilgan mevalar soni, hidi va ta’mi ko‘rsatkichlariga 
alohida e’tibor beriladi. Kompotlarda sharbatning tarkibidagi quruq modda miqdori 
13-30% ni, mevalar massasining butun kompot massasidagi miqdori esa 45-60% 
ni tashkil etishi kerak. 
Meva-rezevor meva pyuresi. Deyarlik hamma mevalardan pyurelar 
(bo‘tqa) tayyorlanadi. Ko‘pincha Olma, O‘rik, Olxo‘ri, Shaftoli, Olcha, Nok 
pyurelari tayyorlanadi. Pyurelar tayyorlashda mev etlari qirg‘ichlardan o‘tkazilib 
bir xil struktura beriladi. Pyurelar tarkibida quruq modda miqdori - 7-13% ni 
tashkil etadi. 
Pastalar. Bu mahsulot meva pyurelarini ularning tarkibidagi quruq moddasi 
25 va 30% gacha kelguncha vakuum-apparatlarda quyultirish yo‘li bilan olinadi. 
Meva souslari. Qirg‘ichdan o‘tkazilgan meva massasiga 10% gacha shakar 
qo‘shib, quruq moddasi kamida 21 foizga kelguncha quyultirib souslar olinadi. 
Olma, nok, o‘rik, behi, shaftoli, olxo‘rilardan souslar olinadi. Souslar bir xil 
massadan iborat bo‘lishi va tarkibida meva po‘stlari, urug‘lar, danaklar aralashib 
qolmagan bo‘lishi kerak. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling