85
Quritilgan kartoshka xo‘raki kartoshka navlaridan olinadi. Quritish oldidan
kartoshka
tuganaklari yuviladi, po‘stlog‘i artiladi, uzunchoq, parrak,
kubik qilib
to‘g‘raladi, keyin bug‘ bilan ishlov berilib sovitiladi va tarkibida 12% namlik
qolguncha maxsus quritgichlarda 75-80
0
S haroratda quritiladi. Uzoq saqlash uchun
esa namlik 5-6% qolguncha quritiladi. Sifatiga qarab quritilgan kartoshkalar
birinchi va ikkinchi navlarga bo‘linadi.
Quritilgan ildiz
mevali sabzavotlar lavlagi, sabzi va oq ildizlardan
tayyorlanadi. Bu sabzavotlar tarkibida 12-14% namlik qolguncha quritiladi. Ba’zan
ularning uzoq saqlanishini ta’minlash uchun esa namlik 5-6% qolguncha ham
quritilishi mumkin. Bu holda tayyor mahsulotni germetik
holda qadoqlash talab
etiladi. Quritilgan ildizmevali sabzavotlar ham sifatiga qarab birinchi va ikkinchi
navlarga bo‘linadi.
Quritilgan karam oqboshli karamdan va rangli karamdan olinadi. Bir xilda
payraxasimon to‘g‘ralgan karamlarni oldin bug‘ bilan ishlanadi, keyin esa maxsus
moslamalarda tarkibida 14% namlik qoguncha quritiladi. Quritilgan karamlar ham
birinchi va ikkinchi navlarga bo‘linadi.
Boshpiyozning achchiq va yarim achchiq navlari quritiladi.
Piyozbosh
po‘stloqlardan tozalangandan keyin yaproq yoki xalqa qilib to‘g‘ralib, maxsus
quritgichlarda tarkibida 14% namlik qolguncha quritiladi. Sifatiga qarab quritilgan
piyozlar ham birinchi va ikkinchi navlarga bo‘linadi.
Ko‘katlardan petrushka, shivit, ismaloq va boshqalar quritiladi.
Quritilgan
ko‘katning namligi 14% dan oshmasliga kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: