Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Nuqsonlari 
Kraxmalda uchraydigan asosiy nuqsonlardan biri unda begona hidlarning 
paydo bo‘lishi hisoblanadi. Begona hid kraxmalda asosan ikki omil ta’sirida 
vujudga keladi. Birinchisi-kraxmalda sut kislotali yoki moy kislotali bijg‘ishning 
borishi natijasida, ikkinchisi esa kraxmalning tashqaridan begona hidlarni o‘ziga 
singdirishi natijasida (adsorbsiya). Yana shunday nuqsonlardan biri kraxmalni tish 
bilan ezib ko‘rganda g‘ijirlashidir. Bu kraxmalning qumlar va loylar bilan 
ifloslanishidan vujudga keladi. Kraxmalni havoning nisbiy namligi yuqori bo‘lgan 
haroratda saqlash natijasida hamirsimon massa hosil qilib qotib qoladi. Agar 
qotgan hamir ozroq ta’sir kuchi ostida uvalanib ketmasa bunday kraxmal sotishga 
ruxsat etilmasdan texnik maqsadlarda ishlatiladi. 
Kraxmal mahsulotlarining sifat ekspertizasi 
Kraxmal-patoka 
sanoatida 
xilma-xil 
kraxmal 
mahsulotlari 
ishlab 
chiqarilmoqda. Bugungi kunda oziq-ovqat sanoatida quyidagi kraxmal 
mahsulotlari ishlatilmoqda: sun’iy sago, modifikatsiya qilingan kraxmal, kraxmalni 
gidrolizlab olinadigan qandsimon moddalar (patoka, glyukoza, maltodekstrinlar va 
boshqalar). 
Sago. Sago-bu mayda shishasimon sharik holidagi yorma bo‘lib, qizdirganda 
shaklini yo‘qotmaydigan, bir-biriga yopishib qolmasdan bo‘kadi. Sago ikki xil 
www.sies.uz
Page 98 of 306 


99
o‘lchamda chiqariladi. Mayda sagolarning diametri 1,5-2,1 mm ni tashkil etsa, 
katta sagolarning diametri 2,1-3,1 mm ni tashkil etadi. Ikkala o‘lchamlari ham oliy 
va 1-chi navlarda chiqariladi. 
Kartoshka kraxmalidan tayyorlangan sagoning oliy navi oq rangda, 1-chi 
navi esa sal qo‘ng‘irroq rangda bo‘ladi. Makkajo‘xori kraxmalidan tayyorlangan 
sagolar esa sriq rangda bo‘ladi. Sagoning birinchi navlarida ko‘proq darajada kul 
moddasi, nordonlik, bir-biriga yopishgan donachalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. 
Shuningdek, 1-chi navlari oliy navlariga qaraganda kam bo‘kuvchanlikka ega 
bo‘ladi. Mayda sagolarda katta sagolarning, katta sagolarda esa mayda 
sagolarning miqdori 10% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Namlik esa kartoshka 
sagolarida 16% dan, makkajo‘xori sagolarida esa 13% dan ortiq bo‘lmasligi 
me’yoriy hujjatlarda qayd etilgan. Shuningdek, sagolarda og‘ir metallar tuzlari va 
begona aralashmalar bo‘lishiga yo‘q qo‘yilmaydi. 
Patoka. Patoka suyuq asalga o‘xshash konsistensiyali, tiniq, begona hidlarsiz 
va ta’mlarsiz bo‘lishi kerak. 
Patokada quruq moddaning miqdori 78% dan kam bo‘lmasligi, 
qaytaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan qand moddalari miqdori esa patokaning 
tipiga qarab 30% dan 50% gacha bo‘ladi. Patokalarda nordonlik ham muhim 
ko‘rsatkich hisoblanadi. Me’yoriy hujjatlar talabi bo‘yicha patokaning nordonligi 
quruq moddaga hisoblanganda 12-27 ml 0,1 N NAOH ni, RH ko‘rsatkichlari esa 
4,6 dan kam bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, patokalar tarkibida begona 
aralashmalar va erkin mineral kislotalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling