Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


-jadval  Gul va pad asallarining organoleptik va


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

2-jadval 
Gul va pad asallarining organoleptik va 
 fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari 
Asalning tavsifi 
Ko‘rsatkichlar 
Gul asali 
Pad asali 
Rangi 
Oq rangdan to qo‘ng‘ir 
ranggacha 
Och-yantardan to qora-
qo‘ng‘ir ranggacha 
Hidi (aromat) 
Tabiiy, yoqimli, kuchsizdan 
to xushbo‘ylikkacha 
Yaxshi seziluvchan 
emas 
Ta’mi
Shirin, yoqimli, begona 
ta’mlarsiz 
Shrin, uncha yoqimli 
emas, ba’zan achchiq 
ta’mli 
Konsistensiyasi 
Turiga qarab, siropsimon, 
kristallashgan, yopishqoq 
Siropsimon, 
kristallashgan, 
yopishqoq 
Kristallari 
Mayda kristallardan to katta kristallargacha 
Mexanik aralashmalar 
Bo‘lmasligi kerak 
Bo‘lmasligi kerak 
Bijg‘ish belgilari 
Bo‘lmasligi kerak 
Bo‘lmasligi kerak 
Suv miqdori, % da ko‘p 
www.sies.uz
Page 104 of 306 


105
bo‘lmasligi kerak 
21 
21 
Qaytaruvchanlik xususiyatiga 
ega bo‘lgan qand miqdori 
(suvsiz mahsulotga 
hisoblaganda), % larda, kam 
bo‘lmasligi kerak 
82 
71 
Saharoza miqdori (suvsiz 
mahsulotga hisoblaganda), % 
larda, ko‘p bo‘lmasligi kerak 

10 
Diastaza soni, Gote birligida, 
kam bo‘lmasligi kerak 
57 
10 
Umumiy nordonlik graduslarda 
1-4 
1-4 
Har xil soxtalashtirish 
Yo‘l qo‘yilmaydi 
Yo‘l qo‘yilmaydi 
Antibiotiklar, radioaktiv 
moddalar 
Bo‘lmasligi kerak 
Bo‘lmasligi kerak 
2-jadval ma’lumotlarida keltirilganidek, asalning tabiiyligini aniqlashda 
qo‘llaniladigan muhim ko‘rsatkichlardan yana biri Gote biriligida ifodalanadigan 
diastaza soni hisoblanadi. Standart talabi bo‘yicha tabiiy asalda diataza soni 57 
Gote birligidan kam bo‘lmasligi kerak. Bu ko‘rsatkichning pasayishi asalning 
qalbakilashtirilganligidan dalolat beradi. 
Asalning tozaligini aniqlashda oddiyroq usullardan ham foydalanish 
mumkin. Masalan, asalga shakar qiyomi qo‘shilganini aniqlash uchun 2-3 
milligramm asalning distillangan suvdagi eritmasiga 5-10 tomchi 5% li kumush 
nitrat (AgN0
3
) tuzi qo‘shiladi. Agar eritmada oqish loyqalanishdan keyin cho‘kma 
hosil bo‘lsa, asalga shakar qiyomi qo‘shilgan deb xulosa qilish mumkin. Ba’zan 
asalga kraxmal qiyomi qo‘shib ham soxtalashtiriladi. Kraxmal qiyomi bor-
yo‘qligini aniqlash uchun 2-3 milligramm asalning distillangan suvdagi eritmasiga 
tomchilatib 10% li xlorli boriy (BaCl
2
) qo‘shiladi. Bunda cho‘kma hosil bo‘lishi, 
asal toza emasligidan dalolat beradi. 
Ko‘pchilik holatlarda asal kraxmal va un qo‘shib ham soxtalashtiriladi. 
Asalga kraxmal va un qo‘shib soxtalashtirilganligini aniqlash uchun 2-3 
milligramm asalning distillangan suvdagi eritmasi qaynatilib, keyin sovutiladi. 
Bunda eritmaga bir necha tomchi yod eritmasi (1 gramm kristallangan yod, 2 
gramm yodli kaliy, 300 milligramm distillangan suv) qo‘shiladi va reaksiya 
kuzatiladi. Agar eritmada ko‘kish rang hosil bo‘lsa, bu asalga kraxmal yoki un 
qo‘shilganligidan dalolatdir. 
Asalning shakar bilan qalbakilashtirilganligini aniqlash uchun esa asalning 
5-10% li suvdagi eritmasiga ozgina lyapis qo‘shiladi. Bunda eritmada oq 
cho‘kindining ajralib chiqishi asalda shakar qo‘shilmasi borligini bildiradi. 
Gohida asalga turli xil sochiluvchan moddalar qo‘shib ham soxtalashtiriladi. 
Masalan, makkajo‘xori va kartoshka uni shular jumlasidandir. Bu xildagi 
aralashmani aniqlash uchun 0,5 litr hajmdagi bankaga bir osh qoshiq asal va 
distillangan suv solib eritiladi. Ushbu holda asal suvda to‘liq eriydi, aralashmalar 
esa suvning yuziga chiqadi yoki cho‘kma hosil qiladi. 
www.sies.uz
Page 105 of 306 


106
Shuningdek, asalning tozaligini aniqlashda tib ilmlarining sultoni 
bobokalonimiz Abu Ali ibn Sinoning tavsiyalaridan ham foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. Abu Ali ibn Sino o‘zining «Tib qonunlari» kitobida asalning tozaligini 
aniqlashning eng oddiy va oson usulini shunday bayon etgan: «toza asalni 
qoshiqqa olib bo‘y barobar baland ko‘targanda ham u tiniq ingichka ipdek 
uzilmasdan oqib tushadi». 
Asalning veterinariya-sanitariya ekspertizasi. Asalning veterinari-sanitariya 
ekspertizasi tovar ekspertizasi va gigiyenik ekspertizasi bilan bir qatorda uning 
sifati va xavfsizligini ta’minlashda katta ahamiyatga egadir. 
Veterinariya-sanitariya 
ekspertizasi 
o‘tkazish 
jarayoni 
bozorlardagi 
veterinariya-sanitariya 
ekspertizasi 
laboratoriyalari 
va 
veterinariya 
laboratoriyalarida veterinariya-sanitariya nazorati o‘tkazish qoidalari asosida olib 
boriladi. Bu qoidalarda asal ekspertizasi o‘tkazishning tarkibi va uslublari 
ko‘rsatilgan. Veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasi xodimlari aynan 
amalda qo‘llanilib kelayotgan qoidalar asosida ish yuritishlari talab etiladi. 
Asal ekspertiza uchun ekspertizaga taqdim etilayotgan xodimda veterinariya 
ma’lumotnomasi va asal uyasiga veterinariya-sanitariya pasporti mavjud bo‘lgan 
hollardagina qabul qilinadi. Agar veterinariya hujjatida asalari uyasi antibiotiklar 
bilan ishlanganligi ko‘rsatib qo‘yilgan bo‘lsa, u holda, bunday asallar antibiotik 
qoldig‘ini aniqlash maqsadida laboratoriyaga jo‘natiladi. 
Veterinariya ma’lumotnomasini faqatgina veterinariya mutaxassissi 
berishga haqlidir. 
Asalarilarning yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari bilan kasallanishiga 
yo‘l qo‘yilmaydi. Agar bunday kasalliklar aniqlansa, u holda bunday asallarga 
ishlov beriladi, ya’ni bular avtoklavlarda 120
0
S da 20 daqiqa davomida ishlanib 
zarasizlantiriladi. Keyin esa bu asallar zich yopiladigan idishlarda saqlanib, 
faqatgina qish paytida iste’molga chiqariladi. Bunday asallarni asalarilarga 
qo‘shimcha oziqa sifatiga berish qat’iyan man qilanadi. 
Asallar 
veterinariya-sanitariya 
ekspertizasi 
qoidasi 
bo‘yicha 
asal 
qadoqlangan idishlarning har biridan 100 g miqdorida, suv miqdorini aniqlash 
uchun esa 200 g miqdorida namuna olib tekshiriladi. 
Idishlarga joylangan suyuq asallardan namuna olish uchun asal avval 
yaxshilab aralashtiriladi va so‘ngra maxsus moslama yordamida namuna olinadi.
Veterinariya 
qoidalarini 
buzgan 
shaxslarga 
nisbatan 
O‘zbekiston 
Respublikasining «Veterinariya to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan tarbiyaviy, 
ma’muriy, jinoiy javobgarliklar ko‘zda tutilgan. 
Veterinariya-sanitariya 
ekspertizasi 
natijalari 
bo‘yicha 
veterinariya 
sertifikati beriladi. Bu sertifikat ekspertlar tomonidan kompleks tovar ekspertizasi 
o‘tkazishda va muvofiqlik sertifikati berishda asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 
Asalning gigiyenik ekspertizasi. Gigiyenik ekspertiza asalning gigiyenik 
talablariga javob berish yoki bermasligini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Tarqalishi 
bo‘yicha eng xavfli va zaharli komponentlarga quyidagilar kiradi: zaharli unsurlar 
(og‘ir metallar) – simob, qo‘rg‘oshin, mish’yak, kadmiy; antibiotiklar; pestitsidlar; 
radionuklidlar (seziy-137, stronsiy-90). Gigiyenik ekspertiza «Oziq-ovqat 
www.sies.uz
Page 106 of 306 


107
mahsulotlari va xom ashyolarining xavfsizligi va sifatiga gigiyenik talablar» nomli 
me’yoriy hujjat asosiga binoan o‘tkaziladi. 
Asallarning sifatiga va xavfsizligiga gigiyenik me’yorlar 3-jadval 
ma’lumotlarida keltirildi. 
Gigiyenik ekspertiza sanitariya epidimiologiya stansiyasining ish rejasi 
tarzida va rejasiz ham o‘tkazilishi mumkin. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling