O‘zimga nisbatan advokatmanmi yoki prokuror?


Download 14.71 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi14.71 Kb.
#1003464
Bog'liq
esse


O‘zimga nisbatan advokatmanmi yoki prokuror?
Barchamiz insonlarmiz. xato qilish esa insonlarga xos holat. Biz bu ishlarni bilib va bilmasdan juda ko‘p marotaba takrorlaymiz. Menimcha asosiy qismi bu emas xato qilish barchamizga xos lekin asosiysi bu ishlardan keyin o‘zimizni qanday tutishimiz va bundan keyin qiladigan qilishimiz mumkin bo‘lgan ishlar hisoblanadi. Bazilar vijdon azobidan yonsa, Bazilar o‘zini oqlashga urinadi Bazilar shunchaki unutishga baʼzan esa bu aybdorlik hisi o‘z o‘zini yemirib tashlaydi Bazilar esa bu azoblardan qutilish yechimi o‘lim deb o‘ylashadi va o‘z joniga qasd qilgan insonlarni ham ko‘rganmiz bu hayotda.
Xo‘sh bu holatda nima qilgan maʼqul?, o‘z o‘zini oqlab advokatlik qilishmi yoki prokuror kursisida o‘ziga jazo bermoqmi? Keling nima qilish kerak? savoliga javob izlashdan avval nima qilmaslik kerak degan savollarga javob izlab ko‘rsak.
Yuqorida aytgandek kimlardir vijdon azobidan joniga qasd qiladi bu ideal yechim emas aslida. Baribir qilgan ishlari uchun javobini beradi unga qo‘shilib o‘zini o‘ldirganligi uchun ham jazo olishiga to‘g‘ri keladi. Be parvolarcha o‘zini oqlab olib aybsiz yurish ham oxiri yaxshilik bilan tugamasligi aniq. Bu dunyoda qaytmasa u dunyoda qaytishi yaʼni tegishli jazo olishimiz muqarrar. Biz o‘zimizga nisbatan odil prokuror bo‘lishimiz kerak. Yaʼni har javhasini hisobga olib advokatimizni tinglagan holatda odil hukm chiqarishimiz kerak.
Odil hukm deyilganda kechirimli bo‘lib lekin qilgan ishimizga nisbatan olishimiz mumkin bo‘lgan jazo. O‘zimizni kechirishimizdan avval esa chin ko‘ngildan aybimizga iqror bo‘lib tavba qilishimiz kerak. Chin ko‘ngildan qilingan tavbani Alloh ham kechiradi axir. Keyingi safar bu ishni qilmasligimiz kerak va o‘zimizga tayinlangan jazoni namunali o‘tashimiz kerak. Barchamizni Alloh o‘zi kechirsin.
Download 14.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling