O‘zing yaxshi ko‘rganni boshqalarga ham ravo ko‘r, chin musulmon bo‘lasan…


Download 26.58 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2023
Hajmi26.58 Kb.
#1143952
1   2   3
Bog'liq
O‘zing yaxshi ko‘rganni boshqalarga ham ravo ko‘r, chin musulmon bo‘lasan…

«Odamlardan (kibrlanib) yuzingni burishtirmagin va yerda kerilib yurmagin! Chunki Alloh kibrli, maqtanchoq kimsalarni suymas» (Luqmon, 18).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qili­nadi. Pay­g‘am­barimiz (sollallohu alayhi va sallam) bunday dedilar: “Albat­ta, Alloh sizlardan jo­hiliyatning kibrini va ota-bobolar ila faxr­lanishni ketkazgandir. Taqvodor mo‘min yoki badbaxt fojir bo‘­lishi mumkin. Sizlar Odam (alayhissalom) bolalarisiz. Odam esa tuproqdandir. Kishilar qavmlari bilan faxrlanishlarini qo‘ysinlar. Ular jahannam ko‘miridan bir ko‘mir bo‘lishdan o‘zga emaslar. Bo‘l­ma­sa, ular Alloh uchun tumshug‘i ila go‘ng titadigan sassiq qo‘ng‘izdan ham pastroq bo‘lurlar”.
Ota-bobolar bilan faxrlanish tavozega to‘g‘ri kelmaydigan ishdir. Islomda kishini baholash uchun ikki mezon bor. Birinchisi – taqvodor mo‘min. Ikkinchisi – badbaxt fojir. Ota­si u edi, bobosi bu edi, degan gaplar yo‘q.
Odamlar faxrlanib nima qiladilar?! Agar Alloh taolo istasa, ularni sassiq qo‘ng‘izdan ham past qi­lib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun bandalar tavozeni o‘zlariga lozim tutishlari kerak.
Iyoz ibn Ximor (roziyallohu anhu)dan rivoyat qi­linadi. Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): «Alloh menga: “Tavozeli bo‘linglar. Toki birov birovga tajovuz qilmasin va birov birovdan faxr­lanmasin”, dedi», dedilar.
Tavoze kishilar orasida, barcha jamiyatlarda tajovuz qilish va faxrlanish orqali sodir bo‘ladigan barcha noxushlik­larning oldini oladi. Ayni paytda bu narsa kishining birodariga qilgan yaxshiligining namunasidir.
O‘zini boshqalardan yuqori tutmaslik tavoze bo‘­ladi. Banda­ning Alloh taologa nisbatan tavoze qi­lishi uning U Zotdan qo‘r­qi­shi, bo‘ysunishi demakdir.
Bandalar orasidagi tavoze esa, bir-birining haq gapini so‘zsiz qabul qilish, takliflariga ko‘nish bilan bo‘ladi. Tavoze har bir banda uchun ulug‘ ne’mat hisoblanadi.
Zero, hadisi shariflardan birida: “Kim Alloh uchun tavoze qilsa, albatta, Alloh uning martabasini yuqorilatmay qo‘ymas”, deyilgan.
Biz yuqorida aytgandek, kishi o‘ziga ravo ko‘rgan narsani o‘z­ga­ga ham ravo ko‘rishi faqatgina unga bi­ror-bir narsani berish yoki nasib qilishini xoh­lashi bilangina emas, balki o‘zi yomon ko‘rgan narsani unga ham ravo ko‘rmaslik, ayblarini berkitish, haq o‘rnida himoya qilish, doim yaxshilik bilan eslash va boshqa sifatlar bilan ham bo‘ladi. Hadisi shariflarda ana shunday kel­gan ko‘rsatmalar bayon qilingan. Ulardan biri musulmon biro­da­rining ay­bini berkitishdir.
Ibn Umar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): “Musulmon musulmonning birodaridir. U unga zulm ham qilmaydi va tashlab ham qo‘ymaydi.
Kim o‘z birodarining hojatini chiqarsa, Alloh uning hoja­ti­ni chiqaradi. Kim bir musulmonni g‘amdan forig‘ qilsa, Alloh undan qiyomat kunining g‘amlaridan bir g‘amni forig‘ qiladi. Kim musulmonning aybini berkitsa, Alloh qiyomat kuni uning ay­bi­ni berkitadi”, dedilar».
Bu hadisi sharifda kishilarga zulm qilish ha­romligini bayon etish bilan birga, bir qancha qi­linishi zarur amallar va ularga beriladigan mukofotlar zikr qilingan.
Musulmonga zulm qilish haromdir. Musulmon odam boshqa bir musulmonga zulm qilsa, o‘z biroda­riga zulm qilgan bo‘ladi. Zero, musulmon musulmonga nafaqat zulm qilmasligi, balki uni tashlab qo‘ymasligi lozim. U ba’zi bir sabablarga ko‘ra, zulmga uchraganda ham birodari undan zulmni ko‘tarish­ga harakat qilishi kerak.
Musulmon kishi zulm bo‘lmagan chog‘da ham birovlarning hojatini chiqarishga harakat qiladi. Chunki uning e’tiqodi bo‘yicha birovlarning hojatini chiqargan odamning hojatini Alloh taoloning O‘zi chiqaradi.
Musulmon odam musulmon birodaridan turli g‘amlarni aritish uchun iloji boricha harakat qiladi. Chunki uning e’tiqodi bo‘yicha birovlarning g‘amini aritgan odamning g‘amini Alloh taoloning O‘zi aritadi.
Musulmon odam musulmon birodarining turli ayblarini berkitish uchun iloji boricha harakat qi­ladi. Chunki uning e’tiqodi bo‘yicha bi­rovlarning aybini berkitgan odamning aybini Alloh taoloning O‘zi berkitadi.
Uqba ibn Omir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): “Kim bir avratni ko‘rib, uni berkitsa, xuddi tirik ko‘milgan qizni qayta tiriltirgandek bo‘ladi”, dedilar».
Musulmon odamning aybini berkitish ana shunday ulug‘ ishlardandir. Bir musulmon ikkinchi musulmonning aybini fosh qilib, uni odamlar ichida sharmanda qilishi uni tiriklayin ko‘mib yuborish bilan barobardir. Bir musulmonning kishilar ichida sharmanda bo‘lishidan o‘lgani afzal. Shuning uchun ham o‘z biro­da­rining aybini berkitgan odam, uni o‘limdan saqlab qolgan bi­lan barobar bo‘ladi.
Muoz ibn Anas Juhaniy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Kim bir mo‘minni munofiqdan himoya qilsa, Alloh qiyomat kuni bir farishtani yuborib, uning go‘shtini jahannam o‘tidan himoya qiladi. Kim bir musulmonni sharmanda qilish uchun ayblasa, Alloh uni jahannam ko‘prigi ustida to u gapidan qaytguncha ushlab turadi”, dedilar».
Bir odam mo‘min kishini g‘iybat qilib, obro‘sini to‘kayotgan bo‘lsa, uni eshitib turgan kishilar ichi­dan mazkur mo‘minni himoya qilgan odam katta ajrga ega bo‘ladi. Mo‘min kishining obro‘sini himoya qilgani qiyomatda unga katta baxt bo‘lib qaytadi. Alloh tao­lo uni do‘zaxdan himoya qiladi. Shuning uchun ham mo‘minlar bir-birlarini munofiqlarning g‘iybat va bo‘htonlaridan himoya qilishlari zarurdir. Aksincha, bu dunyo­da mo‘min-musulmonni ayblash bi­lan mashg‘ul bo‘lgan odam qiyomatda xijolatda qo­la­di. Mahsharga to‘planganlar huzurida qilgan nobakorligi jazosi o‘laroq, jahannam ko‘prigidan o‘ta olmay to‘xtab qoladi. Shu sabab mo‘min banda zinhor o‘z birodarini ayblashga o‘tmasligi kerak.
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Qay bir odam bir musulmon kishini uni behurmat qili­nayotgan va obro‘si to‘kilayotgan joyda himoyasiz qoldirsa, Alloh ham uni U Zotning himoyasini istab turgan joyida himoyasiz qoldiradi. Qay bir odam bir musulmon kishini behurmat qilinayotgan va ob­ro‘si to‘kilayotgan joyda himoya qilsa, Alloh ham uni U Zotning himoyasini istab turgan joyida himoya qi­ladi”, dedilar».
Binobarin, musulmon kishi o‘z birodarini hech ham beobro‘ va behurmat qilinishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Ana shunday holat paydo bo‘lsa, darhol uni himoya qilishi shart. Ana shundagina u qiyomat kuni Alloh taoloning himoyasidan bahramand bo‘lishi mumkin.
Abu Dardo (roziyallohu anhu)dan rivoyat qili­na­di: «Ra­sulul­loh (sollallohu alayhi va sallam): “Kim o‘z birodarining obro‘sini himoya qilsa, Alloh qiyomat kuni uning yuzini do‘zaxdan himoya qiladi”, dedilar».
Darhaqiqat, musulmonlar bir-birlarini yomonlarning g‘iy­bat va bo‘htonlaridan saqlashlari, himoya qilishlari lozimdir. Agar bu ish qilinmasa, jamiyat ig‘vo, bo‘hton bilan to‘ladi. Bu bilan jamiyat a’zolari orasida o‘zaro adovat avj oladi. Asta-sekin bunday jamiyat tanazzulga yuz tutadi.
Hadisi shariflarda kelgan ko‘rsatmalardan biri: musulmon birodariga mehr-muruvvatda bo‘lish.
No‘’mon ibn Bashir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday marhamat qildilar: “Mo‘minlarning o‘zaro do‘stliklari, rahm qilishlari va mehr ko‘rsa­tishlari xuddi bir jasadga o‘xshaydi. Undagi bir a’zo xasta bo‘lsa, jasadning qolgani unga qo‘shilib be­dor bo‘ladi va isitmalaydi”».
Bundan har bir mo‘min o‘zining barcha do‘stlari uchun dardkash bo‘lishi lozimligi tushuniladi. Shuning uchun dardu alamda, turli qiyinchilikda qolgan mo‘minga rahm-shafqat ko‘rsatish, uning dardini yengil qilish uchun chora izlash boshqa mo‘minlarning burchidir.
Bu ma’noni keyingi hadisi sharif o‘ziga xos ravishda sharh­laydi. «Rasululloh (sollallohu alay­hi va sallam): “Mo‘­minlar bir tanaga o‘xshaydilar: uning ko‘zi og‘risa, borlig‘i og‘riydi, bo­shi og‘risa, bor­lig‘i og‘riydi”, dedilar».
Bir tanada biror a’zo xastalanib qolsa, tananing barcha a’zo­lari u bilan qo‘shilib azob chekadi. Misol uchun, ushbu hadisi sharifda zikri kelgan ko‘z­ni olsak, ko‘zi og‘rigan odamning faqat ko‘zigina azob chekmaydi, balki butun vujudi dard chekadi. Shuningdek, bosh og‘risa ham, tish og‘risa ham, hattoki tirnoq og‘risa ham, shunday bo‘ladi.
Jamiyat ham xuddi bir tana kabi. Uning biror a’zosiga sal­gina ozor yetsa, qolgan barcha a’zolari u bilan birga dard chekishi lozim. Kishilar orasidagi mehr-oqibat, o‘zaro hamdardlik ana shu saviyada bo‘lishi chin musulmonlik belgisidir.
Hadisi shariflarda kelgan ko‘rsatmalardan yana biri: musulmon kishiga yo‘liqqanda salom berish. Alloh taolo ay­tadi:

Download 26.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling