O‘zini o‘zi band kilishning mazmun moxiyati nimada?


Download 11.24 Kb.
Sana27.10.2023
Hajmi11.24 Kb.
#1727718
Bog'liq
fuqarolarni o\'z o\'zinin boshqarish Tulagenov Alijon


Savol
O‘zini o‘zi band kilishning mazmun moxiyati nimada?
javob
G’arb davlatlarida “self-employed” so’zini ko’p eshitamiz. Bu asosan o’zini ishini o’zi topib, shu orqali daromad topishni bildiradi. O’zbekiston qonunchiligida ham oxirgi yillarda “o’z-o’zini band qilgan shaxslar” tushunchasi qo’llanila boshlandi. Mustaqil repetitorlar, enagalar, santexniklar, elektrik, sartarosh, kuryerlar, hunarmandlar, farroshlar, tikuvchilar, dasturchilar va yana ko‘plab kasb egalari o‘zini o‘zi band qiluvchilar bo‘lishlari mumkin. Bir qarashda oddiy tuyulsada, ammo o’z-o’ziga xosliklari mavjud. ushbu maqolada atroflicha tahlil qilamiz.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxs kim?
«O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida» nizom bilan ushbu faoliyat turi tartibga solinadi. Unga ko’ra:o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar — mehnat daromadi olishga yo‘naltirilgan, jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish bo‘yicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni mustaqil amalga oshiradigan, yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro‘yxatga olinmagan, mehnat staji hisobga olinishi va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi bilan davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslar. Qisqa qilib aytganda, o‘z ishini o‘zi topib, uni o‘zi bajarish orqali daromad ko‘radigan jismoniy shaxslar - o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hisoblanadi. O‘zini o‘zi band qilgan shaxs bilan Yakka tartibdagi tadbirkor(YaTT)ning farqi nimada?Har ikkalasi ham yuridik shaxs tashkil qilmasdan faoliyat yuritish hisoblanadi. Ammo yuridik oqibatlarida farqlar ko’p.

  • Faoliyat turlari. Maqola yozilgan sanada o’z-o’zini band qilgan shaxslar 68 turdagi faoliyat bilan shug’ullanishi mumkin. Xohishga ko‘ra, ularning bir nechtasini bir vaqtda tanlash mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkorlar esa ushbu havolada ko’rsatilgan 87 turdagi faoliyatni ko’rsatadilar. Ayrim faoliyat turlari har ikkalasida ham nazarda tutilgan. Bunday holatda boshqa farqlarga qarang.

  • Xodimlar yollash. O’z-o’zini band qilgan shaxs xodim yollashi mumkin emas. YaTT o‘z faoliyat turidan kelib chiqib, 1 nafardan 3 nafargacha ishchi yollash imkoniyatiga ega. Ya'ni chakana savdo bilan shug‘ullanadigan tadbirkor 1 nafargacha, maishiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor 3 nafargacha ishchi yollashi mumkin.

  • Soliq to’lash. O‘zini o‘zi band qilish faoliyatidan olingan barcha daromadlar jismoniy shaxslar daromad solig‘iga (JSHDS) tortilmaydi: qancha topsa ham o‘zida qoladi. Bir yilda bir marta BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashning o‘zi kifoya qiladi. YaTTlar esa jami daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farqdan kelib chiqib soliqqa tortiladi. Va yana ko’plab farqlarni keltirish mumkin, qisqa aytganda, YaTT tadbirkorlik subyekti bo’lsa, o’z-o’zini band qilgan shaxs tadbirkorlik subyekti emas.Nima uchun o’zini o’zi band qilgan shaxs sifatida ro’yxatdan o’tish kerak. Foydalari nimada?“Xatga tushding, o’tga tushding” degan gap bor. “Nima uchun boshimni qotirib o’z-o’zini band qilgan shaxs sifatida ro’yxatdan o’tishim kerak?” degan savol bo’lishi tabiiy. O’ylab ko’rishga arziydigan ayrim sabablari bor:

  • Faoliyatga qonuniy tus berish. Frilanserlik bilan shug’ullanayotgan shaxsda soliqlarni qanday to’lash haqida savollar bo’lishi tabiiy. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soliq tekshiruvlari, jarimalar va noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha ayblovlardan qo‘rqmasliklari mumkin.

  • Tasdiqlangan ish staji va pensiya. O‘zini o‘zi band qilganlarning faoliyati ish staji hisobiga o’tadi, keksalikda hamma qatori pensiya olishlari mumkin.

  • Rasmiy daromad. Iste’mol kreditlari, imtiyozli qarzlar olish, shuningdek, soliq imtiyozlarini qo‘llash mumkin. Tijorat banklari tomonidan kreditlar yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartib asosida beriladi

  • Minimal soliq. Daromad solig‘i yoki boshqa yig‘imlar yo‘q. Bir yilda BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lash kifoya.

  • Mijozlar bazasini kengaytirish. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yuridik shaxslardan pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lovlarni qabul qilish uchun bankda osongina hisob ochishlari mumkin. Bundan tashqari, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik sheriklar orasida ishonchni uyg‘otadi.

  • Minimal byurokratiya. O‘zini o‘zi band qilganlar yakka tartibdagi tadbirkorlar singari buxgalteriya hisobini yuritish, hisobot yuborish yoki soliq deklaratsiyasini topshirishlari shart emas.

Asosiy 3 xulosa

  • O’zini o’zi band qilgan shaxs xodimlar yollay olmaydi. Agar xodim yollashingiz kerak bo’lsa, masalan YaTT ochishingiz mumkin;

  • Faoliyatingizni soliq ilovasida kiritib boring, faoliyat to’xtaganda Soliq organini xabardor qilishni unutmang (ilova orqali);

  • Faqat ro’yxatda ko’rsatilgan faoliyat turlari bilangina shug’ullanish mumkin. Agar boshqa faoliyat turi bilan shug’ullansangiz YaTT yoki yuridik shaxs tashkil etishingiz kerak

Download 11.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling