Oziq ovqat mahsulotlari sifatidagi muammolar


Butun dunyoda sun’iy mahsulotlarni ishlab chiqarish


Download 18.08 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi18.08 Kb.
#1510794
TuriРешение
1   2
Bog'liq
Shaxzod tezis

Butun dunyoda sun’iy mahsulotlarni ishlab chiqarish.Butun dunyoda sun’iy mahsulotlarni ishlab chiqarish kundan-kunga ko’payib borayotgan bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligi ustidan nazoratni susaytirishga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra (2018 yil) Planetamizda har yili 600 mln., ya’ni har 10 nafar aholi sifatsiz oziq-ovqatlardan zaharlanadi, 420000 aholi vafot etadi, kontrafakt va sifatsiz alkogol mahsulotlaridan 2.5 mln aholi zaharlanadi. Ushbu ma’lumotlardan ham ko’rinib turibdiki aholini sifatli oziq-ovqatlar bilan ta’minlash eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Ma’lumki, Hozirgi kunda yurtimizda 51 foizdan ziyod aholi qishloq joylarda yashaydi. Biroq qishloq xo’jaligi mahsulotlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 17 foizdan oshmaydi. Agrar soha mahsulotlarini qayta ishlash hajmi esa 10 foizga ham etmaydi. Holbuki, rivojlangan davlatlarda bu ko’rsatkich 50 foizdan ortiqni tashkil etadi. SHu munosabat bilan qishloq xo’jaligini yanada isloh qilish bo’yicha kompleks dastur ishlab chiqish lozim.
Go’sht va sut mahsulotlari.Go’sht va sut mahsulotlari, ularning turlari, xususiyatlarini ochib berish; Mamlakatimizda ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyatini asoslash; Go’sht va sut mahsulotlari importini kamaytirish uchun mamlakat aholisining ushbu tovarlarga bo’lgan ehtiyojini maksimal qondira oluvchi ishlab chiqarish korxonalari zarurligini ko’rsatish; Import qilinayotgan go’sht va sut mahsulotlarining sifatini nazorat qilish maqsadida amalga oshiriladigan bojxona ekspertizasini takomillashtirish bo’yicha taklif-tavsiyalar berishdan iborat. Bojxona chegarasi orqali olib o’tiladigan go’sht va sut mahsulotlarining sifatini o’rganishda bojxona ekspertizasining ahamiyati va etibor qaratilishi kerak bo’lgan asosiy mezonlar hisoblanadi. Xavfsiz oziq-ovqat deganda biz odatda yuqori sifatli, ekologik toza, genetic modifikatsiyalashgan organizmsiz (GMO), pestitsidlar singari oziq-ovqatga aloqador zararli elementlar bo’lmagan mahsulotlarni nazarda tutamiz. Oziq-ovqat xavfsizligi insoniyatning asosiy muammolaridan biri bo’lib, millatlarning salomatligini, rivojlanishi va farovonligini belgilaydi.. Shuningdek qonunchiligimizda, “oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi” tushunchasiga ta’rif berilgan: “oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi - oziqovqat mahsulotining sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalariga mosligi” 1. Ko’rinib turganidek, ta’rifda xavfsilik uchun talab aynan ko’rsatilmasdan boshqa normativ-hujjatlarga havola qilingan. Genetik modifikatsiyalashgan daraxtlarning yangi navlarini o’rganib ko’rsangiz, unda sellyulozaning yuqori miqdori va tez o’sishi kuzatiladi. Hozirgi vaqtda biologik jihatdan toza yoqilg’i sifatida ishlatilishi mumkin bo’lgan O’simliklar ishlab chiqilgan. 1988-yil - genetik jihatdan modifikatsiyalangan o’simliklarning birinchi navi ekilgan yil sifatida tarixda qoldi. Savdo shahobchalarida genetik modifikatsiyalangan mahsulotlarning birinchi partiyasi 1993-yilga kelib paydo bo’lgan. O’shandan beri genetik modifikatsiyalashtirilgan mahsulotlar butun dunyoda mashhur bo’lib kelmoqda. AQSh, Kanada, Argentina, Portugaliya, Xitoy va Ispaniya singari davlatlarda ekin ekish mumkin bo’lgan yerlarning yarmidan ko’pini genetik modifikatsiyalashgan o’simliklar egallagan. Dastlabki yillarda biotexnologiyaning (genetik modifikatsiyalashtirilgan organizmlar) ushbu rivojlanishi ko’plab mamlakatlarda ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal etishga qaratilgan edi. Hozirda biotexnologiya tirik organizmlarni genetik modifikatsiyalashtirish bilan bog’liq eng dolzarb muammolardan biriga aylandi. Dastlab ushbu sohaga bee’tibor bo’lingan bo’lsa-da, hozirgi kunda bir qancha davlatlarda genetik modifikatsiyalshtirilgan mahsulotlarni tayyorlash, sotish va tarqatish taqiqlangan. Biroq, bugungi kunda genetik modifikatsiyalashgan organizmlar oziqovqat xavfsiligi sohasidagi yagona muammo emas. Qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan kimyoviy vositalar (agroximikatlar - qishloq xo’jaligida begona o’tlar, zararkunandalar va turli o’simlik kasalliklarini nazorat qilish uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalar) ham insoniyat oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solayotgan global muammolardan biridir.
Xulosa. Xulosa qilib aytadigan bo’lsam hozirgi kunda juda ko’plab sifatsiz mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Misol uchun bir qancha oziq-ovqat mahsulotlari uzim guvohi bp’lgan man mutlaqo talab darajasida emas. Jesko va Else brendi ostida ishlab chiqarilotgan mahsulotlarni misol qiladigan bo’lsak odamlar uni sifatli mahsulotlar sifatida emas balki latareya sifatida sotib olishadi. Bu yeda maqsad yaxshi bir mahsulot sotib olish emas balki biron bir qimmatbaho sovg’a yutib olish. Yana bir voqeani uzim guvogi bo’lan man do’kondan sharbat ( sok) mahsuloti sotib olganimda uning qadog’ida “chayqatilsin” degan yozuv bor ekan qiziqib uni chayqatmasdan ochib korganimda ustgi kismi mog’orlagan ekan. Men uni cho’kma hosil qilgan bo’lsa kerak deb uylagan ekanman aslida olma sharbatida hej qanday cho’kma hosil bo’lmaydi.
Foydanalingan adabiyotlar:

  1. https://en.wikipedia.org/wiki/Rheum_(plant)

  2. Гладкая Алла. Биологическое обоснование использования экстрактов из растений рода rheum в качестве средств защиты растений./ Кишинэу, 2019

  3. https://fayllar.org/3-mavzu-oziq-ovqat-osimliklari.html

Download 18.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling