Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Fayzulla diplom tayyori
O’zg.
Varoq Varoq Xujjat Imzo Sana Korxonada bosh loyixasini tuzishda hosil bo‘layotgan ishlab chiqarish changi aholi yashaydigan joylarga bormaydigan qilib loyixalanadi. Avtomatik boshqaruv – bu masofadan turib boshqaruv bo‘lib, talab darajadagi xavfsizlikni ta’minlab beradi. Avtomatik boshqaruvning vazifasi uskuna yoki jixozlarni ishga tushirish, to‘xtatish yo‘nalishini o‘zgartirish va jarayonning ketma – ketligini ta’minlab berishdan iborat. Korxonada yaxshi sifatli un uchun havo jarayoni to‘g‘ri borish uchun bir necha turdagi asosiy va qo‘shimcha uskunalar va moslamalardan foydalaniladi. Un ishlab chiqarish korxonalarida ishlab turgan uskuna va jixozlar o‘zidan chiqarayotgan shovqin va tebranishlarning oldini olish uchun quyidagiishlar amalga oshiriladi: syexlarning eshik va derazalari o‘zidan shovqin o‘tkazmaydigan germetik materialdan tayyorlangan shovqinni pasaytirish uchun har bir asbob –uskunaning xarakatlantiruvchi qismlari, ya’ni podshipniklari holati tekshirib moylanib turiladi. Tebranuvchi va xarakatlanuvchi uskunalarnining atrofiga to‘siqlar qo‘yilmaydi. Aylanuvchi jixozlarning usti qobiq bilan o‘raladi va mahkam berkitiladi. Korxonada SanPin – 0120 – 01, SanPin – 01 – 22 – 01 talablariga rioya qilinadi. Korxonadagi barcha ishlab chiqarish syexlarining xonalari yaxshi yoritiladi, to‘g‘ri yoritilgan xonalarda ishlayotgan ishchilarning ish faoliyati yaxshi, ko‘zi toliqishi kamayadi, ish unumi oshadi, korxona xavfsizligi ta’minlanadi va albatta sahsulot sifati ham yaxshi bo‘ladi. Korxonadagi binolar, maydonlar o‘z tabiy yoritishinig normalari tabiy yoritishning koeffisiyentlariga asoslanib SNiP 2 – 01 – 05 – 98 bilanquriladi. Korxonadagi omborlar yer osti yo‘llari, xonalari sun’iy yoritiladi. Asosan sun’iy yoritishda, lyumenisent lampalardan foydalaniladi. Korxonaning binolari va xonalarini normadagi sanitar va gigiyenik sharoitlar bilan ta’minlashda isitish va shamollatish tizimlari katta axamiyatga ega. Chunki shamollatish va isitish orqali ishchilarning mehnat sharoitlarini yanada sog‘lomlashtirishga erishadi va SanPiN – 0038 – 96 talablariga amal qilinadi. Korxona binolari, xonalari ventilyasiya tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘ladi. Shamollatish esa GOST 12 – 028 – 81 talablariga javob beradi. Un mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonamizda ishchilarni elektr toki ta’sirida xavo bor joylarda mexanik to‘siqlar ogohlantiruvchi belgilar va neytrallovchi himoya tizimlari mavjud. Bu korxonadagi barcha asbob –uskunalar elektr toki bilan ishlaganligi sababli ularni to‘g‘ri tanlash, o‘rnatish va ishlatishda mavjud bo‘lgan qonun – qoida normalariga GOST 12.1.019 – 79 ga amal qilinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling