Oziq ovqat mahsulotlari texnologiyasi
-rasm. Bolg’ali maydalagich SM-170B
Download 189.57 Kb.
|
4-kurs amaliyot 14.04.2017
- Bu sahifa navigatsiya:
- DKO’Z quritish va sovutish bo’limining texnologik sxemasi.
Tegirmonlar Sterjenli tegirmon (3-rasm) ma’danni xaddan tashkari maydalanishini oldini olish uchun sterjinli tegirmondan foydalaniladi. Xisoblarga asosan bitta sterjinli tegirmon (MV 27x36) loyixa talabini qondira oladi. Sterjinli tegirmon ko’rsatgichlari va xisoblari 2-jadvalda keltirilgan. 2-jadval
DKO’Z quritish va sovutish bo’limining texnologik sxemasi. DKO’Z dagi kontsentratni quritish va sovitish texnologik tizimlari 5- va 6-rasmlarda ko’rsatilgan. Nam kontsentratni quritish barabanli quritgichda olib boriladi, maxsulotda suvning miqdori 1 % dan oshmasligi kerak. Lentali konveyer №6 (S0701) nam KCI (o’rtacha temperatura, namlik – 6,5 % ) ni bufer bunkeriga beriladi (4-rasm), keyin ta’minlovchi lentali konveyer (S0702) bilan barabanli quritgich (D0701) ga beriladi. Quritish vositasi bo’lib kalorifer (V0701) da tabiiy gazni yoqishdan xosil bo’lgan tutun gazi xisoblanadi. Quruq tutunli gaz va nam KCI barabanli quritgichda to’g’ri oqimda kontaklashadi va quritilgan maxsulot KCI olinadi. Quritilgan maxsulot sovutish bo’limiga yuboriladi. Chiqindi gaz tozalash uchun tutun surgich (K0701) bilan tortiladi, shu bilan birga kalorifer (V0701) da ma’lum miqdorda vakuum xosil bo’ladi. Chiqindi gazlardan changni ajratish uchun siklon (S0701) bloklarga yuboriladi, keyin ikkinchi marta tozalash uchun yengli chang tutgich (S0702) ga beriladi. Birinchi bosqich sikloni samaradorligi 90 %; ikkinchi bosqichniki 99 % dan kam emas. Ikki bosqichda maxsulotdan tozalangan chiqindi gazlar atmosferaga chiqarib yuboriladi. Atmosferaga tashlanadigan chang miqdori 0,8 – 1 kg / soatiga , changlanishi – 20 mg /m3 . Quritgichdan chiqqan va changdan ajratilgan kaliy xlorid maxsuloti lentali konveyer №7 (C0703) bilan barabanli sovutgich (E0701) ga sovutishga beriladi (5-rasm). Shuning bilan birga sovutishga berilayotgan vaqtda changlanish va yopishishni oldini olish uchun organik modda beriladi. Maxsulot xarorati sovutgichda (K0702) tutun tortgich yordamida 80 – 100 0 C dan 40 0 C gacha sovutiladi. Sovutilgan tayyor KCI lentali konveyer №8 (C0801) bilan qadoqlash bo’limidagi tayyor maxsulot bunkeriga beriladi. Maxsulotni changlanishini va yopishqoqligini oldini olish uchun sovuguncha maxsus reagentlar bilan ishlov beriladi. Yopishqoqliqni oldini olish uchun silvinitni flotatsiya jarayonida yig’uvchi sifatida ishlatiladigan aminlar qo’llaniladi. Aminning sarfi 250 g/t. Chang ushlagich sifatida dizel yoqilg’isi qo’llaniladi, maxsulot sarfi 2,5 kg / t. 4 -rasm.Konsentratni qurutish bo’limi sxemasi 5-rasm. Konsentratni sovutish bo’limi sxemasi Download 189.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling