Oziq-ovqat sanoati
Download 63.46 Kb.
|
shamsidin
OZIQ-OVQAT SANOATI 9 февраля, 2021 от admin OZIQ-OVQAT SANOATI — xalq xoʻjaligining oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan sohasi. Tarmoq tarkibida goʻsht-sut, yogʻ-moy, baliq mahsulotlari, un-yorma, makaron, mevasabzavot konservalari, sut-yogʻ, shakar, choy qadokdash, qandolatchilik, non, uzum va shampan vinolari, spirt, araq, tamaki, pivo, chanqovbosar ichimliklar, sovun va b. sanoat korxo-nalari bor. Oʻzbekiston zamonaviy oziq-ovqat sanoatiga ega. Uning tarkibida 3200 dan ortiq korxonalar bor. Bu soha, asosan, mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga asoslangan. O.-o. s. korxonalarida 200 dan ortiq mahsulot turi tayyorlanadi. Mamlakat mustaqillikka erishgach, O.-o. yeda chuqur tashkiliy va iqtiso-diy islohotlar amalga oshirildi. Koʻpgina sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilib, ochiq turdagi aksiyadorlik birlashmalari va jamiyatlariga aylantirildi, ilgari tarmoq korxonalariga rahbarlik qilgan oziq-ovqat, goʻsht-sut, don mahsu-lotlari va b. vazirliklar tugatilib, «Oʻzoziqovqatsanoat» davlat-aksiyadorlik konserni (1993-y. 5 may; 1994-y. 26 sent. dan «Oziqovqatsanoat» va «Yogʻ-moytamakisanoat» uyushmalari), «Oʻzgoʻshtsanoat» davlat-aksiyadorlik uyushmasi (1993-y. 6 apr.), «Oʻzdonmahsulot» davlat-aksiyadorlik korporatsiya-si (1994-y. 22 apr.), «Oʻzmevasabzavotuzumsanoat» davlat-aksiyadorlik uyushmasi (1994-y. 28 noyab. dan), «Oʻzbaliq» davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi (1994), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibidagi «Oʻzparrandasanoat» respublika ishlab chiqarish birlashmasi (1964), «Oʻzbekbirlashuv» tarkibidagi O.-o. s. korxonalari ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Axrli ehtiyojlarini respublikaning oʻzida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari b-n qondirish choralari koʻrilmoqda. 2002-y. da O.-o. s. korxonalarida (ming t): goʻsht — 147,4, mol yogʻi — 1,9, sut mahsulotlari — 216,6, konservalar — 480,6 ming shartli banka, qandolatchilik mahsulotlari — 61,1, oʻsimlik moyi — 222,2 non va non-bulka mahsulotlari — 842,8, un (davlat resurelari donidan) — 1554,9, qadoqlangan choy — 5,3, tamaki — 10,6, xoʻjalik sovuni — 41, qand-shakar — 217,2, makaron mahsu-lotlari — 74,6, vino-araq — 6134 ming dal, pivo — 7853 ming dal, chanqovbo-sar ichimliklar — 12680 ming dal va b. mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoq korxonalariga oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli muhandis-texnik kadrlar Toshkent kimyo-texnologiya inti, Buxoro yengil va oziq-ovqat sanoati in-ti, Toshkent iqtisodiyot un-ti va Toshkent texnika un-tida, Samarkand, Yangiyoʻl oziq-ovqat, Toshkent texnologiya kollejlarida tayyorlanadi. O.-o. s. korxonalarida band boʻlgan xodimlar soni 100 ming kishi (2003). Poʻlat Tursunxoʻjayev. Тabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning 4-moddasidagi ekologik prinsiplardan biri «Тabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, mintaqalararo va xalqaro manfaatlarni uyg‘unlashtirish»dir. Chunki tabiatda sodir bo‘layotgan jarayonlar va hodisalar, jamiyatdagidan farqli, na ma’muriy va na tabiiy chegarani biladi. Qirg‘izistonda Sirdaryo irmoqlarining radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi, so‘zsiz, O‘zbekiston va Qozog‘iston respublikalarida atrof-muhitga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Chernobil yoki Orol dengizi ekologik fojialari nafaqat Sharqiy Yevropa yoki Markaziy Osiyo, balki butun Yer kurrasidagi insonlarning «yashash huquqi»ning zaruriy elementlaridan biri bo‘lgan ekologik xavfsiz muhit holatiga salbiy ta’sir etmoqda. Shuning uchun ham Prezident I. A. Karimov BMТning 48, 50, 55-sessiyalarida so‘zlagan ma’ruzalarida Orol muammosini xalqaro miqyosda hal qilishni taklif etdi va uning salbiy oqibatlarini nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo hamjamiyati uchun tahdid solayotgan dolzarb global masala qilib ko‘rsatdi. Atrof-muhitni xalqaro muhofaza qilish deb insonlarning ekologik xavfsiz muhiti va davlatlarning barqaror me’yorda rivojlanishini ta’minlovchi xalqaro huquq prinsiplari, normalari va munosabatlari yig‘indisiga aytiladi. Atrof-muhitni xalqaro miqyosda muhofaza qilish XIX asrning boshlarida yuzaga keldi. Avvaliga bu masala ikki davlat o‘rtasidagi tabiiy ob’yektlardan teng huquqli foydalanish ko‘rinishida namoyon bo‘lgan. Bunday ekologik munosabatlar ikki davlat o‘rtasida tuzilgan umumiy shartnomalar tarkibidan joy olgan. 1913-yil 17—19-noyabrda Shveytsariyaning Bern shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiya ekologik muammolarni xalqaro huquqning maxsus masalalari toifasi darajasiga ko‘tardi. Download 63.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling