Oziq-ovqat texnologiyasi


Download 1.22 Mb.
bet17/50
Sana05.01.2022
Hajmi1.22 Mb.
#234484
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
Bog'liq
саноат экологияси қўлланма 2020-21охирги вариант

tт = L / v. (3.1)
Bu vaqt suvni tozalashning talab etilgan samarasiga yetish uchun zarur bo'lgan cho'ktirish vaqtiga teng bo'lishi kerak.

Tindirgichlarni hisoblashda xayoliy tindirish tezligidan ( yani “ foizli tindirish tezligi” deb ataluvchi) foydalaniladi va u quyidagi formuladan aniqlanadi


u=ɵ//p=h0/tτ (3.2)
Bu formula (3.1) dagi tpqiymatini qo’yib, quyidagi formula kelib chiqadi:
L = hp·v / u (3.3)
Bu yerda hp = 3–3,5 – tindirgichning cho’ktirish zonasi chuqurligi; v – tindirgichning boshidagi suvning harakatlanish gorizontal tezligi, kam loyqali, o’rta loyqali va loyqali suvlar uchun 6…8; 7…10 va 9…12 mm/s ga teng qabul qilinadi; u –muallaqning cho’kish tezligi, mm/s quyidagilarga teng olinadi:

Koagulyant bilan ishlov berilmagan loyqali suv…………..0,08–0,15;

Ishlov beriladigan loyqali suvlar:

Koagulyant bilan…………………………….….………....0,05–0,60;

Flokulyant bilan .………………………………..…….….0,20–0,30;

Koagulyant bilan ishlov beriladigan o’rta loyqali suvlar….0,45–0,50;

Koagulyant bilan ishlov beriladigan kam

loyqali rangli suvlar…….………………………………….0,30–0,45.

 Flokulyantlar yordamida koagulyatsiya qilishda muallaqni cho’kish hisoblash tezligi 15 ... 20% ga oshirilishi kerak.

Tindirgichning uzunligini aniqlaganingizdan so'ng, L/hp nisbati kamida 10 bo'lishi kerak.

Gorizontal tindirgichlarda suvning harakati turbulent bo'lib, natijada muallaq zarrachalar suvda cho’kishi turbulent oqimlarni tashkil etuvchi vertikal tezliklar borligi sekinlashtiradi. Shu bilan birga, cho'kishdagi suvning amal qilish davomiyligi tindirgich ko’ndalang kesimi bo’ylab oqim tezligining notekis taqsimlanganligi tufayli nazariydan xamisha kam bo’ladi, shuning uchun suvning haqiqiy tezligi (3.3) formuladagi v tezligidan kattaroqdir, natijada suvning tozalanish samarasi kamayadi.

Shunday qilib, suvni tozalashning samarasini ta'minlash uchun (3.3) formulasi bo'yicha hisoblanagan tindirgichning maydoni biroz ko'paytirilishi kerak. Bunga ko'rsatilgan formulaga birdan kattaroq bo’lgan a koeffitsientini kiritish orqali erishiladi.



Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling