Oziq-ovqat va Agrobiznes korxonalarini tashkil etish va boshqarish


Qishloq xoʻjaligi korxonalarini boshqarish tizimi


Download 23.67 Kb.
bet2/5
Sana11.02.2023
Hajmi23.67 Kb.
#1190293
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 mavzu (1)

Qishloq xoʻjaligi korxonalarini boshqarish tizimi:
-boshqarilayotgan obʼyektlar holati haqida axborot olish va tahlil qilish;
-boshqarish boʻyicha qarorlar qabul qilish;
-obʼyektlarga boshqaruv ta’sirlarini oʻtkazish;
-obʼyektlarning yangi holati haqida axborot olish va tahlil qilishdan iborat.
Ishlab chiqarish samaradorligi koʻp jihatdan menejment usullari mukammalligi va toʻgʻri shakllanganligi bilan uzviy bogʻliqdir. Menejment usullari bu – boshqaruv subʼyektining boshqaruv obʼyektiga maqsadli yoʻnaltirilgan ta’sir oʻtkazishning usullari boʻlib, ya’ni uning vazifasi boshqaruvning ishlab chiqarish jamoasi oldiga qoʻyilgan maqsadlarni muvofiqlashtirishni ta’minlashdan iboratdir.
« Oziq-ovqat va Agrobiznes korxonalarini tashkil etish va boshqarish» fanining maqsadi

  • qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida cheklangan yer-suv, mehnat resurslari, investisiyalar va ulardan tadbirkorlik bilan samarali foydalanishni;

  • qishloq xoʻjaligining respublika iqtisodiyotidagi oʻrni va ahamiyatini;

  • agrar-iqtisodiy islohotlar, ularni rivojlantirish yoʻllarini;

  • qishloq xoʻjaligida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar, ularning ishlab chiqarish samaradorligi va ular faoliyatini takomillashtirish yoʻllarini;

  • boshqa masalalarni oʻrganish.

« Oziq-ovqat va Agrobiznes korxonalarini tashkil etish va boshqarish» fanining vazifalari:

  • ilgʻor qishloq xoʻjalik korxonalarining erishgan yutuqlarini chuqur oʻrganish va ularni boshqa xoʻjaliklarga joriy qilish uchun tavsiya etish ;

  • ekin maydonlari birligi hisobiga koʻproq va arzonroq mahsulot yetishtirish uchun kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni joriy qilish imkoniyatini yaratish uchun iqtisodiy tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.

Qishloq xoʻjaligining respublika iqtisodiyotida tutgan oʻrni, ahamiyati quyidagilarda ifodalanadi:

  • qishloq xoʻjaligi aholini oziq-ovqat bilan ta’minlaydi, oziq-ovqat kishilarning ma’naviy hayoti va moddiy ishlab chiqarishining asosi hisoblanadi;

  • qishloq xoʻjaligi yengil va oziq-ovqat sanoati uchun xom ashyo manbaidir. Bu tarmoqlarning mahsuloti ham bevosita aholi ehtiyojlarini qondirish uchun foydalaniladi. Qishloq xoʻjaligining mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi va samaradorligi sanoatning ayrim tarmoqlari ishlab chiqarish hajmini va samaradorligini aniqlaydi. Toʻqimachilik sanoatida barcha moddiy xarajatlarning 40 foizini, qand sanoatida – 70 foizini, sut va yogʻ mahsulotlarida 80 foizga yaqinini qishloq xoʻjalik xom ashyosi tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda mamlakatda aholi iste’moli fondining 3/4 qismi bevosita qishloq xoʻjalik mahsulotidan yoki qishloq xoʻjaligi xom ashyosidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotidan iborat;

  • qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi mamlakat ogʻir sanoatining rivojlanish sur’atiga va darajasiga samarali ta’sir koʻrsatadi. Qishloq xoʻjaligi yirik miqdorda ishlab chiqarish vositalarini iste’mol qilgani holda traktor, meliorativ va qishloq xoʻjalik mashinasozligi, kimyo sanoati, ayniqsa mineral oʻgʻit ishlab chiqarishga faol ta’sir koʻrsatadi. Hozirgi vaqtda qishloq xoʻjaligi mahsulotini ishlab chiqarishga ketadigan moddiy xarajatlarning asosiy qismini sanoat yetkazib beradigan ishlab chiqarish vositalari (yoqilgʻi-moylash materiallari, zahira qismlar, mineral oʻgʻit, omuxta yem, asosiy vositalar amortizasiyasi va boshqalar) tashkil qiladi;

  • qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishga mehnat resurslarini jalb qilish sifatida katta ahamiyatga ega, chunki bu tarmoqda faol xodimlarning 40 foizi faoliyat olib boradi. Qishloq xoʻjaligi xodimlarning bir qismini boshqa tarmoqlarga oʻtkazib, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga katta hissa qoʻshadi;

  • qishloq xoʻjaligining mamlakat iqtisodiyotidagi oʻrni yana shu bilan aniqlanadiki, u umumxalq masalalarini hal qilish uchun zarur boʻlgan jamgʻarishning muhim manbai hisoblanadi. Qishloq xoʻjaligida mamlakat xalq xoʻjaligida tashkil topgan qoʻshilgan qiymatning yuqori ulushi yaratiladi.

Respublikada bozor islohotlariga oʻtishning tamoyillari asosida qishloq xoʻjaligi rivojlanishida tub burilish yasaldi.



Download 23.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling