Oziq-ovqat va Agrobiznes korxonalarini tashkil etish va boshqarish
Qishloq xoʻjaligida islohotlarni amalga oshirishning huquqiy va me’yoriy asoslari
Download 23.67 Kb.
|
1 mavzu (1)
Qishloq xoʻjaligida islohotlarni amalga oshirishning huquqiy va me’yoriy asoslari:
Oʻzbekiston Respublikasining “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida” qonuni 1998 yil; Oʻzbekiston Respublikasining “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida” qonuni (yangi tahriri) 2004 yil; Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida” qonuni 1998 yil; Oʻzbekiston Respublikasining “Yer kodeksi” 1998 yil; Oʻzbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida” qonuni 1993 yil; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi “Qishloq xoʻjaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi PF-3226-sonli Farmoni; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 27 oktyabrdagi “2004-2006 yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish Konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi PF-3342-sonli Farmoni; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 noyabrdagi “2006 yilda qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)ni fermer xoʻjaliklariga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 215-sonli qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 mart “Shaxsiy yordamchi va dehqon-fermer xoʻjaliklarida chorva mollarini koʻpaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoni; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 11 yanvardagi “Meva sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi Farmoni; Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 sentyabrdagi “Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish va majburiyatlar bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 383-sonli qarori; Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30 oktyabrdagi “2004-2006 yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 476-sonli qarori; Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 5 noyabrdagi “Qishloq xoʻjaligida ijara munosabatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 486-sonli qarori; Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 23 iyuldagi “Suv resurslarini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori; Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 dekabrdagi “2005-2007 yillarda fermer xoʻjaliklarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 607-sonli qarori; “2006-2010 yillarda qoramolchilikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish” dasturi 2008 yil 6 oktyabrdagi «Fermer xoʻjaliklari tasarrufidagi yer uchastkalarini maqbullashtirish chora tadbirlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish maqsadida maxsus komissiyani tashkil qilish toʻgʻrisida»gi 3077 farmoyishi; 2008 yil 20 oktyabrdagi «Oziq ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni koʻpaytirish chora tadbirlari toʻgʻrisida»gi 404 sonli Farmoni; «Iqtisodiyotni real sektori korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora tadbirlari dasturi toʻgʻrisida»gi 4058 sonli Farmoni qishloq va suv xoʻjaligi tizimidagi korxona va tashkilotlarni ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berdi. Mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakat qishloq xoʻjaligini hamda u bilan bogʻliq boʻlgan tarmoqlarni boshqarish bilan: -Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vazirligi; -Respublika meliorasiya va suv xoʻjaligi vazirligi; -Oʻrmon xoʻjaligi vazirligi; -Meva sabzavot uzum sanoati aksiyadorlik jamiyati; -Davlat suv xoʻjaligi qurilishi qoʻmitasi; -Davlat yer resurslari qoʻmitasi; -Oʻzgoʻshsanoati aksiyadorlik jamiyati va boshqa tashkilotlar shugʻullanganlar. Ushbu tuzilmalarning faoliyati bozor iqtisodi tamoyillari asosida samarali boshqarish talablariga mos kelmay qoldilar. Shuning uchun ham ularning faoliyatini uygʻunlashtirish natijasida boshqarilishi qulay boʻlgan ixcham vazirliklar, kompaniyalar hamda davlat qoʻmitalari shakllantirildi. Hozirgi davrda Oʻzbekiston Qishloq va Suv xoʻjaligi vazirligi, Respublika dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi, Oʻzmevasabzavotuzum xolding kompaniyasi, Oʻzqishloqmashlizing kompaniyasi, Oʻzdonmahsulot aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzagromashservis kompaniyasi va boshqa tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqdalar. Ularni kelajakda yanada takomillashtirish talab etiladi. Qishloq va suv xoʻjaligi tizimidagi korxona va tashkilotlarni ijtimoiy–iqtisodiy faoliyatlarini rivojlantirish, uning samaradorligini yuksaltirish maqsadida tarmoqda moliya, kredit, soliq va baholar islohoti amalga oshirilmoqda, erkin bozor munosabatlarini shakllantirish jarayonida nodavlat mulkchiligiga asoslangan subʼyektlarni moliyalashtirish tartibi tubdan oʻzgardi. Ularning faoliyatini moliyalashtirish asosan oʻz mablagʻlari evaziga amalga oshirilmoqda. Uning manbasi boʻlib mahsulot yetishtirib sotish, xizmat koʻrsatish natijasida olayotgan pul daromadlari, asosiy vositalarning eskirishi oqibatida shakllanayotgan amortizasiya fondi, ishlab chiqarish vositalarini sotishdan olinayotgan pul tushumlari hamda ularning foydalari hisoblanadi. Davlat buyurtmalari miqdoridagi paxta hamda gʻallani ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar davlat tijorat banklari tomonidan beriladigan imtiyozli kreditlar evaziga qoplanmoqda. Shu manbalardagi mablagʻlar yetishmagan hollarda qishloq xoʻjalik korxonalari davlatning, tijorat banklarining, xorij davlatlarining nodavlat korxona va tashkilotlari, homiylar va boshqalarning vaqtincha boʻsh boʻlgan mablagʻlarini jalb etmoqdalar. « Oziq-ovqat va Agrobiznes korxonalarini tashkil etish va boshqarish» fani oʻzining maqsad va asosiy vazifalarini hal etishda barcha iqtisodiy munosabatlarni oʻrganishda bir qator tadqiqot usullaridan foydalanadi. Download 23.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling