«Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti» kafedrasi kurs ishi mavzu: Bozor infrastrukturasi va strukturasi
Download 0.66 Mb.
|
kurs ishi mirshohid uchun
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI IQTISODIYOT FAKULTETI «Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti» kafedrasi KURS ISHI Mavzu: Bozor infrastrukturasi va strukturasi Bajardi: Eshpulatov MirshohidTekshirdi: Mardonov BahodirMundarija Kirish
Bozor infratuzilmasi nazariyasi shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlari Hozirgi zamon bozor infratuzilmasining turlari va tarkibiy qismlari qismlari Bozor infratuzilmasining amal qilish shakllari va mexanizmlari O ‘zbekistonda bozor infratuzilmasining shakllanish xususiyatlari va rivojlanishi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati KIRISH O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo’lga kiritgach, taraqqiyotimizning asosini belgilab beruvchi iqtisodiy sohadagi islohotlarga ustuvor e’tibor qaratildi. Shaxsan Prezidentimiz I.Karimov tomonidan asos solingan taraqqiyotning “O‘zbek modeli”ning hayotga izchillik bilan tatbiq etib borilishi tarixan qisqa davr ichida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ahamiyatli sifat o‘zgarishlarga erishish imkonini yaratdi. Jumladan, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish asosida turli shakldagi mulkchilik tizimini shakllantirish, ustuvor tarmoqlami rivojlantirish, iqtisodiyotning barcha sohalarini erkinlashtirish, tadbirkorlik faoliyati, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlami yaratish, o‘rta mulkdorlar sinfini qaror toptirish, xorijiy investorlar uchun zarur kafolatlarni ta’minlash kabi o‘ta muhim tadbirlar O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida o‘z o‘mi va nufuziga ega bo‘lishi uchun iqtisodiy asos bo‘lib xizmat qildi. Biroq, sanab o‘tilgan yutuqlar mamlakatimiz oldida turgan ozod va farovon hayotni barpo etishdan iborat ezgu-maqsadlarga yetaklovchi navbatdagi salmoqli qadam, bosqichlardan biri hisoblanadi. Mazkur maqsadga to‘liq erishish uchun oldimizda qator vazifalar turibdi. Bu borada mamlakatimiz rahbari ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to‘qqizinchi sessiyasida so‘zlagan nutqida “Bizning vazifamiz mamlakatimizni,jamiyatimizni demokratlashtirish hamda yangilash yo‘lidagi harakatlarimizni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish va so‘zsiz bu borada amalga oshirgan ijobiy ishlarimizni qat’i yat bilan davom ettirish, ulami xalqimiz orzu qilgan marralarga yetkazishdir” deya Ta’kidlab, mazkur dastuming negizini tashkil etuvchi ustuvor vazifalar qatorida “Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va o‘zaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bolgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishdan iborat” bo‘lgan ustuvor yo‘nalishni alohida ko‘rsatib berdi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan, ma’rifatli bozor iqtisodiyotiga asoslanuvchi demokratik jamiyat qurishni maqsad qilib qo‘ygan mamlakatimiz oldida bu maqsadlarga erishish yo‘llarini bosib o‘tish, ular taqozo etuvchi chora-tadbirlami amalga oshirish vazifasi turadi. Shu o‘rinda, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizim amal qilgan chog‘da inkor etilgan, jamiyat a’zolari farovonligining yuksak darajasiga erishishda “halal beruvchi”, “yot unsur” sifatida qarab kelingan iqtisodiy hodisa va jarayonlarga qaytadan nazar tashlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘mini obyektiv jihatdan baholash zaruriyati vujudga keldi. Bunday tushunchalardan biri - bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti yuksak natijalari, aholi turmush darajasining muhim tomoni hisoblanuvchi infratuzilma sohasi hisoblanadi. Bu sohaning “yaratuvchanlik kuchi”, “mo‘jizakor” tabiati, iqtisodiyot jadal harakatining muhim omili ekanligi rivojlangan mamlakatlar tomonidan allaqachonlar e’tirof etilgan hamda yuksak darajada baholangan. Shunga ko‘ra, infratuzilma. ayniqsa. bozor infratuzilmasining iqtisodiy tabiatini O'zbekistonda demokratik o'zgarishlami yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari. Shuningdek, parlament aholi daromadlari va xalq farovonligini uzluksiz oshirib borish, keng miqyosdagi ijtimoiy dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish masalalariga ham alohida e’tibor berib kelmoqda. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqqan holda, mazkur o‘quv qoMlanmada infratuzilma tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, ayniqsa, bugungi kunda ushbu tizimda muhim ahamiyat kasb etib borayotgan bozor infratuzilmasining iqtisodiy tabiati va iqtisodiyotda tutgan o‘mi, uning tarkibiy qismlarining vazifalari va o‘ziga xos rivojlanish xususiyatlari, hozirda mamlakatimizda bozor infratuzilmasi sohasining rivojlanganlik darajasi va uni yanada yuksaltirish chora-tadbirlari borasida so‘z yuritiladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling