Oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojni qondirishni va oʻsib borayotgan narxlarni yengillashtirishni tahlil qilish


Download 171.22 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.03.2023
Hajmi171.22 Kb.
#1239946
Bog'liq
Hujjat



Oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojni qondirishni va oʻsib borayotgan narxlarni 
yengillashtirishni tahlil qilish 
 
Reja: 
1 kirish .O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari import hajmining o‘sishiga taʼsir 
ko‘rsatgan omillar tahlili 
2.Narxlar oshishiga nima sabab bo‘lmoqda? Ushbu savollar yuzasidan 
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi O‘zA’ga o‘z izohini berdi.
3.Oziq-ovqat mahsulotlari ta’minotini yaxshilash choralari ko‘rildi 
4.xulosa. 
1.Mamlakatimizda tashqi savdoni liberallashtirish, turli xil tarif va notarif cheklovlarni kamaytirish
monopoliyani bartaraf etish choralari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Shuningdek, tashqi 
savdo geografiyasi, mahsulot va xomashyo turlari hamda reteylerlar va taʼminotchi davlatlarni 
diversifikatsiya qilish orqali iqtisodiyotning barqaror o‘sishi, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga 
bo‘lgan talabini qondirish va narxlar barqarorligini taʼminlash borasida ham amaliy choralar 
ko‘rilmoqda. 
 
2022-yil 1-choragida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 13 155,8 mln dollarni tashkil etib
o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 174,8 foizga oshgan. Tashqi savdoda eksport ulushi ijobiy 
o‘zgarib, o‘tgan yilning 1-choragiga nisbatan 12,8 foizga oshib, 43,9 foizni tashkil etdi. Umumiy 
eksport hajmi 5 772,2 mln dollar (238,7%)dan iborat bo‘lgan. 
 
Import ulushi esa 56,1 foizgacha pasaydi va 7 383,1 mln dollar (o‘sish 144,6%)ni tashkil 
etdi.Tahlillarga tayanadigan bo‘lsak, mamlakat importining ortishiga quyidagi omillar taʼsir 
ko‘rsatgan: 
 
Birinchi omil – bu Rossiya Federatsiyasi va Belаrus davlatlariga nisbatan Amerika Qo‘shma Shtatlari, 
Yevroittifoq va boshqa rivojlangan davlatlar tomonidan qo‘llanilgan misli ko‘rilmagan iqtisodiy 
sanksiyalar jahon oziq-ovqat bozorida narxlarning va logistika tariflarini yuqori surʼatlarda 
o‘sganligidir. Abzas 2022-yil mart oyida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (OQT) 
maʼlumotiga ko‘ra, OQT Oziq-ovqat narxlari indeksi 159,3 punktni tashkil etib, fevral oyiga nisbatan 
12,6 foizga va 2021-yil mart oyi Indeksiga nisbatan 33,6 foizga yuqori bo‘lgan. 
 
Davlat Statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2022-yil 1-choragida 201,6 mln dollarlik 
bug‘doy import qilingan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 62,1 mln dollar (43,9%)ga 


oshgan. Shu bilan birga, mazkur davrda 803,6 ming tonna, o‘tgan yilga nisbatan 88 ming tonnaga 
ko‘p bug‘doy import qilingan. O‘rtacha sotib olingan bug‘doy narxi o‘tgan yilning mos davriga 
nisbatan 128,7 foizga qimmat bo‘lgan. 
2. Narx-navoning keskin oshayotgani, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlashuvi bugun 
ko‘pchilikning muhokama mavzusiga aylangan. Ayrimlar narxlarning oshishiga oylik maoshlarning 
oshganini bosh omil qilib ko‘rsatsa, boshqalar xorijiy valyuta kursining o‘zgarishi bilan bog‘lamoqda. 
Aslida-chi? Narxlar oshishiga nima sabab bo‘lmoqda? Ushbu savollar yuzasidan O‘zbekiston 
Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi O‘zA’ga o‘z izohini berdi.
Vazirlik axborot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, 2017 yilning yanvar-dekabr oylarida mamlakatda 
inflyatsiya darajasi 14,4 foizni tashkil qilgan. Bunda oziq-ovqat mahsulotlari (umumiy inflyatsiya 
darajasining 48,0 foizi), nooziq-ovqat tovarlari (39,6 foizga oshgan) hamda xizmatlar tariflarining 
(12,4 foizga oshgan) oshishi inflyatsiyani shakllantiruvchi asosiy sabablar bo‘lgan. 
Oziq-ovqat mahsulotlari narxining ko‘tarilishi tahlil qilinganda narxlarning yuqori o‘sishiga ta'sir 
ko‘rsatuvchi bir qator muammo va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Jumladan: 
Qish-bahor mavsumida zaruriy miqdordagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash uchun 
mo‘ljallangan omborxonalar, muzlatkichlar yetarli darajada emas. 
Viloyatlar va tumanlarda faoliyat ko‘rsatuvchi issiqxonalar talab doirasida elektr-energiya, issiqlik va 
boshqa zaruriy manbalar bilan ta'minlanmagan.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zararkunandalardan himoya qilish tizimi yetarli darajada tashkil 
qilinmagan.
Ma'lumot uchun: 2017 yilda olma va nok narxi – 71 foizga, uzum – 79,6 foizga, piyoz – 44,2 foizga, 
sabzi – 23,6 foizga, bodring – 187,3 foizga, pomidor – 63,2 foizga va kartoshka – 64,2 foizga oshgan 
hamda ularning umumiy inflyatsiya darajasiga ta'siri 22,7 foizni tashkil qilgan. 

Download 171.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling