O’zmtrk kanali bu kabi videolavhalarni namoyish etish huquqiga egami?
O’zMTRK kanali bu kabi videolavhalarni namoyish etish huquqiga egami?
Download 29.25 Kb.
|
KAZUS
O’zMTRK kanali bu kabi videolavhalarni namoyish etish huquqiga egami?
Adliya vazirligining yuqoridagi tadbirni to’xtatishini talab qilishi qanchalik to’g’ri? Yuqoridagi muammolarga huquqiy yechim topish uchun, dastavval, konstitutsiyaga murojaat qilamiz:”Har kim o’z sha’ni va obro’siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanishva turar joyi daxlsizligi huquqiga ega”1. Shunindek, “Axborot erkinligi psinsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi Qonunning 13-moddasida ta’kidlanganki, jismoniy shaxsning roziligisiz uning shaxsiy hayotiga taalluqli axborotni, xuddi shuningdek shaxsiy hayotiga taalluqli sirini, yozishmalar, telefondagi so’zlashuvlar, pochta, telegraf va boshqa muloqot sirlarini buzuvchi axborotni to’plashga, saqlashga, qayta ishlashga, tarqatishga va undan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to’g’risida”gi qonuning 6-moddasida esa “Ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini yoki ishchanlik obro’sini tahqirlash, shaxsiy hayotiga aralashish taqiqlanadi”. Bundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, kanal xodimlari yosh yigit-qizlarning konstitutsiyada mustahkamlab qo’yilgan muhim huquqlarini qo’pol ravishda buzishgan. Biroq tanganing ikki tomoni bo’lgani kabi yoshlarning qilgan bu ishlari ham huquqiy, ham diniy jihatdan katta xato hisoblanadi. Barchamizga ma’lumki, demokratiyaning yagona va standard shakli mavjud emas. Har bir davlat va jamiyat uni o’ziga moslashtirib, ijobiy xususiyatlarini o’zlashtirib, salbiy jihatlarini o’zgartirib qabul qiladi hamda shu orqali demokratiya ma’lum bir davlatga xos ko’rinishga ega bo’ladi. O’zbekiston, ya’ni bizning jamiyat ham demokratiyani diniy va ijtimoiy adolat asosida qurganligi hech kimga sir emas. Yoshlar qilgan bu kabi uyatli uchrashuvlar esa diniy-axloqiy qoidalarga butkul zid hisoblanadi. Nafaqat axloqiy, balki huquqiy soha ham ularning ishlarini oqlamaydi va bunga tegishli konstitutsion normani ham misol qilib keltirish mumkin:” Fuqarolar o’z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart”2. Markaziy xiyobonlar juda gavjum joy hisoblangani bois bu singari uchrashuvlarning aynan odamlar ko’p joyda qilinishi yosh bolalarning tarbiyasiga salbiy ta’sir qilishi, yoshi katta insonlarning erkin sayr qilishiga monelik qilishi turgan gap. Demak, bu holatda yosh yigit-qizlarning bunday xatti-harakati jamiyatdagi boshqa shaxslarning konstitutsion huquq va erkinliklariga mensimay qarash, hurmatsizlik deb baholanadi. Biroq bu singari uchrashuvlarning boshqalar huquq va erkinliklarini buzishi televideniye xodimlarining yoshlar shaxsiy daxlsizlik huquqini buzganchalik jiddiy emas. Uchrashuvlarning efirga namoyish etilishi ortidan bir qancha suiqasdlarning sodir bo’lishi moddiy va ma’naviy zarar miqdoriga qarab ma’muriy va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi mumkin. Butun ommaga oshkor etilib, tarqatib yuborilgan videolavhalar hammaning ham izzat-nafsiga nihoyatda ulkan zarba berishi turgan gap va bu tipdagi qonunbuzarlik uchun xodimlar jinoyat kodeksining 1411-moddasida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin. Yuqoridagi murakkab vaziyatga bartaraf berish uchun Adliya vazirligining inson huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida televideniyadan bu tadbirni to’xtatishini talab qilib chiqishiga asos qilib shuni ko’rsatishimiz mumkin: “ Adliya vazirligi vazifa-funksiyalari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo’yicha choralarni amalga oshirishni ham o’z ichiga oladi”.3 Bundan ko’rinib turibdiki, vazirlikning ushbu holat yuzasidan televideniyega yuqoridagi efirga uzatishlarga chek qo’yish yuzasidan talab qilishga to’laqonli haqqi bor, negaki inson shaxsiy daxlsizligini ta’minlash vazirlikning eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, mazkur holatda yosh yigit va qizlarning xatti-harakatlari xató bo’lsa-da, televideniye xodimlarining ularni ruxsatsiz ko’r-ko’rona efirga uzatishi kechirilmas holat, ya’ni insondagi shaxsiy daxlsizlik huquqing tahqirlanishidir. Adliya vazirligining ayni vaziyatdagi talabi juda ham o’rinli va to’laqonli asosga ega. MANTIQIY SAVOLLAR:
Konstitutsiyaviy-huquqiy normalar va konstitutsiyaviy huquq manbalari o’rtasida qanday bog’liqlik mavjud deb o’ylaysiz? Fikringizni misollar yordamida ifodalang. Konstitutsiya davlat hokimiyatini cheklaydi degan qarash mavjud. Sizningcha, buning mohiyati nimadan iborat? Fikringizni misollar yordamida ifodalang. JAVOBLAR: Konstitutsiyaviy-huquqiy normalar jamiyatda vujudga keladigan shu huquqning predmeti hisoblanuvchi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalar hisoblanadi. Konstitutsiyaviy manba normadan biroz kengroq tushuncha, ya’ni konstitutsiyaviy normalar muayyan aniq ijtimoiy munosabatni tartibga solsa, manba ushbu ijtimoiy munosabatga qaratilgan qoidalarning yaxlitlashtirilgan shakli sanaladi. Bu ikki tushuncha bir-biriga chambarchas bog’liq bo’lib, asosan, bir ma’noda ishlatiladi, chunki aynan konstitutsiyaviy normalar shu sohaning manbasini shakllantiradi. Konstitutsiyaviy manbalarning bir nechta turlari mavjud: konstitutsiya, qonunlar, farmon, qaror va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar. Bu tuzilmalar shunday iyerarxik tartibotga egaki, birining o’rnini boshqasi bosishi mumkin emas. Xususan, konstitutsiya bilan tartibga solinadigan ijtimoiy-huquqiy munosabatni qonun bilan yoki qonun bilan tartibga solinadigan munosabatlarni farmon bilan hal qilishning umuman iloji yo’q. Ularning har biri unga berilgan qonuniy kuchi va qamroviga mos ravishda maxsus vazifalarni bajaradi. Konstitutsiyaviy huquq manbalariga misol keltiradigan bo’lsak, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni, 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi va “O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi to’g’risida”gi Qonunlari, shuningdek, prezidentning konstitutsiyaviy-huquqiy mazmundagi farmon va farmoyishlari hamda Oliy Majlisning konstitutsiyaviy-huquqiy mazmundagi ayrim qarorlarini aytib o’tishimiz mumkin. Ular bir-biridan konstitutsiyaviy maqomi va darajasi bilan xarakterlanadi. Yanada mukammalroq sharhlaydigan bo’lsak, normalar yig’indisi manbani tashkil etadi. Xususan, konstitutsiyani konstitutsiyaviy huquq manbasi deb oladigan bo’lsak, uning tarkibiy tuzilmasidagi har bir munosabatni tartibga solishga xizmat qiluvchi elementlar normalar hisoblanadi. Barchaga ma’lumki, qadimdanoq davlat va xalq manfaatlari kesishgan nuqtada muammolar har doim davlat foydasiga hal qilingan, uning irodasi xalqqa kuchli ta’sir o’tkazgan. Asrlar o’tgani sayin aholi o’z huquqlarini talab qilib davlatga murojaat qilgan, ammo ularning ushbu talabi hokimiyat tomonidan umuman nazarga ilinmagan. Bora-bora xalqning ahvoli chidab bo’lmas darajaga kelgach, qo’zg’olonlar va chiqishlar orqali revolyutsiyalar vujudga kelish xavfi davlat hokimiyatini tezkor chora-tadbirlar ko’rishga majbur qildi. Shu tariqa AQShda ilk konstitutsiya 1787-yil 17-sentabrda qabul qilindi, ammo unda inson huquq va erkinliklari o’z aksini topmadi, hukmron tabaqa vakillariga eski tuzumdagidek birmuncha ko’p vakolat va huquqlar berildi. Biroq davrlar o’tgani sari boshqa davlatlarda ham jamiyatda boshqalarga nisbatan chuqurroq va yaxshiroq fikrlay oladigan ilg’or insonlar paydo bo’ldi hamda ular inson huquq va erkinliklari qamrovini kengaytirish borasida zamon talabiga mos takliflar bera boshladi. Tabiiyki, davlat hokimiyatini cheklashga xizmat qiladigan bu tashabbuslar hukmron tabaqa vakillariga umuman yoqmasdi va ularni inkor etish uchun qo’lidan kelgan barcha tadbirlarni amalga oshirardi. Shunga qaramay, rad etishlar uzoqqa cho’zilmadi va davlat konstitutsiyani qayta ko’rib, o’zgarishlar qilishga majbur bo’ldi. Masalan, o’z hududimizdan uzoqlashmagan holda misol keltiradigan bo’lsak, uch xonlik davrida Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklaridagi mustabid hokimiyat tufayli mahalliy aholi o’z huquq va erkinliklarini talab qilish u yoqda tursin, hattoki xonning ismini baland ovozda ayta olmagan. Bu esa, o’z navbatida, bu davlatlardagi huquqiy tizimning eskicha mafkura bilan qolib ketganidan nishona edi. Absolutizmning naqadar ayanchli oqibatlarga olib kelishiga guvoh bo’lgan insoniyat ularni yana takrorlanishini, albatta, istamasdi. Shu tufayli jamiyatga cheklanmagan hokimiyatni butkul olib tashlaydigan, davlat boshlig’iga muayyan sohalar doirasidagina erkinliklar beradigan, xalq manfaatlarini ilgari suradigan hamda shaxsiy huquq va erkinliklarni ta’minlaydigan adolatli konstitutsiya kerak edi. Shu tariqa konstitutsiya vujudga keldi va konstitutsiya ustun davlatlarda davlat boshlig’ining vakolatlari keskin qisqardi, davlat va jamiyatga oid dolzarb masalalarning aksariyati referendum orqali hal qilinadigan bo’ldi. Bir so’z bilan aytganda, davlat rahbarining irodasi hal qiluvchi rol o’ynamaydigan bo’lgan holda xalqqa anchagina keng erkinliklar berildi va aynan shu konstitutsiyaning davlat hokimiyatini cheklashi mohiyatini tashkil etadi. 1 KONSTITUTSIYA, 27-modda 2 KONSTITUTSIYA, 20-modda 3 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori Download 29.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling