fayllar.org
ma'muriyatiga murojaat qiling
O’zmu qoshidagi S. Raximov akademik litseyi 303-guruh o’quvchisi
Download
445 b.
Sana
05.11.2017
Hajmi
445 b.
#19469
O’ZMU qoshidagi S.Raximov
akademik litseyi
303-guruh o’quvchisi
Ismoilov Nursulton
Mavzu: Fazoviy jismlar.
Reja:
1.
Parallelepiped
2.
Piramida
3.
Silindrik sirtlar
4. Konik sirtlar
5.
Sfera va shar
Parallelipiped
Ikkita yog’i ikkita parallel tekisliklarda yotgan o’zaro
teng parallelogrammlar
, qolgan barcha yoqlari shu berilgan parallelogramlarning mos tomonlari orqali o’tuvchi parallelogrammlardan iborat ko’pyoq parallelepiped deyiladi
Parallelepipedlar uch xil bo’lladi:
a)
og’ma parallelepiped
, uning barcha yoqlari
parallelogrammlardan iborat
;
b)to’g’ri parallelepiped,uning yon qirralari asos tekisligiga perpendikulyar bo’ladi;
d)to’g’ri burchakli parallelepiped,unig barcha yoqlari to’g’ri to’g’ri to’rtburchaklardan iborat.
.
Parallelepipedning xossalari.
Parallelepipedning qarama-qarshi yoqlari teng va o’zaro parallel bo’ladi. Parallelepipedning diagonallari bitta nuqtada kesishadi va bu nuqtada teng ikkiga bo‘linadi.
To‘g‘ri burchakli parallelepiped ixtiyoriy diagonalining kvadrati uning uchta o‘lchovlari yig‘indisiga teng.
Parallelepiped
Piramida
Bitta yog‘i ixtiyoriy qavariq ko‘pburchakdan,qolgan yoqlari esa umumiy uchga ega bo‘lgan uchburchaklardan iborat ko‘pyoq piramda deyiladi.
Piramidaning
xossalari
Agar piramidaning yon qirralari o‘zaro teng bo‘lsa,piramida asosiga tashqi aylana chizish mumkin.
Agar piramidaning yon yoqlari asos tekisligi bilan o‘zaro teng burchaklar hosil qilsa,piramidaning balandligi asosga ichki chizilgan aylana markazidan o‘tadi.
Piramida
Piramida yon yoqlari yuzlarining yig‘indisi uning yon sirtining yuzi yoki yon sirti deb ataladi va S kabi belgilanadi.
Muntazam piramida yon sirtining yuzi uning asosi bilan apofemasi ko‘paytmasining yarmiga teng.
Agar piramidaning yon sirtiga uning asosi yuzi (S)qo‘shilsa,piramidaning S to‘la sirtini olamiz
Piramidaning hajmi asosining yuzi bilan balandligi ko‘paytmasining uchdan biriga teng:
Kesik
piramida
Muntazam kesik piramida yon sirtining yuzi uning asoslari perimetrlari yig‘indisining yarmi bilan apofemasi ko‘paytmasiga teng.
Agar
kesik piramidaning, mos ravishda, pastki
va yuqori asoslari yuzlari
, h- uning balandligibo‘lsa,kesik piramidaning hajmi
bo‘ladi.
Silindrik sirtlar
Doiraviy silindr deb, parallel tekisliklarda yotuvchi ikkita teng doira va yasovchilar berilgan tekisliklarga perpendikulyar bo‘lgan silindrik sirt bilan chegaralangan
geometrik jismga aytiladi
Silindrik sirtlar
.
Agar silindr asosining radiusi R ,silindrning balandligi H bo‘lsa, silindr yon sirtining yuzi
Silindr to‘la sirtining yuzi uning yon sirti va ikkita asosi yuzlarining yig‘indisiga teng
Silindrning hajmi asosining yuzi bilan balandligi ko‘paytmasiga teng.
Konus
To‘g‘ri
doiraviy konus deb
, S uchdan bir tomonda yotgan konik sirt va doira bilan chegaralangan hamda:
1)yo‘naltiruvchisi aylanadan iborat;
2) S uch chegaralovchi doira-ning markaziga proeksiyalanadigan geometrik jismga aytiladi
Konus
konus yon sirtining yuzi asos aylanasi uzunligi yarmining yasovchisi ko‘paytmasiga teng
Konus to‘la sirtining yuzi yon sirt va asos yuzlari yig‘indisi kabi hisoblanadi:
Konusning hajmi asosining yuzi bilan balandligi ko’paytmasining uchdan biriga teng.
Sfera va shar
Fazoda berilgan masofada joylashgan nuqtalarning geometrik o‘rniga
sfera deyiladi
.
Fazoda berilgan O nuqtadan berilgan R masofadan katta bo‘lmagan masofada joylashgan nuqtalarning geometrik o‘rni shar deyiladi.
Markazdan bir xil uzoqlikda joylashgan kesimlar teng bo‘ladi.Teng kesimlar markazdan bir xil uzoqlikda joylashadi.
Markazdan bir xil uzoqlikda joylashgan kesimlar teng bo‘ladi.Teng kesimlar markazdan bir xil uzoqlikda joylashadi.
Ikkita o‘zaro teng bo‘lmagan kesimlardan markazga yaqin joylashgani katta bo‘ladi va aksincha.
Kesim tekisligiga perpendikular diametr kesimning markazidan o‘tadi va aksincha
.
Kesimlar ichida tekisligi shar markazidan o‘tgan kesim kattadir.Bu kesim katta doira deyiladi.
Sfera
Sfera sirtining yuzi katta doira aylanasi uzunligining diametrga ko‘paytmasiga teng.
E’tiboringiz uchun raxmat!
Download
445 b.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling