O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Tarix
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
TARIX 1/2/1 2023 - 10 - asosida Shohmurodning o‘zi tuzib bergan to‘plamni qo‘llariga olib, arz va shikoyatlarni hal etishda unga qarab ish ko‘radigan bo‘ladilar[16]. Oliy qozixonalarda ish ko‘rilayotganda amirning o‘zi bosh bo‘lib turgan. Shu boisdan mazkur tashkilotni amirning oliy sudi deb atash mumkin edi. Qolaversa, sudda ish ko‘rilayotganda da’vogarning shaxsan o‘zi ishtirok etishi talab qilingan. Tumanlar va kattaroq qishloqlarga ( kasabalarga) qozilar tayinlash ham u kiritgan yangiliklardan bo‘ldi. Amir Shohmurod davrida Buxoro amirligida yangi sud tizimi: qasaba, tuman, viloyat qozilari, bosh qozi hamda qirq a’lam sudi joriy qilindi, eng oliy qozi amirning o‘zi hisoblanar edi. Shariat huquqi asosida Shohmurod tuzgan qoidalar to‘plami tahsinga sazovordir, uni jamiyat hayotiga tadbiq etish va qo‘llash xaqlqning turmush tarzini tubdan o‘zgartirib yubordi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tarixchi olimlarimizning oldidagi vazifalardan biri tariximizni chuqurroq o‘rganib xalqimizga yetkazishdan iboratdir. Chunki yurtimizda hukm surgan sulolardan chiqqan davlat boshliqlari qo‘li blan tuzilgan qoidalar to‘plamlarini juda kam uchratamiz. Buxoro islom dunyosida alohida o‘rin tutgani sababli, shariat qonunlarini himoya qiluvchi Qozikalon lavozimi ham asosiy o‘rinda turgan. U Islom peshvolarining va islom qonunchiligining boshlig‘i bo‘lib eng og‘ir jinoyatlar hamda muhim fuqarolik ishlari bilan shugullangan. Qozikalon qoshida Muftiylar devoni faoliyat ko‘rsatgan ularning soni 12 kishidan iborat bo‘lgan. Rais vazifasi ham eng katta lavozimlardan biri bo‘lib asosan Saidlardan va Payg‘ambar avlodidan bo‘lgan shaxslar bu lavozimga tayinlangan[17].Uning asosiy vazifasi tosh tarozu va uzunlik o‘lchovlari qonun qoidalarni buzganlarni jazolashdan iborat iborat bo‘lgan. Rais vazifasi ham eng katta lavozimlardan biri bo‘lib asosan Saidlardan va Payg‘ambar avlodidan bo‘lgan shaxslar bu lavozimga tayinlangan[17].Uning asosiy vazifasi tosh tarozu va uzunlik o‘lchovlari qonun qoidalarni buzganlarni jazolashdan iborat bo‘lgan. Shu o‘rinda yana alohida ta’kidlashimiz kerakki, Amir Shohmurodning sud islohotlari, ayniqsa, katta ahamiyatga molik ekanligini aytib o‘tish lozim [18]. Sud chiqargan hukmlarning amalda tezda joriy qilinishi eng ma’qul sifatlari deya e’tirof etilgan. O‘g‘rilik va yoki shunga o‘xshash boshqa bir jinoiy isharni amalga oshirgan maxbuslar baland minoradan uloqtirilgan hattoki zindonga yoki kanaxonalarga tashlash kabi hukmlar ham qo‘llab turilgan turilgan[19]. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling