O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
TARIX
1/2/1 2023
- 17 -
Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqotda qiyosiy,
tarixiy va germanevtik taxlil usullari asosida Sirdaryo
viloyatidagi etnik jarayonlar tadqiq etildi. XX asrda Oʻrta
Osiyoda, xususan, Oʻzbekiston hududida amalga oshirilgan
turli islohatlarning deyarli barchasi mintaqaning Mirzachoʻl
vohasida yanada yaqqolroq oʻz ifodasini topadi. Bungacha
oʻzbek xonliklari davrida nisbatan km oʻzlashtirilgan va
aholisi birmuncha tarqoq yashagan vohada yoppasiga
oʻzlashtirish ishlari boshlab yuboriladi. Sobiq ittifoq davrida
bu hudud aholi migratsiyasi va urbanizatsiya jarayonlarida
oʻziga xos “tajriba maydoni”ga aylanadi.
Tahlil va natijalar. Asosiy maqsadi rus tilida
soʻzlashuvchi “sovet kishisini” yaratish boʻlgan va bu
maqsadni “internatsionalizm” (baynalmilalchilik), turli xalqlar
qardoshligi gʻoyasi ostida amalga oshirishga intilgan
kommunistik hukumat Mirzachoʻlda yangi aholi maskanlari
tashkil etib, ittifoqning turli hududlaridan aholini keltirib
joylashtira boshlaydi. Shu oʻrinda aytib oʻtish kerak, Sovet
hukumati davrida Mirzachoʻl vohasidagi rayon (tuman)lar,
kolxoz
va
sovxozlar
asosan
kommunistik
partiya
yetakchilarining ism-familiyalari bilan nomlanadi. Bu ham
sovet hukumatining “yagona sovet xalqi”ni yaratishda
qoʻllagan usullaridan biri edi. Bu ishni amalga oshirishda
Markazdagilar turli shiorlarni oʻrtaga tashlab, ittifoqning
markaziy qismlaridan slavyanlar (rus, belorus, ukrainlar)ni,
Volgaboʻyidan tatarlarni, Kavkazdan ozarbayjon, armanilar va
boshqalarni jalb qiladi. Shu bilan birga, mahalliy hukumat
ham imkon qadar mahalliy aholini Mirzachoʻldagi yangi aholi
maskanlari siyosatini olib borib, ularning son jihatdan
oshishini taʼminlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |