O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR
Xulosa
va takliflar. Qisqasi, XXI asr ilk oʻnyilliklarida Mirzachoʻl vohasi, xususan, Sirdaryo viloyati aholisining etnik tarkibida anchagina oʻzgarishlar yuz bergan boʻlib, bu oʻzgarishlar ayrim millatlar sonining ortishi, ayrimlarida pasayish kuzatilishida oʻz ifodasini topdi. Viloyat aholisining milliy tarkibi va miqdor oʻzgarishlarining negizida bir qator omillar yotadi. Birinchidan, viloyatning rus tilli aholisiga nisbatan oʻzbek, tojik, qirgʻiz kabi mahalliy aholi vakillari orasida tugʻilishning birmuncha yuqoriligi boʻlsa, ikkinchidan, ayrim millatlar vakillarining oʻz tarixiy vatanlariga ommaviy ravishda koʻchib ketishlari kabi omillar oʻz taʼsirini oʻtkazdi. Masalan, ruslar, ukrainlar, beloruslar, kavkazliklar (ozarbayjon, arman va h.k.), qozoqlar orasida ommaviy ravishda koʻchib ketishlar kuzatildi. Bu masala boʻyicha bir qator tadqiqotlar oʻtkazilgan boʻlib, ular orasida U. Mirzaliyev, H. Xushvaqtovlarning ishlari anchagina keng qamrovlidir. Quyida U. Mirzaliyevning Sirdaryo viloyati aholisi milliy tarkibi 2005-yil 1-yanvar holatiboʻyicha keltirgan jadvalni keltirib oʻtamiz (Ming kishi.foiz hisobida) [6]: ўзбек қора- қалпоқ то-жик рус Қозоқ татар қир-ғиз ко-рейс турк-ман Бошқа миллатлар 74,0 0,01 8,9 4,4 3,4 1,2 2,0 1,2 0,01 4,6 Ushbu jadvaldan koʻrinadiki, Sirdaryo aholisining etnik tarkibi anchagina rangbarangdir. Shu bilan birga, viloyatda oʻzbeklar asosiy koʻpchilikni tashkil etadi. Son jihatdan ikkinchi oʻrinda turuvchi tojiklar esa 9% atrofida, ruslar uchinchi oʻrinda – 4,4%, qozoqlar esa 3,4 % dir. Bir vaqtlar Mirzachoʻl vohasi mahalliy aholisining sezilarli bir qismini tashkil qilgan qozoqlarning qoʻshni respublikaga keng koʻlamda koʻchishlari natijasida ularning soni nisbatan kam foizni tashkil qila boshlagani koʻzga tashlanadi. ADABIYOTLAR 1. OʻzR Davlat statistika qoʻmitasi. Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi. Demografiya va Mehnat boʻlimi.10-07/3*A. 2000. 2. OʻzR Davlat statistika qoʻmitasi. Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi. Demografiya va Mehnat boʻlimi.10-07/3*A. 2010. 3. OʻzR Davlat statistika qoʻmitasi. Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi. Demografiya va Mehnat boʻlimi.10-07/3*A. 2010. 4. Egamkulov Kh.E. Sirdaryo viloyati aholisining milliy tarkibi uning geokriminologen holatga ta’siri // Elektronnoye nauchno-prakticheskoye periodicheskoye izdaniya “Ekonomika i sotsiumyu Vыp. 1 (80) chast (yanvart,2021). http://www.iupr.ru. 2011. 5. Egamkulov Kh.E. Sirdaryo viloyati aholisining milliy tarkibi uning geokriminologen holatga taʻsiri // Elektronnoye nauchno-prakticheskoye periodicheskoye izdaniya “Ekonomika i sotsiumyu Vыp. 1 (80) chast (yanvart,2021). http://www.iupr.ru. 2011. 6. Mirzaliyev U.B. Oʻzbekistonda tarixiy-demografik jarayonlarning oʻziga xos xususiyatlari. – B. 97. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling