O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
TARIX
1/2/1 2023
- 21 -
УДК: 392 (575.12)
Abdilatip SARIMSOKOV,
Namangan davlat universiteti dotsenti, t.f.n.
Email: abdulsarimsokov@gmail.com
NamDU dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) B. R. Xalmuratov taqrizi asosida
O‘ZBEK XALQ TAQVIMIDA HAFTA
Annotatsiya
Ushbu maqolada hafta hisobining vujudga kelishi, hafta kunlarini samoviy jismlar bilan bog‘lanishi, hafta kunlari bilan bog‘liq
qarashlarning o‘zbek xalqi taqvimiy marosimlarida tutgan o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
Kalit so‘zlar: Taqvim, yil hisobi, tun-kun, hafta, sayyoralar, odat.
НЕДЕЛЯ В КАЛЕНДАРЕМ УЗБЕКСКОГО НАРОДА
Аннотация
В данной статье приведены сведения о создании недельного исчисления, связи дней недели с небесными светилами,
роли и значении представлений, связанных с днями недели, в календарных обрядах узбекского народа.
Ключевые слова: Календарь, исчисление года, день и ночь, неделя, планеты, обычай.
WEEK IN THE CALENDAR OF THE UZBEK PEOPLE
Annotation
This article provides information about the creation of the weekly calculation, the connection of the days of the week with
heavenly bodies, the role and importance of views related to the days of the week in the calendar ceremonies of the Uzbek
people.
Key words: Calendar, reckoning of the year, day and night, week, planets, habit.
Kirish. Kishilik jamiyatining turmush tarzi, xo‘jalik
an’analarida vaqt doimo muhim ahamiyat kasb etgan. Inson
ongining rivojlanishi, dunyoqarashi va tabiiy bilimlarining
o‘sishi natijasida yer yuzidagi barcha xalqlarda o‘ziga xos oy,
quyosh, burjlar, hayvonlar va fenologik kuzatishlar bilan
bog‘liq yil taqvimlari vujudga kelgan (1). Jumladan, o‘zbek
xalq taqvimi ham ajdodlarimizning samoviy hamda tabiat
hodisalarini uzoq vaqt mobaynida muttasil kuzatib borishlari
va katta hayotiy tajribalari natijasida vujudga kelgan.
Bobolarimizning yil fasllarini, o‘lkamiz tabiiy iqlimini yaxshi
bilishlari natijasida Quyosh, Oy, Muchal, To‘g‘al, Dehqon va
Chorva hisobi hamda qushlar bilan bog‘liq xalq taqvimlari
yaratilgan (2).
Do'stlaringiz bilan baham: |