O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/60
Sana12.03.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1265376
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   60
Bog'liq
1. Tarix

O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2023, [1/2/1]
ISSN 2181-7324 
 
TARIX 
https://science.nuu.uz/ 
Social sciences 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
TARIX 
1/2/1 2023 
- 22 -
Payshanba – haftaning beshinchi kuni (“panj” – besh) 
Yupiter sayyorasi hukmida bo‘lib, mijozi issiq va nam, 
odamga ta’siri yaxshi. Payshanbadan boshlanadigan yil xayrli 
yaxshi kechadi.
Juma – haftaning oltinchi kuni (“jum’a” – jam 
bo‘lmoq), Venera sayyorasi hukmida bo‘lib, mijozi mo‘tadil 
va odamga ta’siri yaxshi. Bu kundan boshlanadigan yil xayrli, 
yaxshi bo‘ladi.
Shanba – Saturn sayyorasiga tegishli bo‘lgan 
haftaning yettinchi kuni mijozi quruq va sovuq, odamga ta’siri 
yomon bo‘lib, shanba bilan boshlanadigan yilda qurg‘oqchilik 
bo‘lishi mumkin (6). 
Shuningdek, hafta “xosiyatli” va “xosiyatsiz” kunlarga 
bo‘lingan (7). Dushanba kuni boshlangan ish xayrli va 
barakali bo‘ladi, yaxshi tilak, niyatlar albatta amalga oshadi. 
Chunki, dushanba – musulmon dunyosida qadrli hisoblanadi. 
Sababi bu kunda Muhammad (s.a.v.) dunyoga kelganlar va 
vafot etganlari ham shu kunga to‘g‘ri kelgan.
Seshanba kuni o‘tgan momolar haqiga atab atala osh 
pishirilgan, Bibiseshanba kabi marosimlar o‘tkazilgan. Bu kun 
ham xayrli yaxshi kun hisoblansada, Farg‘ona vodiysi 
o‘zbeklari orasida kir yuvish, soch va tirnoq olish kabi 
yumushlarni bajarmaslikka harakat qilinadi.
Chorshanbada ayollar tomonidan Bibi mushkul ona 
haqiga marosim uyushtirilib, mushkullari oson bo‘lishini 
so‘rab, duo qilinadi. Shuningdek, chorshanba murodbaxsh kun 
sifatida barcha xo‘jalik ishlari uchun qulay hisoblanadi. 
Payshanba kuni o‘tgan ajdodlar ruhi uyga qaytadigan 
kun hisoblanadi. Shu bois har bir xonadonda osh qilinib, 
o‘tgan ajdodlar haqiga duo fotihalar qilinadi va yetim 
yesirlarga xayr-ehson beriladi. 
Juma islomiy qarashlarga ko‘ra “kunlarning buyugi” 
hisoblanadi. Ushbu kunda Odam alayhissalom yaratilgan, shu 
kuni jannatga kirgan va ushbu kuni yer yuziga tushgan, 
qiyomat ham shu kuni bo‘ladi (8). Juma kuni qon chiqarish, 
ya’ni hayvonlarni so‘yish ta’qiqlanadi, lekin juma namozi ado 
etilgandan so‘ng so‘yish mumkin. Shuning uchun ushbu 
muborak kunda imkon qadar savobli ishlar qilish, sadaqa 
berish, Qur’on tilovat qilish, ochlarni to‘ydirish, ota-onaga, 
farzandlarga xushmuomala bo‘lish kerak. Farg‘ona vodiysi 
shimoliy qismidagi cho‘ponlar yozgi yaylovlar ko‘chishda 
yoki yaylovlarni almashtirishda juma kuniga alohida e’tibor 
berishib, bu kunda ko‘chmaganlar, uzoqroq safarga ham 
chiqmaganlar. Bu haqda shunday gaplar bor: “ushbu kunda 
barcha mahluqot ozod qilingan, dam olishi kerak” (9), “yetti 
juma ko‘chsang qozoning yoriladi” (10). Tasodifmi yoki 
haqiqatdan ushbu kunning bir hislati bormi, shu kuni 
ko‘chganlar manzilga yetib bormay biror tabiiy ofatga uchrab, 
chorvasidan ayrilganlar ham hayotda uchraydi. Mabodo juma 
kuni ko‘chish zarur bo‘lsa, bir-ikki kun oldin yuklarni 
manzilga yetkazib qo‘yib yoki juma kuni tushlikdan so‘ng 
yo‘lga chiqqanlar.
Shanba kuni xalqimiz odatiga ko‘ra bemor, ya’ni kasal 
bo‘lganlarni ko‘rish, ziyorat qilish yaxshi emas. Bu kun 
xristian va nasroniylarda ulug‘ kun va dam olish kuni 
hisoblangan, sababi ularni fikri bo‘yicha xudo yerni 6 kunda 
yaratib bo‘lgan va 7- shanba kuni dam olgan deb o‘ylashib, bu 
kunni muqaddas hisoblaydilar. Farg‘ona vodiysi ziroatkorlari 
esa ushbu kunni dehqonchilk uchun eng qulay hisoblashib
“birinchi qo‘sh”, “urug‘ sepish” kabi marosimlarni haftaning 
shanba kunida o‘tkazishga harakat qiladilar. Vodiylik 
qipchoqlar tasavvuriga ko‘ra bu kunda birovga pul berish 
yaxshilik alomati emas. 
Yakshanba ham xayrli, yaxshi kunlardan bo‘lib, 
qadimdan savdo-sotiq va tirikchilik, dehqonchilik ishlari 
uchun eng qulay qulay kun bo‘lgan (11). 
Qirg‘iz va qozoqlarda seshanba xosiyatsiz sanalib, 
hyech qaerga chiqilmagan. Chorshanba va payshanba esa 
omadli kunlardan bo‘lgan (12). Kavkaz xalqlaridan bo‘lgan 
osetinlarda esa haftaning dushanba, juma, shanba, yakshanba 
kunlari dam olish kunlari hisoblangan. Bu kunlari 
ishlanmaydi, agar ishlanadigan bo‘lsa biror falokat bo‘ladi deb 
o‘ylaydilar. Asosiy ish kunlari sifatida seshanba, chorshanba 
va payshanbani hisoblaydilar (13). 

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling