O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz
Metodlar va oʻrganilganlik darajasi
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/2/1] ISSN 2181-7324 TARIX https://science.nuu.uz/
Metodlar va oʻrganilganlik darajasi. Oʻzbekistonda
mustakillikdan soʻng, koʻp tilni bilishga boʻlgan qiziqish ortgani va bu boradagi ishlar haqida ma’lumotlar berilgan ilmiy tadqiqotlar yaratildi[3]. Soha boʻyicha mutaxassislar tayyorlash va nomutaxassis oliy oʻquv yurtlarida chet tilini oʻrgatish alohida uslubda olib boriladi. Soʻnggi davrda chet mamlakatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda aloqalar kengaydi, ular uchun chet tilini mukammal biladigan mutaxassislarga katta ehtiyoj sezilmoqda. Ayni paytda, yoshlarda ham zamon talabiga mos ravishda chet tilini oʻrganishga boʻlgan qiziqish kun sayin ortib bormoqda. SHu sabab, ta’lim tizimidagi islohotlar qatorida, chet tili oʻqitishni ham qaytadan koʻrib chiqilib, Oʻzbekistonda xorijiy tillarni oʻqitish konsepsiyasida chet tillarini oʻqitishni tubdan yaxshilash, chet tilini uzluksiz oʻqitish uqtirildi. Bu borada amalga oshirilgan ishlar deyarli tadqiq etilmagan. Tarjima ishlari va uning turli jihatlariga mutlaqo yangicha yondashuv va qarashlar asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Xususan, Q.Moʻminov, I.Gʻafurov, O.Moʻminov, R.Turgʻunov va Gʻ.Rahimovlar olib borgan tadqiqotlarda [4] tarjima, tarjimonlik va tarjimashunoslikning O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/2/1] ISSN 2181-7324 TARIX https://science.nuu.uz/ Social sciences O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz TARIX 1/2/1 2023 - 28 - nozik jihatlari ochib berilgan. Xorijiy tillarni oʻqitishda texnik vositalardan foydalanish borasida ham bir guruh olimlar tadqiqot olib bordilar. J.Doʻstov, I.Panferova kabi olimlar chet tilini oʻqitishda oʻqitish vositalari va dasturli ta’lim materiallari qoʻllashni, shuningdek, darslikni oʻquvchilarga ingliz tilini oʻrgatish va oʻqitish vositasi deb belgilashni ma’qullaydilar. F.Abdulazizovaning xorijiy tillar qiyosiy grammatikasiga doir qoʻllanma va maqolalari chop etilgan. Xorijiy tillar oʻqitilishi, malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni ta’minlashni takomillashtirish, xalqaro aloqalarning zamonaviy transformatsiyasi, tarjima nazariyasi va amaliyotini oʻrgatishda zamonaviy ilgʻor pedagogik va axborot- kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish kabi masalalar tarixiy nuqtai nazardan toʻliq oʻrganilmagan. Bu holat Oʻzbekistonda xorijiy tillar oʻqitilishi va uning rivojlanishi tarixini yaxlit holda tadqiq etish zarurligini koʻrsatmoqda. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling