O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/60
Sana12.03.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1265376
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   60
Bog'liq
1. Tarix

O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
TARIX 
1/2/1 2023 
- 29 -
sinflarda haftasiga 2 soatdan chet tili fani kiritildi. Bu tizim 1-
sinfdan boshlab bosqichma-bosqich joriy etiladi. Xorijiy tillar 
amaldagi oʻquv rejasiga koʻra 5–9-sinflarda haftasiga 3 
soatdan jami 5 yilda 510 soat oʻqitilgan boʻlsa, yangi rejaga 
koʻra 1–9-sinflarda jami 782 soat oʻrgatiladi. 
2012-yil sentyabrgacha respublika boʻyicha jami 
17747 nafar ingliz tili oʻqituvchisi bolalarga saboq bergan 
boʻlsa[8], keyingi yillarda pedagogika institutlarini chet tili 
mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan yana yuzlab yosh kadrlar 
maktablarga jalb etildi. Ularning oylik maoshi ham 
belgilangan 
tartibda oshirib borildi. Davlat ta’lim
standartlarining har jihatdan puxta boʻlishini ta’minlash 
maqsadida angliyalik Rod Bolbayto va Devis Alan 
boshchiligidagi ekspertlar guruhi jalb etildi [9]. 
Bundan tashqari, ingliz tili boʻyicha pedagog kadrlar 
malakasini bosqichma-bosqich oshirish sxemasi ishlab 
chiqildi. Buning uchun Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, 
Britaniya Kengashi, Oʻzbekiston davlat jahon tillari 
universiteti bilan hamkorlikda ta’lim muassasalarida 
zamonaviy 
pedagogik 
va 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan foydalangan holda oʻqitishning ilgʻor 
uslublarini hamda CEFR tizimini tatbiq etish maqsadida 
maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etildi. 
Xorijiy tillarni oʻqitishda umumta’lim maktablari 
moddiy-texnik bazasini yaxshilash ham asosiy yoʻnalishlardan 
biri sanaladi. Mazkur ishlarni yangi talablar asosida yoʻlga 
qoʻyish uchun “Umumta’lim maktablarining chet tili 
kabinetlarini 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
va 
oʻqitishning texnik vositalari va anjomlari bilan jihozlash 
me’yori” loyihasi ishlab chiqildi hamda tasdiqlandi. Unda 
kompyuter texnikasi, proyektor, markerli oq doska, kompyuter 
texnikasi uchun TV-tyuner, tayanch maktablarimizga esa 
interaktiv doska berilishi koʻzda tutilgan. Shu bilan birga, 
koʻrgazmali qurollar, 1-sinflar uchun didaktik materiallar, 2–
4-sinflar uchun oʻzbekcha-inglizcha, inglizcha-oʻzbekcha 
lugʻatlar tarqatildi. 
Yangi 
tilni 
oʻqitish 
usullaridan 
yana 
biri 
kommunikativ metod boʻlib, bugungi kunda u Yevropa va 
AQSHda samarali qoʻllanilmoqda. Har qanday til oʻrganish 
treninglari asosini tashkil etuvchi matnni oʻqish, yozish, 
soʻzlashuv va dialoglarni anglash muhim hisoblanadi. Albatta, 
ushbu metodda oʻqituvchilar soʻnggi ikki usulga (soʻzlashuv 
va dialoglarni anglash)ga e’tiborni koʻproq qaratadilar va 
bunday darslarda siz murakkab soʻz qurilmalari va jiddiy 
leksikaga duch kelmaysiz. Mazkur metodning kamchiligi–
biror-bir sohada soʻz boyligiga ega boʻlgan talaba shu 
mazmundagi matnning mazmuniga oson tushunadi, ammo 
soha mutaxassisi bilan jiddiy muloqotga kirishga qiynaladi.
Bugungi shiddatli zamonda ingliz tilini oʻqitishning 
ancha ommalashgan yana bir usuli–intensiv metod ham 
amalda. Uning asosini 25 foizga yaqin klishelar, ya’ni 
muloqot uchun eng zarur iboralarni yodlash tashkil etadi. 
Albatta, til oʻrganish uchun mazkur metodni tanlagan talaba 
Bayron asarlarini asliyatda oʻqiy olmasligi mumkin, biroq u 
zarur payti oʻz suhbatdoshi bilan muloqotga kirisha oladi. 
Ushbu metod orqali dars oʻtayotgan oʻqituvchi, asosan, 
dialoglarni qurol qilib oladi. Intensiv metod orqali ham 2 
haftada ingliz tilini oʻrganish mumkin emas, ammo 
mehnatsevar, oʻz ustida ishlaydigan talabalar tilni 3 oyda 
bemalol oʻzlashtirishlari mumkin.
Bugungi kunda ta’lim tizimida innovatsion pedagogik 
texnologiyalar va interfaol usullardan keng foydalanilmoqda. 
Oʻquv jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarning 
tadbiqi – shaxsni jamiyatning talabiga koʻra yoʻnaltirish, 
ta’limni shu talablar asosida tashkil etish, ta’lim tamoyillari va 
texnologiyalari aloqadorligi asosida shaxsni har tomonlama 
yetuk kadr qilib shakllantirish, uning qobiliyati va 
imkoniyatlarini toʻliq namoyon etishi va rivojlantirishi uchun 
qulay 
shart-sharoitlar 
yaratishdan 
iborat. 
Zamonaviy 
texnologiyalarga asoslanib darslarni tashkil etish uning sifat va 
samaradorligini oshirishda yaxshi natijalarni bermoqda.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling