O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


ACTIVITIES OF THE BUKHARA COMMITTEE FOR MUSEUMS, PROTECTION OF ANCIENT MONUMENTS


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/60
Sana12.03.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1265376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
1. Tarix

ACTIVITIES OF THE BUKHARA COMMITTEE FOR MUSEUMS, PROTECTION OF ANCIENT MONUMENTS, 
ART AND NATURE 
Annotation 
The article highlights the creation of the Bukhara Committee for Museums, Protection of Antiquities, Art and Nature 
(Bukhkomstaris) and activities related to the protection of architectural monuments of Bukhara. The powers and financial 
capabilities of the organization, employees engaged in the repair and restoration of historical monuments in Bukhara and their 
tasks are considered in detail. 
Key words: Bukhkomstaris, Zarafshan Commission, I.I.Umnyakov, Sredazkomstaris, Musa Saidzhanov, Yahya Gulomov
architectural engineer, Nodir Devonbegi madrasah, accounting documents, architectural monuments, Uzkomstaris, repair.
Kirish. Muzey ishlari, qadimgi yodgorliklar hamda 
san’at va tabiat muhofazasi bo‘yicha Buxoro qo‘mitasi 
(Buxkomstaris) – Buxoro me’moriy obidalarining muhofazasi 
va ularni ta’mirlash, qayta tiklash tarixida muhim ahamiyat 
kasb etgan muassasalardan biridir. Mazkur tashkilotning ta’sis 
etilishi uchun Buxoro hududidagi tarixiy yodgorliklarning 
ro‘yxatga olinishi, ularning ahamiyati va saqlash mas’uliyati 
birlamchi asos sifatida xizmat qildi. Turkkomstaris topshirig‘i 
asosida 1924-yilda I.I. Umnyakov tomonidan muhandis M.M. 
Loginov bilan birgalikda Buxoro va Karmana hududidagi amir 
saroylarining saqlanish holati o‘rganiladi, ularning o‘lchovlari 
olinib, fotofiksatsion va ro‘yxatga olish ishlari amalga 
oshiriladi[1]. Tashrif natijasida yodgorliklar muhofazasi 
bo‘yicha Buxoro komissiyasi (hay’ati) tashkil etilganligi 
ma’lum bo‘ldi.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Muzey ishlari, 
qadimgi yodgorliklar hamda san’at va tabiat muhofazasi 
bo‘yicha Buxoro qo‘mitasi (Buxkomstaris) faoliyatini 
o‘rganishda arxiv hujjatlari birlamchi manba bo‘lib xizmat 
qiladi. O‘zbekiston Milliy arxividagi Turkkomstaris va 
Sredazkomstaris–R-394-fondning 92, 93, 143, 188, 192, 261, 
309-yig‘ma jildlari, Uzkomstaris–2296-fond 1, 9, 174, 46, 62- 
yig‘ma jildlarida hamda Buxoro viloyat davlat arxividagi 629-
fondning 1, 836-fondning 5, 9, 17- yig‘ma jildlarida 
Buxkomstaris faoliyatiga doir hisobotlar, ish yuritish hujjatlari 
jamlangan. Ushbu manbalarning tahlili, ularda Buxoro tarixiy 
yodgorliklarining muhofazasi va ularni ta’mirlash, qayta 
tiklash ishlariga munosabat masalasi aks etganligini ko‘rsatdi. 

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling