O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Tarix
Kalit soʻzlar: Xorijiy til, tarjima, ingliz, nemis, fransuz, ta’lim tizimi, oʻqituvchi, yoshlar, CEFR, yevropa, AQSH, davlat ta’lim
standarti. Kirish. Bugungi tobora yangilanayotgan Oʻzbekistonda globallashuv jarayonining asosiy omillaridan biri turli millat va elatlarning bir-biri bilan bevosita muloqot qila olishi hisoblanadi, shu bois, chet tillarni jiddiy, intensiv, samarali oʻrganish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bugungi malakali kadrlarning kamida bitta chet tilini bilishi zamon talabi boʻlibgina qolmasdan, balki dunyo sahnasida sodir boʻlayotgan voqea-hodisalar, yangilik va innovatsion gʻoyalardan xabardor boʻlish taraqqiyot tendentsiyalarini anglab yetishga, zamon bilan hamqadam yurishga sharoit va imkoniyatlarni yaratadi. Bundan tashqari, Oʻzbekistonga tashrif buyurayotgan xorijiy investorlar, mehmonlar bilan tarjimonsiz, toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish oʻzaro muloqotda muhim ahamiyat kasb etadi, mamlakat imidjini yanada koʻtaradi. Ayni ana shu masalaning dolzarbligi, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda tobora faollashayotgan va intensivlashayotgan xalqaro aloqalar, uchrashuvlar, konferensiya va seminarlardagi bahs-munozaralar chogʻida yaqqol koʻzga tashlanmoqda. Xorijiy tillarni, zamonaviy ilm- fanni puxta egallagan raqobatdosh kadrlarni tayyorlash, ta’lim-tarbiya ishlarini tubdan oʻzgartirish, xalqaro tajribalar asosida ta’lim sifatini yangilash masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Xususan, 2017-2021-yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida “ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika... kabi boshqa muhim va talab yuqori boʻlgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda oʻrganish” ga [1] alohida ahamiyat qaratilgan. SHu bois, Oʻzbekistonda chet tillarni oʻqitishni takomillashtirishga bagʻishlangan videoselektorda ta’kidlaganidek, xorijiy tillarni oʻqitish tizimida tub oʻzgarishlar qilish va erishilgan natijalarni tahlil etgan holda, “chet tillarini oʻqitish boʻyicha joylardagi haqiqiy ahvol qoniqarsiz ekan”ligi [2] muammolarini bartaraf etishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar olib borish bugungi kundagi eng dolzarb boʻlib turgan masalalardandir. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling