O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Tarix
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
TARIX 1/2/1 2023 - 29 - sinflarda haftasiga 2 soatdan chet tili fani kiritildi. Bu tizim 1- sinfdan boshlab bosqichma-bosqich joriy etiladi. Xorijiy tillar amaldagi oʻquv rejasiga koʻra 5–9-sinflarda haftasiga 3 soatdan jami 5 yilda 510 soat oʻqitilgan boʻlsa, yangi rejaga koʻra 1–9-sinflarda jami 782 soat oʻrgatiladi. 2012-yil sentyabrgacha respublika boʻyicha jami 17747 nafar ingliz tili oʻqituvchisi bolalarga saboq bergan boʻlsa[8], keyingi yillarda pedagogika institutlarini chet tili mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan yana yuzlab yosh kadrlar maktablarga jalb etildi. Ularning oylik maoshi ham belgilangan tartibda oshirib borildi. Davlat ta’lim standartlarining har jihatdan puxta boʻlishini ta’minlash maqsadida angliyalik Rod Bolbayto va Devis Alan boshchiligidagi ekspertlar guruhi jalb etildi [9]. Bundan tashqari, ingliz tili boʻyicha pedagog kadrlar malakasini bosqichma-bosqich oshirish sxemasi ishlab chiqildi. Buning uchun Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, Britaniya Kengashi, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda ta’lim muassasalarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda oʻqitishning ilgʻor uslublarini hamda CEFR tizimini tatbiq etish maqsadida maxsus malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Xorijiy tillarni oʻqitishda umumta’lim maktablari moddiy-texnik bazasini yaxshilash ham asosiy yoʻnalishlardan biri sanaladi. Mazkur ishlarni yangi talablar asosida yoʻlga qoʻyish uchun “Umumta’lim maktablarining chet tili kabinetlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya va oʻqitishning texnik vositalari va anjomlari bilan jihozlash me’yori” loyihasi ishlab chiqildi hamda tasdiqlandi. Unda kompyuter texnikasi, proyektor, markerli oq doska, kompyuter texnikasi uchun TV-tyuner, tayanch maktablarimizga esa interaktiv doska berilishi koʻzda tutilgan. Shu bilan birga, koʻrgazmali qurollar, 1-sinflar uchun didaktik materiallar, 2– 4-sinflar uchun oʻzbekcha-inglizcha, inglizcha-oʻzbekcha lugʻatlar tarqatildi. Yangi tilni oʻqitish usullaridan yana biri kommunikativ metod boʻlib, bugungi kunda u Yevropa va AQSHda samarali qoʻllanilmoqda. Har qanday til oʻrganish treninglari asosini tashkil etuvchi matnni oʻqish, yozish, soʻzlashuv va dialoglarni anglash muhim hisoblanadi. Albatta, ushbu metodda oʻqituvchilar soʻnggi ikki usulga (soʻzlashuv va dialoglarni anglash)ga e’tiborni koʻproq qaratadilar va bunday darslarda siz murakkab soʻz qurilmalari va jiddiy leksikaga duch kelmaysiz. Mazkur metodning kamchiligi– biror-bir sohada soʻz boyligiga ega boʻlgan talaba shu mazmundagi matnning mazmuniga oson tushunadi, ammo soha mutaxassisi bilan jiddiy muloqotga kirishga qiynaladi. Bugungi shiddatli zamonda ingliz tilini oʻqitishning ancha ommalashgan yana bir usuli–intensiv metod ham amalda. Uning asosini 25 foizga yaqin klishelar, ya’ni muloqot uchun eng zarur iboralarni yodlash tashkil etadi. Albatta, til oʻrganish uchun mazkur metodni tanlagan talaba Bayron asarlarini asliyatda oʻqiy olmasligi mumkin, biroq u zarur payti oʻz suhbatdoshi bilan muloqotga kirisha oladi. Ushbu metod orqali dars oʻtayotgan oʻqituvchi, asosan, dialoglarni qurol qilib oladi. Intensiv metod orqali ham 2 haftada ingliz tilini oʻrganish mumkin emas, ammo mehnatsevar, oʻz ustida ishlaydigan talabalar tilni 3 oyda bemalol oʻzlashtirishlari mumkin. Bugungi kunda ta’lim tizimida innovatsion pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan keng foydalanilmoqda. Oʻquv jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarning tadbiqi – shaxsni jamiyatning talabiga koʻra yoʻnaltirish, ta’limni shu talablar asosida tashkil etish, ta’lim tamoyillari va texnologiyalari aloqadorligi asosida shaxsni har tomonlama yetuk kadr qilib shakllantirish, uning qobiliyati va imkoniyatlarini toʻliq namoyon etishi va rivojlantirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Zamonaviy texnologiyalarga asoslanib darslarni tashkil etish uning sifat va samaradorligini oshirishda yaxshi natijalarni bermoqda. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling