O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

Tahlil va natijalar. Maqollarning to‘planishi va 
o‘rganilishi tarixiga nazar tashlasak, Yevropadagi ilk maqol 
to‘plamlari o‘rta asrlar (XIII-XV asrlar)da yaratilgan bo‘lib, 
ularning bir nechtasigina bizgacha yetib kelgan. Mazkur 
to‘plamlardan biri «Poslovits Villana» («Villan maqollari») 
[10] deb nomlanadi. Xususan, ingliz tilidagi «proverb» so‘zi 
qadimiy fransuz tilidagi «proverbe» yoki lotincha 
«proverbium» so‘zlaridan olingan va bu so‘z XIV asrdan 
boshlab qo‘llanilgan [12] deb hisoblanadi. 
Jahon tilshunosligida turli tillardagi maqollar turlicha 
tahlilga tortildi, ularning struktur, semantik, stilistik, folklor, 
kognitiv, didaktik va metodologik kabi yana bir qancha 
xususiyatlari 
batafsil 
tadqiq 
qilindi 
hamda 
turlicha 
paremilogik to‘plamlar va lug‘atlar yaratildi. Shu jumladan
rus tilshunosligida A.M.Jigulev, V.P.Anikin, V.I.Zimin, 
YE.Y.Neshimenko, K.G.Bersenyeva, V.I.Dal, V.P.Jukovning 
paremiologik to‘plamlari va O.G.Dubrovskaya, T.G.Bochina, 
N.L.Buneyeva, L.B.Savenkova, N.V.Prekina, V.I.Belikov kabi 
tilshunoslarning maqolshunoslik sohasidagi ilmiy ishlari va 
lug‘atlari bu sohaning rivojiga o‘z hissasini qo‘shdi. Xususan, 
V.I.Dalning to‘plamida [9] 32 mingdan ortiq maqol, matal va 
hikmatli so‘zlar jam bo‘lgan bo‘lib, ular 178 ta mavzuga 
ajratilgan. 
Ingliz xalq maqollarini to‘plash va ularning o‘ziga xos 
xususiyatlarini o‘rganish ustida A.Taylor, J.Raymond, 
N.Norrik, V.Mider, P.Grzibek, S.Obeng, D.Mitchel [1] kabi 
bir qator olimlar ilmiy ishlar olib borishgan va hozirda ham 
olib borishmoqda. Shu jumladan, ingliz xalq maqollari 
to‘plangan paremiologik lug‘atlar miqdor jihatidan ko‘p 
bo‘lib, ularning orasida katta hajmga ega to‘plamlardan biri 
«The Oxford Dictionary of Proverbs» [16] hisoblanadi, u 
o‘zida 2000 ga yaqin maqol va matallarning mazmuni, 
ularning kelib chiqish tarixi, qaysi mavzuga tegishli ekanligi 
va asarlardan olingan misollarni mujassam qilgan.
Jahon tilshunosligining ingliz tilida yozilgan va shu 
tilga tarjima qilingan maqolshunoslikka oid ko‘plab qimmatli 
ma’lumotlari va qo‘lyozmalarining to‘planib, ilmiy to‘plam 
[13] shaklida chop etilishi bu sohada qo‘yilgan katta qadam 
bo‘ldi. Zero paremiologiyani o‘rganishni istagan o‘quvchi 
ushbu qo‘llanmadan o‘ziga kerakli ma’lumotlarni osonlikcha 
topishi va uning yordamida ilmiy izlanishlar olib borishi 
mumkin. Shuningdek, finlandiyalik olim M.Kuzi va uning qizi 
O.Lauxakangaz tomonidan yaratilgan to‘plam-sayt [17] bir 
nechta tillardagi maqollarning murakkab lug‘ati bo‘lib, unda 
ko‘plab xalqlarga tegishli maqollar qatorida turk va arab xalq 
maqollarini ham uchratish mumkin. 



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling