O’zq Varaq Hujjat № Imzo Sana
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
20-вариант
O’zq
Varaq Hujjat № Imzo _ Sana_ Varaq_ KURS ISHI 5312200 ajralgan va selektiv flotatsiyadan avval bir biridan ajralgan, xolos bo‘lgan bo‘lishi zarur. Ko‘p hollarda minerallarning barcha yuzalarini to‘liq ochishning imkoni bo‘lmaydi. Barcha qimmatbaho komponentlar yuzasini ochish uchun o‘ta mayin yanchish kerak bo‘ladi, bu esa minerallarni o‘ta yanchilib ketishi (pereizmelcheniya)ga olib keladi va bu iqtisodiy va texnologik jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Shuning uchun har bir ruda o‘zining iqtisodiy samarali yanchilish darajasiga ega. Rudadagi metal miqdorining kamayishi va uni mayin yanchish zarurligi tayyorlash jarayonida iqtisodiy omillarni zudlik bilan oshishiga olib keladi. SHunday ekan, tayyorlash jarayoni, uskunalari va sxemalariga zaruriy talablar quyidagilar: 1) o‘ta yanchilib ketishning oldini olish va samarali uskunalarni tanlash maqsadida rudaning ashyoviy tarkibini o‘ziga xosligini hisobga olish; 2) yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan bitta uskunada bir nechta texnologik jarayonlarni amalga oshirish orqali mahsulot o‘lchamini yuqori darajada qisqartirishga erishish; 3) energetik va material xarajatlarni minimal darajada bo‘lishini ta’minlash; 4) uskunalar chidamliligini va emirilishga qarshiligini yuqori darajaga ko‘tarish; 5) avtomatlashtirish imkoniyatlari, mexnat sharoitini va atrof–muhit muhofazasini yaxshilash. Kapital xarajatlarni, ishlatish uchun xarajatlarni kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, maydalash yanchish uskunalarining o‘lchami va quvvatini oshirish uchun hal qiluvchi omillarni hisobga olgan holda hozirgi vaqtda yuqori solishtirma unumdorlikka va texnologik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan bir qator yangi mashina va uskunalar o‘zlashtirilmoqda. Ular orasida: 1) konusli yirik maydalagich, qo‘zg‘aluvchi konus diametri asosi 2900 mm (KKD 1500/270 GRSH); |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling