O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida
Ma’mun akademiyasi Tarixi va hozirgi vaqtda
Download 1.01 Mb.
|
31. Ma’mun akademiyasi Tarixi va hozirgi vaqtda
Xozirgi: Hozirda Xorazm Maʼmun Akademiyasi tarkibida «Arxeologiya, tarix va falsafa», «Biologiya muammolari» va «Til va adabiyot» boʻlimlari faoliyat koʻrsatmoqda. Akademiyaga Urganch Davlat Universiteti rektori, akademik Sadullaev Azimboy Sadullaevich rahbarlik qilmoqda. Unga ilmiy ishlar boʻyicha rais muovini, biologiya fanlari doktori, professor Safarov Karimjon Safarovich yordam bermoqda. Akademiyada ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishda 31 ilmiy xodim, 5 fan doktori va 9 ta fan nomzodlari qatnashmoqdalar. «Arxeologiya, tarix va falsafa» boʻlimida uchta mavzu-"Xorazmda qadimgi va oʻrta asrlar oʻzbek davlatchiligi tarixi", «Oʻzbek xalqining etnik tarixida Xorazm vohasining oʻrni», «IX-XIII asrlarda Xorazmda ilmiy-madaniy koʻtarilish jarayonida Xorazm Maʼmun Akademiyasining tarixiy xizmati», «Til va adabiyot» boʻlimida esa «IX-XIII asrlarda Movarounnahr va Xorazmdagi adabiy va lisoniy muhit» mavzusi boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. «Biologiya muammolari» boʻlimida ham toʻrtta dolzarb mavzu boʻyicha tadqiqot ishlari bajarildi. Bular quyidagilar: «Respublika shimoliy-gʻarbiy mintaqasida qishloq xoʻjaligi ekinlarining istiqbolli navlarini oʻrganish», «Mahalliy qishloq xoʻjalik xom ashyosi asosida vitaminli omuxta yem olish texnologiyasini ishlab chiqish», «Amudaryo quyi oqimida tuproq hosil boʻlishi jarayoni xususiyatlarini oʻrganish», «Xorazm vohasi termitlarining faunasi va ekologik-populyatsion tavsifi». Koʻrinib turibdiki, har uchala boʻlimdagi tadqiqot ishlari oʻta dolzarb va muhimdir. Quvonchlisi shundaki, jamoamiz murakkab jarayonlarni boshidan kechirishga toʻgʻri kelgan boʻlsada, qunt, hafsala, sabr-bardosh bilan ishlab, izlanib, asosiy ilmiy-tadqiqot ishlarini yakunlashga erishdilar. «Arxeologiya, tarix va falsafa» boʻlimida 21 ta, «Til va adabiyot» boʻlimida 16 ta, «Biologiya muammolari» boʻlimida 15 ta ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar, risolalar chop etildi. Shuningdek, turli tavsiyalar ishlab chiqildi. Olimlarimizning izlanishlari natijasida Xorazm viloyatida amarantning 4 turi va soyaning 2 navi oʻstirildi. Amarant biomassasidan senaj va silos tayyorlash boʻyicha tavsiyalar tayyorlandi. Shuningdek, amarant urugʻlaridan kraxmal olish usuli ishlab chiqildi va patent olish uchun zarur hujjatlar tayyorlandi. Dukkakli don ekinlaridan 11, poliz ekinlaridan 5, moyli ekinlardan 4, yuksak suv oʻsimliklaridan 3, texnik ekinlardan 6 ta navlari viloyatimiz qishloq xoʻjaligida qoʻllanishga tavsiya qilindi. Xalqaro hamkorlik aloqalari haqida ham aytib oʻtish joiz: Rossiya Fanlar Akademiyasi va qozogʻistonlik olimlar bilan «Yangi va noanʼanaviy oʻsimliklar hamda ulardan foydalanishning istiqbollari», turkmanistonlik olimlar bilan Orolboʻyi hududidagi dehqonchilik muammolari boʻyicha hamkorlik davom etyapti. Biotexnologiya va tabiiy mahsulotlar Xalqaro Akademiyasi bilan hamkorlik qilishga kelishib olindi. «Markaziy Osiyo xalqlari tarixini oʻrganish» Fransiya instituti bilan ilmiy aloqalar keng yoʻlga qoʻyilganligi esa ayniqsa quvonchlidir. «Til va adabiyot», «Arxeologiya, tarix va falsafa» boʻlimlarida olib borilgan va yakunlangan ilmiy-tadqiqot ishlari ham shu paytgacha mavjud boʻlgan maʼnaviyat, maʼrifat, madaniyat manbalarini boyitishga xizmat qilishi eʼtirof etildi. Bular, albatta, bizning dastlabki yutuqlarimiz va biz ularni muttasil koʻpaytirib borish zarurligini doimo his qilib turibmiz. 2000-yilning fevral oyidan boshlab bioximiya, oʻsimliklar fiziologiyasi ixtisosliklari boʻyicha nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlashga ruxsat qilindi. Yaqin orada boshqa fanlar boʻyicha ham aspiranturaga qabul qilinadi. Hozirgi kunda K.Xudayberganov, N.Oʻrozboeva, X.Yusupov, A.Rahimov, I.Abdullaev kabi iqtidorli yoshlar nomzodlik dissertatsiyalari ustida ish olib borishyapti. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling