P 15-dars. To’rtburchaklar Мусаев Хусан Ta’rif


Download 111.56 Kb.
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi111.56 Kb.
#1565270
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
P 15-dars. To\'rtburchaklar


P 15-dars. To’rtburchaklar Мусаев Хусан

Ta’rif. Tekislikning sodda yopiq siniq chiziq bilan uning ichki sohasining birlashmasi yassi ko’pburchak deyiladi. Ta’rif. Agar ko’pburchak tomonini o’z ichiga olgan ixtiyoriy to‘g’ri chiziqqa nisbatan bitta yarim tekislikda yotsa, u qavariq ko’pburchak deyiladi. Bunda to’g’ri chiziqning o’zi shu yarim tekislikka tegishli hisoblanadi. Teorema. Qavariq n burchakning diagonallari soni ga teng. Teorema. Qavariq n burchak ichki burchaklarining yig’indisi 180 ga teng, bunda n – tomonlar soni. Ta’rif. Ko’pburchakning berilgan uchidagi tashqi burchagi deb, uning shu uchidagi ichki burchagiga qo’shni burchakka aytiladi. Teorema. Qavariq n burchakning har bir uchidan bittadan olingan tashqi burchaklarining yig’indisi 360 ga teng. Ta’rif. Ikkita tomoni parallel, qolgan ikki tomoni parallel bo’lmagan to’rtburchak trapetsiya deb ataladi. Teorema. Agar to’rtburchak biror qo’shni ikki burchagining yig’indisi 180 bo’lsa, bunday to’rtburchak trapetsiya bo’ladi. Natija. Trapetsiyaning bir burchagi 90 bo’lsa, uning yana bitta 90 li burchagi mavjud. Teorema. Teng yonli trapetsiyaning o’tmas buchagi uchidan o’tkazilgan balandlik katta asosini uzunliklari asoslari ayirmasining yarmiga va asoslari yig’indisining yarmiga teng bo’laklarga ajratadi, ya’ni: AP Ta’rif. Qarama-qarshi tomonlari o’zaro parallel bo’lgan to’rtburchak parallelogram deb ataladi. Teorema. Parallelogrammning diagonali uni ikkita teng uchburchakka bo’ladi. Natija. Parallelogrammning qarama-qarshi tomonlari teng. Natija. Parallelogrammning qarama-qarshi burchaklari teng. Teorema. Parallelogrammning diagonallari kesishadi va kesishish nuqtasida teng ikkiga bo’linadi. Teorema. Agar to’rtbrchakning ikkita tomoni teng va parallel bo’lsa, bu to’rtburchak parallelogrammdir. Teorema. Agar to’rtburchakning diagonallari kesishsa va kesishish nuqtasida teng ikkiga bo’linsa, bu to’rtburchak parallelogrammdir. Ta’rif. Hamma burchaklari to’g’ri bo’lgan parallelogram to’g’ri to’rtburchak deb ataladi. Teorema. To’g’ri to’rtburchakning diagonallari o’zaro teng. Teskari Teorema. Agar parallelogrammning diagonallari teng bo’lsa, u to’g’ri to’rtburchakdir. Ta’rif. Tomonlari teng bo’lgan parallelogram romb deyiladi. Teorema. Rombning diagonallari o’zaro perpendicular va rombning burchaklarini teng ikkiga bo’ladi. Ta’rif. Tomonlari teng bo’lgan to’g’ri to’rtburchak kvadrat deb ataladi.

Download 111.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling