19. Tovarning qiymatini aniqlashda iqtisodchi olimlarning qanday nazariyalar mavjud? Kimlar qanday g’oyalarni ilgari surganlar?
20. Pul nima? Uning vazifalarini izohlang.
21. Oltin tangalarning pul vazifasini bajarishdagi imkoniyatlarning qulaylik sabablarini tushuntiring.
22. O‘zbekistonda milliy valyuta - so‘mning muomalaga kiritilish tarixi haqida nimalarni bilasiz?
23. Bozor iqtisodiyotining uchta ustun jihatini asoslab bering.
24. Bozor iqtisodiyotining afzalliklarini va kamchilik yoki salbiy jihatlarini ayting.
25. Bozorning asosiy belgilarini va vazifalarini tushuntiring.
26. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tishning “o‘zbek modeli” deb nom olgan beshta muhim tamoyilni izohlab bering.
27. O‘zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat?
28. Talab qonunini tushuntiring. Talabga qanday omillar ta’sir qiladi? Bu omillardan har biri o'zgarsa, talab egri chizig'ida qanday o'zgarish ro'y beradi?
29. Taklif qonunini tushuntiring. Taklifga qanday omillar ta’sir qiladi? Bu omillardan har biri o'zgarsa, talab egri chizig'ida qanday o'zgarish ro'y beradi?
30. Engel qonuni va Giffen samarasining mohiyatini tushuntirib bering.
31. Bozor narxi yoki muvozanatlashgan narx qanday bo‘ladi?
32. Oliy va past toifali tovarlar nima? Ularga misollar keltiring.
33. Raqobatning mohiyati va maqsadini tushuntirib bering.
34. Raqobatning asosiy vazifalari nimalardan iborat? Bu vazifalarning bir-biridan farqini ajratib ko‘rsating.
35. Raqobat shakllariga tushuncha bering va ularning har biriga xos belgilarini ko‘rsating.
36. Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatning farqini tushuntirib bering.
37. Halol va g‘irrom raqobatlashuv usullariga nimalar kiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |